Buxgalteriya hisobini tashkil etish


Download 1.47 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1060674
Bog'liq
2 5260257957370668123 (1)


Buxgalteriya hisobini tashkil etish
Reja
01
03
02
Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari
Korxonaning xisob siyosati
Buxgalteriya xisobining maqsadi
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi. Rahbar quyidagi huquqlarga ega: — bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish; — buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya firmasiga yoki tarkibiga buxgalteriya subyekti ham kiradigan xoʻjalik birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish boʻlimiga yuklash.
1. buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. Rahbar quyidagilarni taʼminlashi shart: ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini: xoʻjalik operatsiyalarini nazorat qilish tartibini: buxgalteriya hisobi toʻliq va aniq yuritilishini: hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini: - tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlanishini: - soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini: - hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilishini.
Buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir: — buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish; — uzluksizlik; — xoʻjalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; — aniqlik; — hisoblash; — oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik); — mazmunning shakldan ustunligi; — koʻrsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; — moliyaviy hisobotning betarafligi; — hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; — aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Hisob siyosati hisobot davri kelguniga qadar tashkilot raxbari tomonidan uzoq muddatga chiqariladigan buyruq farmoyish shaklida tasdiklanadi. Yangi tashkil kilingan tashkilot hisob siyosatini davlat roʻyxatiga kiritilgan kunidan boshlab 90 kundan kechiktirmasdan ishlab chikadi va tasdiqlaydi, shu bilan birga bunday tashkilot uchun buxgalteriya hisobini yuritishga oid qoida va meʼyorlar roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran amal qiladi.
Xisob siyosatini ishlab chiqish vaqtida korxonalar 00, 01-son BXMS larda aks ettirilgan buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillaridan foydalanishi kerak Shuni nazarda tutish lozimki, bosh korxona tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning tanlangan usul va uslublarining kullanishi barcha, aloxida balansga ajratilganlari bilan birgalikda tarkibiy (ajratilgan) boʻlinmalari (filiallari) uchun majburiy hisoblanadi.
Tashkilotning hisob siyosati buxgalteriya hisobini yuritishning barcha umumbelgilangan qoidalari va meʼyorlarini sanab utilish va uzida mujassamlashtirishi shart emas. Buyruq chiqarilayotganda Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy tartibga solish tizimi tomonidan ruxsat etilgan buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil qilishning bir necha usullaridan biri tanlanadi. Masalan, buxgalteriya hisobiga oid meʼyoriy baza hisobining: — buxgalteriya tomonidan mustakil tarkibiy boʻlinma kabi; — ixtisoslashgan tashkilot tomonidan shartnoma asosida; — bevosita tashkilot raxbari (masalan, kichik korxonalar) tomonidan yuritilishiga ruxsat etadi.
Tashkilotning hisob siyosatida ushbu kullanishi mumkin boʻlgan variantlardan biri tanlanishi kerak Barcha yukorida aytib utilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobini meʼyoriy tartiblashtirishga oid asosiy xujjatlarga binoan aynan korxona raxbari zimmasiga hisob siyosatini shakllantirish majburiyati va buxgalteriya hisobini tashkil qilish uchun javobgarlik yuklatiladi.
Shu boisdan raxbar hisob siyosatini ishlab chiqish va tuzish chogida goyatda faol katnashishi lozim, chunki uning qoidalaridan korxonaning kundalik faoliyatida ichki hisob va xujjatlar aylanmasiga oid muayyan qoidalarni belgilagan xolda foydalanib boriladi. Bunda shuni xam yoddan chiqarmaslik lozimki, korxonaning hisob siyosati bilan bir katorda davlatning solik siyosati xam mavjuddir, biroq ular urtasidagi farq soliklarning hisob-kitob kilinishi chogidagina hisobga olinadi va korxona moliya-xoʻjalik faoliyatining kolgan barcha koʻrsatkichlariga xech qanday taʼsir koʻrsatmaydi.
1.Buxgalteriya xisobi toʻgʻrisidagi qonun xujjatlari 2.Buxgalteriya xisobining maqsadi va vazifalari 3.Buxgalteriya xisobi subyektlari 4.Buxgalteriya xisobi obyektlari 5.Buxgalteriya xisobi va xisobotini tartibga solish12.Активлар
6..Buxgalteriya xisobining asosiy qoidalari 7.Buxgalteriya xisobini tashkil etish. 8.Imzo xuquqi. 9.Boshlangich xisob xujjatlari. 10.Buxgalteriya xisobi registrlari. 11.Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish. 12.Aktivlar va majburiyatlarni baxolash. 13.Daromadlar va xarajatlarni xisobga olish.
14.Xususiy kapitalni xisobga olish. 15.Garovni xisobga olish. 16.Moliyaviy xisobot.
17.Umumlashtirilgan moliyaviy xisobot. 18.Moliyaviy xisobotning xisobot davri. 19.Moliyaviy xisobotni taqdim etish. 20.Moliyaviy xisobotni eʼlon qilish. 21.Tugatish vaktida moliyaviy xisobot. 22.Buxgalteriya axborotining maxfiyligi. 23.Buxgalteriya xujjatlarini saqlash. 24.Buxgalteriya xisobi toʻgʻrisidagi qonun xujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling