Litsenziya olish uchun sug’urta kompaniyasi litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: a) sug’urtalovchilar uchun: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo’ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi hamda ko’rsatib o’tilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat ko’rsatilgan litsenziya berish to’g’risida ariza; yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; rahbar to’g’risidagi ma’lumotlar (oliy ma’lumot to’g’risidagi diplom nusxasi va mehnat daftarchasidan ko’chirma);
Do'stlaringiz bilan baham: |