fakulteti» fakulteti dekani D. Rustamov
“Jismoniy madaniyat va sport
faoliyati” kafedra mudiri F.Tashpulatov
“TIQXMMI” MTU “Professional M.Norqobilov
ta’lim” kafedrasi dotsenti
Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» fakulteti «Jismoniy madaniyat va sport faoliyati» kafedrasi dotsenti Tashpulatov Farxad Alisherovichning
XBA-20 akedem guruhida o‘tkazgan ochiq darsiga
TAQRIZ
Ochiq dars 2023-yil 20-aprel kuni XBA-20 akadem-guruhda “Jismoniy tarbiya va sport” fanidan Sport turi: Stol tennis texnikasi va taktikasi o‘rgatish mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Dars belgilangan vaqtda boshlandi. Darsda barcha talabalar ishtirok etdi.
O‘qituvchi talabalarni saraladi, barcha talabalarni sport kiyimida kelganligini alohida ta’kidlash joiz.
O‘qituvchi talabalarni yo‘qlama qilib, guruh jurnalini rasmiylashtirgandan so‘ng, talabalarning oldingi amaliy mashg‘ulotda o‘tilgan mavzu yuzasidan interfaol tarzda qisqacha savol-javob o‘tkazdi va ularning o‘tilgan mavzu bo‘yicha qo‘shimcha savollariga javob berdi. O‘qituvchi o‘tgan mavzuni takrorlab keyin yangi mavzuni boshladi.
So‘ngra umumrivojlantirish mashqlarini bajartirdi. Avval o‘zi ko‘rsatib berdi va so‘ng talabalar uning ko‘rsatgan mashqlarini takrorladilar.
Shundan so‘ng, ochiq darsga rejalashtirilgan Sport turi: Stol tennis, texnikasi va taktikasi urgatish mavzusini to‘liq tushuntirib berdi. Talabalar mavzu yuzasidan turli fikrlar bildirdilar. Ulardagi xatoliklar o‘qituvchi tomonidan to‘g‘rilandi va aniq faktlar bilan asoslandi.
Talabalarni guruhlarga bo‘lib, stol tennis mashqlar texnikasini tushuntirilib amalda ko‘rsatib berildi. Bir nechta talaba mashqni to‘g‘ri va aniq bajardi. Shundan so‘ng uni oshirish mashqini ko‘rsatib berdi. Talabalar uning ortidan jarayonni takrorladilar. Shundan so‘ng talabalarni guruhlarga qayta taqsimladi va mahsus yo‘lak tomon o‘tkazilib, buyruq asosida to‘pni uzatish mashqlari boshlandi. Yuqori natijalarni qayd etgan talabalarga yuqori baholar qo‘ydi. Mashg‘ulot so‘ngida talabalarni qayta yo‘qlama qildi.
Talabalarning mavzuni o‘zlashtirish darajalarini kelgusi darsda sinash uchun mustaqil topshiriqlar berildi va dars yakunida ularning mashg‘ulotni o‘zlashtirilganlik darajasi baholab chiqildi. Baholar akademguruh jurnaliga qayd etildi.
Umuman olganda, Tashpulatov Farxad Alisherovichning darsi tushunarli sodda va ravon tilda o‘tildi, shularni inobatga olib ochiq darsni ijobiy baholash mumkin.
“Jismoniy madaniyat va sport
Do'stlaringiz bilan baham: |