Buxgalteriya hisobi


Banklarda hisob-kitob va valyuta schetlarini ochish tartibi qanday amalga oshiriladi?


Download 36.63 Kb.
bet6/7
Sana09.01.2022
Hajmi36.63 Kb.
#255919
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kayumov Umidjon Erkinovich MM-54-2

Banklarda hisob-kitob va valyuta schetlarini ochish tartibi qanday amalga oshiriladi?

Har bir tashkilot tuzilayotgan vaqtda o'zining pul mablag‘larini va naqd pulsiz muomalalarini yuritish maqsadida davlat va tijorat bankicla hisob-kitob schyotini ochadi.fBankda schyot ochish uchun tashkilotlar quyidagi hujjatlami taqdim etishlari kerak:

  1. Schyot ochish uchun ariza.

  2. Davlat vakolatli organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlaming yagona davlat ro'yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi notariusda tasdiq­langan guvohnomaning ko‘chirmasi.

  3. Yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusdan tasdiqlangan ko‘chirma.

  4. Davlat ro‘yxatidan o'tganligi to‘g‘risidagi hujjat.

  5. Soliq organidan ro‘yxatdan o‘tib idensifikatsiya nomeri berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot.

  6. Imzo namunalari va muhming izi tushirilgan kartochka.

Hisob-kitob schoti aktiv 5110-schyotida yuritilib, pul mablag'larining harakati, holati haqidagi ma’lumotlami umumlashtirib boradi.

Hisob-kitob schyotining debetida pul mablag'larining kelib tushishi, kreditida esa pulning o‘tkazilishi yoki sarflanishi aks ettiriladi. Bu schyotda yozuvlar bankning ko'chirmasiga asosan amalga oshiriladi.

Pulning tushumi va o'tkazilishi quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi;


  1. To‘lov topshiriqnomasi.

  2. To'lov talabnomasi.

  3. Inkassa topshiriqnomalari.

  4. Pul cheki.

  5. Pul badallari haqidagi e’lon.

To‘lov topshiriqnomasi korxonaning o'ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z schyotidan muayyan summani boshqa korxonaning va shu bankdagi yoki ana shu shaharda yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi schotiga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig'i hisob- lanadi.' Bunda to‘lovchi bankka belgilangan shakldagi blankda topshiriq- noma taqdim etadi.

Topshiriqnomalar yozilgan kun — 1 kun davomida amal qiladi./-

Tomonlaming kelishuviga ko‘ra topshiriqnomalarga asoslangan to‘lovlar muddatli, muddatdan oldin va muddati uzaytirilgan bo‘lishi mumkin.

Muddatli to‘lov quyidagi variantlarda amalga oshiriladi:



  • bo‘nak to'lovi, ya’ni tovarlami yuklab jo'natish yoki xizmatlar ko‘rsatishdan oldin;

  • tovar yuklab jo‘natilganidan so‘ng, ya’ni tovami to‘g‘ridan to‘g‘ri akseptlash yo‘li bilan;

  • yirik bitimlarda qisman to'lovlar.

Tolov talabnomasi hisob-kitob hujjati bo‘lib, mol yetkazib beruvchi (yuk jo'natuvchi) va vositalarni boshqa oluvchilarning to‘lovchiga muayyan summani bank orqali to‘lash to‘g‘risidagi talabini o‘z ichiga oladi.

To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish zarurati 0‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan, yuzaga kelgan moliyaviy vaziyatdan va to'lovlami ta’minlash zaruratidan kelib chiqib belgilanadi.

To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilishda vositalarni oluvchi unga xizmat ko'rsatuvchi bankka inkassa uchun to'lovchidan muayyan summani bank orqali to‘lash talab qilingan hisob-kitob hujjatini taqdim etadi.

To'lovchilarning akseptli yoki akseptsiz talabli hisob-kitoblari korxonalar o'rtasida yuklab jo'natilgan (berilgan) tovarlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun, boshqa to'lovlar bo‘yicha esa - amaldagi qonunlar yoki shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llanadi, talabnomada mazkur to‘lov shaklini belgilagan tegishli me’yoriy hujjat, shartnoma bandiga, albatta, havola qilinishi kerak.

Olingan aksept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aksept muddati tugagan kunning ertasiga to‘lanadi.

To'lovchi unga xizmat ko'rsatadigan bank muassasasiga mazkur bank muassasasi talabnomani olgan kundan so'ng 3 kun davomida, talabnoma kelib tushgan kunni hisobga olmaganda, akseptdan voz kechishi to‘g‘risida aytish huquqiga ega.

Zarurat tug‘Uganda korxonaning so'roviga binoan bank muassasasi rahbari talabnoma aksepti muddatini 10 kunga qadar uzaytirishi mumkin.

Inkassa topshiriqnomalariga binoan to'lovlar hisobi korxonalar schyotlaridagi mablag‘larni ular roziligisiz hisobdan o‘chirishning quyidagi hollarida qo‘llanadi: budjetga to‘lovlar bo'yicha boqimandalar, jarimalami undirishda va mablag‘lami hisobdan o'chirishning so‘zsiz tartibi belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilaming farmoyishlari bo'yicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan hujjatlar bo'yicha.^

Mablag'larni schyotlardan so'zsiz tartibda hisobdan o'chirish undiruvchilarning to'lov talabnoma-topshiriqnomasi blankida taqdim etiladigan farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.

Mijoz (korxona) chek daftarchalarini unga xizmat ko'rsatuvchi bank muassasasidan oladi. Mehnatga haq to'lash, pensiyalar, kasallik varaqasi bo'yicha nafaqalar, mukofotlar, xizmat safarlari va xo'jalik xarajatlari uchun naqd pullami bank cheki asosida korxonaning hisob- kitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi. x

Pul cheki korxonaning hisob-kitob schyotidan chekda ko'rsatilgan naqd pul summasini berish to'g'risida bankka bergan farmoyishidan iborat. Chek siyohda yoki sharikli ruchkada to'ldiriladi. Unda summa, chek berilgan vaqt, oluvchining nomi, shuningdek, olingan summaning nima maqsadda ishlatilishi ko'rsatiladi.

Pul badallari haqidagi e’lon bilan hisob-kitob schyotiga naqd pullar topshirilganligi rasmiylashtiriladi, Ushbu hujjat bir nusxada to'ldiriladi va unda to'lanadigan pulning hosil bo'lish manbayi ko'rsatiladi. Bank qabul qilingan pulga kassirga kvitansiya beradi, u buxgalteriyada kassa chiqim orderini tuzish va kassa bo'yicha pul mablag'larini hisobdan chiqarish uchun asos vazifasini o'taydi.

Mamlakatizmi hududida va chet ellardagi bdnklarning valuta schyotlarida chet el valutasidagi pul mablag'larining harakati va naqdligi aktiv 5200-«Valuta schyoti»da hisobga olinadi.

Наг bir korxona va firma xorij valutasida pul mablag‘lariga ega bo'lishi va muomalalami amalga oshirishi mumkin. Xorij valutasida muomalalarni amalga oshirish uchun korxona va firmalar tegishli vakolatga ega bo'lgan banklarda joriy valuta schyotlarini ochishlari lozim. Ushbu banklar esa valutadagi muomalalami amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasining Markaziy Banki tomonidan beriladigan ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo'lishi kerak. Ushbu litsenziyaga ega bo'lgan banklaming ro'yxati Markaziy Bankning davriy bulletenida chop qilib boriladi.

Valuta schyotini ochish uchun korxona bankka quyidagi hujjatlami taqdim qiladi:



  • valuta schyotini ochish to'g'risida belgilangan shakldagi ariza;

  • ustav va ta’sis shartnomasining notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;

  • korxona tuzilganligi yoki ro'yxatga olinganligi haqidagi qaroming notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;

  • korxona ro'yxatga olingan joydagi soliq inspeksiyasi va pensiya fondida hisobga qo'yilganligi to'g'risida ma’lumotnoma;

  • imzolar namunalari va muhr izi tushirilgan, notarial tartibda tasdiqlangan varaqcha (kartochka);

Korxonaning valuta schyotlariga quyidagi manbalardan pul kelib tushadi:

  • eksport tovarlariga haq to'lash uchun vakolatli banklar orqali chet eldan o'tkazilgan summalar;

  • schyotlar egasidan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to'lash uchun boshqa sohiblar (norezidentlar, birinchi vositachilar, transport, sug'urta va boshqa tashkilotlar)ning valuta schotlaridan o'tkazilgan summalar;

  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan ruxsat etilgan boshqa manbalar.

Valuta schyotidan mablag'lar uning egasi ko'rsatmasi bo'yicha quyidagi maqsadlarga foydalanishi mumkin:

  • schyot egasining eksport-import muomalalari bo'yicha qabul qilingan bank shaklida chet elga o'tkazilishi;

  • keyinchalik import qilinadigan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to'lash uchun chet elga o'tkazish maqsadida vakolatli bank mijozlari hisoblangan tashqi iqtisodiy tashkilotlaming schyotlariga o'tkazilishi;

  • korxonalar ishlab chiqaradigan tovarlar haqini to'lash uchun boshqa sohiblar (norezidentlar, birinchi vositachilar, transport, sug'urta va boshqa tashkilotlar)ning valuta schyotlaridan o'tkazilishi;

  • bankning vositachilik haqini to‘Iash maqsadida bankdan xorijiy valutada olingan kreditlar bo'yicha qarzni, pochta-telegraf, xizmat safari xarajatlarini to'lash, valuta bozorlarida sotish uchun foydalanilishi;

  • qonun ruxsat etgan boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin.

Valuta schyoti ochilgandan keyin bank va shaxs o‘rtasida shartnoma tuzilib unda hisoblashish-kassa xizmatlari, bankning boshqa xizmat turlari, ta’riflar, xizmat ko‘rsatish haqi, mablag'larni joylashtirish shartlari, tomonlaming huquq va majburiyatlari va boshqalar ko‘rsatiladi.

5200-«Valuta schyotidagi pul mablag'larini hisobga oluvchi schyotlar» kredit ma’lumotlari 2/1-jumal orderda yozib boriladi va ushbu schyotning debet summalari 2/1-vedomost orqali nazorat qilib boriladi.



Demak, 5200-«Valuta schyotining» debetida valuta mablag‘larining kirimi, kreditida esa sarflanishi aks ettiriladi. Buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin:


Download 36.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling