Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti
-mavzu: byudjetlashtırısh
Download 100.01 Kb.
|
Amaliyot daftari
12-mavzu: byudjetlashtırısh va xarajatlarnı nazorat qılısh
Biznesning murakkablashishi va atrof muhit (ijtimoiy, iktisodiy, texnolo-gik,siyosiy) ning o’zgarishi natijasida bundan buyon ham xo’jalik sub’ekti har doimgidek ishini amalga oshirishi orqali samarali faoliyat yurita oladimi degan savol turadi. Xo’jalik sub’ekti kelgusida yetarli darajada daromad olishi uchun albatta qilinajak ishlarni rejalashtirib olishi lozim. Uzoq muddatli rejalashtirish bu shunday faoliyat turiki, bunda kelgusida firma qilishi va amalga oshirishi lozim bo’lgan yo’nalishlarni izlab topish talab etiladi. Korporativ reja tuzilayotganda odatda quyidagi savol beriladi: «10 yildan keyin xo’jalik sub’ekti holati qanday bo’ladi va biz o’z o’rnimizni qayerda ko’ramiz?» Uzoq muddatli rejalashtirishning korxona byudjetini tuzishdagi ahamiyati juda katta, negaki: (a) ko’zlangan uzoq muddatli vazifalar mavjud bo’lmasa, u xolda amalga oshirilgan harakatlarni baholash mezoni bo’lmay qoladi. Rahbarlar nimaga erishishi kerakligini bilmay qoladilar. (b) faoliyat ko’rsatkichlarini baholash yuzaki tarzda «o’tgan yildan yaxshi/yomon» tarzida amalga oshirilishi mumkin; bu holatda xech kim biznesning potentsialini to’g’ri baholay olmaydi. Rejalashtirish jarayonining mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida uning bosqichlarini bayon etish zarur. Rejalashtirish quyidagi bosqichlardan iborat: Vazifalarni belgilash Qo’llanilishi mumkin bo’lgan harakatlarni izlab topish Muqobil yo’llar xaqida ma’lumot olish va natijalarni baholash Harakatlar yo’nalishini tanlash Uzoq muddatli rejalarni amalga oshirish Xaqiqiy natijalar monitoringi Rejadan chetga chiqish bilan bogliq bo’lgan masalalar yechimi Vazifalarni belgilash Rejalashtirishning dastlabki bosqichi kompaniyadan maqsad va vazifalarni belgilashni talab etadi va unga muvofiq ish tutadi. Maqsadlar quyidagilar nuqtai nazaridan aniqlanadi: iqtisodiy maqsadlar biznes turi sotiladigan tovarlar / xizmatlar xizmat ko’rsatilayotgan bozorlar bozor ulushi rejalashtirilgan daromad daromad, aktivlar, va sotish hajmi o’sishining talab qilingan me’yori Qo’llanilishi mumkin bo’lgan harakatlarni izlab topishda quyidagilar bilan bog’liq bo’lishi mumkin bo’lgan strategiyalar ishlab chiqilishi lozim: mavjud bo’lgan mahsulot uchun yangi bozorlarni tashkil qilish va rivojlantirish; mavjud bo’lgan bozorlar uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqish; yangi mahsulotlar uchun yangi bozorlarni tashkil qilish va rivojlantirish. Muqobil yo’llar xaqida ma’lumot olish va natijalarni baholash Bu ma’lumotlar yig’ish bosqichidir Harakatlar yo’nalishini tanlash qaror qabul qilinganidan keyin mazkur qarorlarga asoslangan uzoq muddatli qarorlar ishlab chiqiladi. Uzoq muddatli rejalarni amalga oshirish Mazkur bosqichda uzoq muddatli rejalashtirishdan yillik byudjet tuzishga o’tish uchun yo’l beriladi. Byudjet strategik rejalar bilan boshqaruv qarorlarini qa-bul qilish jarayonida ularni amalga oshirilishini bog’laydi. Byudjet uzoq muddatli rejalashtirish jarayonining ajralmas qismi sifatida qaralishi lozim. Xaqiqiy natijalar monitoringi Bu bilan xarajatlar hisobi bo’yicha buxgalter shug’ullanishi lozim. Byudjetda belgilangan sonlar bilan solishtirgan xolda moliyaviy va faoliyatning xaqiqiy natijalari xaqidagi boshqa axborotlarning to’liq hisobini amalga oshirishi lozim. Rejadan chetga chiqish bilan bogliq bo’lgan masalalar yechimi Bu reja bajarilishi jarayonini nazorat qilish bo’lib, unda rejadagi og’ishlar bo’yicha masalalar byudjetni o’zgartirish orkali yoki yangi qo’llaniladigan harakatlar-ni amalga oshirish orqali o’z echimini topadi. Byudjet – bu moliyaviy reja hisoblanib, unda korxonaning asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyati bo’yicha daromadlar va xarajatlar qamrab olinadi. Ularning farqi kutilayotgan moliyaviy natija sifatida aks ettiriladi. Daromadni aniqlash uchun sotish byudjeti tuziladi. Xarajatlarni byudjetda bayon etish uchun xarajatlarning turkumlanishiga mos ravishda ishlab chiqarish xarajatlari va noishlab chiqarish xarajatlari smetalari bayon etiladi. Sotish byudjetida xo’jalik sub’ektining xaridorlar va buyurtmachilardan olgan buyurtmalar hamda bozorni o’rganish asosida Mahsulotga bo’lgan talab aniqlanadi. Marketing tadqiqotlari va tuzilgan shartnomalar sotish bo’yicha byudjetda o’z aksini topadi. Uning tavsiyaviy shakli quyida berilgan. 1-qadam «Sotish byudjeti »
Download 100.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling