Buxgalteriya hisobining predmeti, metodi va prinsplari
Buxgalteriya hisobining prinsiplari
Download 0.53 Mb.
|
Buxgalteriya hisobining predmeti, metodi va prinsplari
Buxgalteriya hisobining prinsiplari
Buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish prinsipi xo'jalik yurituvchi sub'ekt buxgalteriya operasiyalarini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida ro'yxatga olishi lozimligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki, bir xo'jalik operasiyasining summasi buxgalteriya hisobining ikki schetida - birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladi. Uzluksizlik (davomiylik) prinsipi moliyaviy hisobotni davomiylik qoidasi asosida tayyorlash xo'jalik yurituvchi sub'ekt doimiy harakat qilishini va uzoq muddat davomida o'z faoliyatini davom ettirishini, ya'ni xo'jalik yurituvchi sub'ektning o'zini tugatishiga yoki o'z faoliyati sohasini qisqartirishga ehtiyoji yo'qligini bildiradi. Agar rahbar xo'jalik yurituvchi sub'ektni tugatish yoki uning faoliyat ko'lamlarini qisqartirish zarur deb hisoblasa yoxud shunday vaziyatga olib keladigan sharoit mavjud deb o'ylasa, moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda bunday faktning mazmunini ochib berishi va moliyaviy hisobotni tuzishga asos bo'lgan jihatlarni, davomiylik tamoyilidan chekinish sabablarini ko'rsatishi zarur.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling