27
Reafizasiyadan tushgan
daromad
2500000
2500000
2500000
Sotishga tayyor mahsu-
lotlarning tan
narxi
2670000
2670000
2670000
Davr
oxiridagi TMZ
tannarxi
600000
508560
440000
Sotilgan mahsulotlar-
ning tannarxi
2070000
2161380
2230000
Realizasiyadan olingan
yalpi foyda
430000
338620
270000
Tovar-moddiy zaxiralarni sof realizasiya qiymati bo'yicha baholash.
Tovar-
moddiy zaxiralar
shikastlanganda, qisman yoki
butunlay eskirganda,
komplektlashga yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari
oshganda, sotuv narxi
pasaygan holatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o'z tannarxidan past bahoda
realizasiya qiymatida baholanishi mumkin.
Sof realizasiya qiymati - tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni
sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir.
Tovar-moddiy zaxiralari sof realizasiya qiymatigacha quyidagi usullar
asosida qisman hisobdan chiqariladi:
1.
moddalar bo'yicha usuli - bunda tovar-
moddiy zaxiralarining har
bir turi baholanadi;
2.
asosiy tovar guruhlarining usuli - bunda
tovar-moddiy zaxiralarining guruhi baholanadi;
28
v) zaxiralarning umumiy darajasi usuli - bunda hamma tovar-moddiy
zaxiralari baholanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar xo'jalik sub'ektining o'zida tayyorlanganda ularning
haqiqiy tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi qabul qilinadi, tovar-
moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
5 fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni
ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy
natijalarni
shakllantirish tartibi to'g'risida"gi Nizomga muvofiq aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralarning ular buxgalteriya hisobiga qabul qilingan
haqiqiy tannarxi O'zbekiston Respublikasi Qonunchiligi
va tegishli standartda
belgilangan holatlardan tashqari, o'zgartirilmaydi.
Tovar-moddiy zaxiralarning ular buxgalteriya hisobiga qabul qilingan
haqiqiy tannarxi tovar-moddiy zaxiralarni qayta baholash natijasida
o'zgartirilishi mumkin.
Shunday qilib, tovar-moddiy zaxiralarni baholash ularni tashkil etish va
boshqarishning muhim dastlabki sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: