Buxgalteriya hisobi va audit bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun ishlab chiqarish malakaviy amaliyot hisobotini yozish bo’yicha ishchi daftari. Toshkent, 2022. Taqrizchilar: Quljonov. O
Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish
Download 470.5 Kb.
|
ISMOILOV XASAN
Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganish
Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va qonun hujjatlari (O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari) Mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchlaridan biri hisoblangan sug’urta sohasini barqaror rivojlantirish va ishonchli faoliyat yuritish borasida sug’urta faoliyatining o’ziga xos boshqaruv tizimini yaratishda xalqaro andozalar talablariga muvofiq huquqiy asoslarni qabul qilishni taqozo etadi. Shu ma’noda, har qanday mamlakatda sug’urta sohasining samarali faoliyati, uning boshqaruvi qanday darajada isloh etilganligi va bu sohani samaradorligini oshirishga qaratilgan, qabul qilingan huquqiy asoslarga tayanishi bilan izohlash mumkin. Respublikamiz sug’urta tiziminig rivojlanishi va erkinlashuvini isloh etish borasida bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan bo’lib, ularning eng asosiylaridan biri sifatida birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan 2002 – yil 5-aprel da qabul qilingan 358-II sonli O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida “ gi qonunini keltirish mumkun. Ushbu, qonunning 10 moddasida “Maxsus vakolatli davlat organi” bo‘yicha alohida to‘xtalgan. Unda, sug‘urta tashkilotlarini faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilarining huquklari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini taminlashga qaratilgandir. Sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 8 iyundagi 286 sonli “Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi35 va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413-sonli "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi36 qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga davlat sug‘urta nazorati funksiyasi yuklatilib, uning huzurida “Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi” tashkil qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha vakolatlari doirasida chiqarilgan normativ xujjatlari davlat boshqaruv organlari, yuridik shaxslar, birlashmalar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Respublikamizda sug‘urta ishining rivojlanishi, sug‘urta bozorini isloh qilishning boshlang‘ich bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu borada respublika sug‘urta bozorini rivojlantirishda davlat miqyosida chora-tadbirlarni qabul qilish uchun ob’ektiv talablar yuzaga keldi b) Buxgalteriya hisobini tashkil etishini bazaviy tamoyillarini umumlashtiruvchi me’yoriy hujjatlar (yo’riqnomalar, nizomlar) Download 470.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling