Buxgalteriya hisobi va audit
Iqtisodiy muvozanat tushunchasi
Download 340.13 Kb.
|
MUVOZANATLIK REFERAT
Iqtisodiy muvozanat tushunchasi.
Milliy iqtisodiyot darajasida to'liq bandlikka erishish, inflyatsiyani eng kam darajaga keltirish va barqaror iqtisodiy o'sishga erishish, makroiqtisodiy muvozanatlikni taqozo etadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish va umuman takror ishlab chiqarish ham iqtisodiyotning barcha darajasida, ya’ni mikro va makroiqtisodiyot darajasida iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlanib turilishini zarur qilib qo'yadi. Shunday ekan, iqtisodiy muvozanatlik, iqtisodiy o'sish va takror ishlab chiqarish jarayonining eng muhim va asosiy shart-sharoiti bo'lib yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy muvozanatlik tushunchasi o'quv adabiyotlari darajasida bo'lsada, barcha jihatlari (sabablari, oqibatlari, natijalari) bilan birgalikda ancha keng tadqiq qilinadi. Jumladan, iqtisodiy muvozanatlikning mohiyati, uni ta’minlash muammolari K.Makkonell, S.Bryular tomonidan yopiq va ochiq iqtisodiyot uchun yalpi talab va yalpi taklifning muvozanatligi orqali tushuntirilib beriladi. Ular ko'plab alohida olingan bozorlardagi muvozanatli narx va ishlab chiqarish hajmini o'rganish orqali xususiy muvozanatlikning tahlili bilan shug'ullangan bo'lsa, barcha turli xil bozorlardagi umumiy taklif hajmi va ulardagi 1 narxlarning o'rtacha darajasi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni keng miqyosda o'rganib chiqish orqali umumiy bozor muvozanatini korsatib berishga harakat qiladilar. Ayrimlar, iqtisodiy muvozanatlikni cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish usullari va ularni jamiyat a’zolari ortasidagi taqsimlashning o'zaro mos kelishi sifatida tavsiflaydi1. Iqtisodiy muvozanat tushunchasiga berilgan bu ta’rif quyidagi sabablarga kora cheklangandir. Birinchidan, unda jamiyat ehtiyojlari bilan milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari ya’ni mavjud iqtisodiy resurslar darajasi ortasidagi bog'liqlik tushuntirib berilmaydi. Ikkinchidan, muvozanatlik resurslardan foydalanish usullari bilan ularning taqsimlanishi ortasidagi bogliqlik sifatida bir tomonlama talqin qilinadi. Boshqalari iqtisodiy muvozanatlik milliy iqtisodiyotning shunday bir holatiki, bunda tovarlar va xiz-matlarni yaratishda foydalaniladigan cheklangan ishlab chiqarish resurslari va ularni jamiyatning turli a’zolari o'rtasida taqsimlanish jarayoni mos kelishi lozim, ya’ni resurslar va ulardan foydalanish natijalari, ishlab chiqarish va iste’mol, talab va taklif, moddiy buyumlashgan va moliyaviy oqimlar ortasida yalpi mutanosiblik mavjud bo'ladi degan fikrni ilgari suradi. Ko'pincha iqtisodiy muvozanatlik bozor muvozanatini xarakterlovchi yalpi talab va yalpi taklif ortasidagi nisbat sifatida ham talqin qilinadi. Yuqoridagi barcha qarashlarni umumlashtirib, iqtisodiy muvozanat tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Download 340.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling