Buxgalteriya hisobi va audit bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun ishlab chiqarish malakaviy amaliyot hisobotini yozish bo’yicha ishchi daftari. Toshkent, 2022. Taqrizchilar: Quljonov. O


-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik


Download 470.5 Kb.
bet5/25
Sana07.03.2023
Hajmi470.5 Kb.
#1246863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
ISMOILOV XASAN

2-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari
Uzluksizlik, ishonchlilik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplaridir.
4-modda. Buxgalteriya hisobi
Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li bilan ikkiyoqlama yozuv usulida yuritiladi.

c) Buxgalteriya hisobini alohida obyektlari hisobini yuritish mexanizmi, xususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatlar (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalari, tavsiyalari)
4-modda. Buxgalteriya hisobi obyektlari
Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobining obyektlari jamlama hisobvaraqlarda aks ettiriladi. Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
d) Buxgalteriya hisobini tashkiliy, texnik va uslubiy jihatlarini mujassamlashtirgan ishchi hujjatlar
Boshqaruv hisobining eng asosiy muammosi uni har bir xo‘jalik va tarmoqda tashkil qilishning o‘ziga xos uslubiy, tashkiliy va texnik jihatlarining mavjudligi bo‘lib, uni bir xo‘jalikdan boshqasiga ko‘chirib bo‘lmaydi. SHuningdek, boshqaruv hisobini tashkil qilish darajasi o‘sha xo‘jalikning rahbar va mutaxassislarining malakasiga ham bog‘liq. Bundan tashqari raqobat sharoitida har qanday xo‘jalik o‘zining boshqaruv hisobi tizimini boshqa xo‘jalikka tanishtirmaydi. Bularning barchasi boshqaruv hisobining o‘ta murakkab hisob tizimi ekanligidan dalolat beradi.



Download 470.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling