Buxgalteriya hisobining usullari va ularning
Download 370.77 Kb. Pdf ko'rish
|
BUXGALTERIYA HISOBINING USULLARI VA ULARNING TAVSIFI
BUXGALTERIYA HISOBINING USULLARI VA ULARNING TAVSIFI Reja: I.Kirish II.Asosiy qism 1. Buxgalteriya hisobining predmeti. 2. Korxona, uning faoliyat kursatish shartlari. 3. Ho`jalik jarayonlari. 4. Ho`jalik mablag`lari. 5. Buxgalteriya hisobining usuli (metodi). III.Xulos IV.Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish sharoitida turli mulkchilikka asoslangan tashkiliy-iqtisodiy jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ko'plab xo'jalik yurituvchi subyektlarning paydo bo'lishiga zamin yaratildi. Shu munosabat xo'jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobning to'g’ri yo'lga qo'yilishi va uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Xususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo'jalik yurituvchi subektlarda hisob tizimining naqadar to'g’ri yuritilishi, xo'jalikning iqtisodiymoliyaviy faoliyatini o'rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek iqtisodiy ko'rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o'rganish bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o'taydi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, mustaqillikdan keyin har bir jabhada tub o'zgarishlar bo'ldi. Buning yaqqol misoli sifatida ta'lim sohasini misol qilmoqchiman. Mamlakatimiz kelajagi bo'lmish yoshlarga katta e'tibor qaratilib, respublikamizda hozirgi kunda ta'lim tizimi tubdan istoh qilinib, o'qitishning yangi shakllari amaliyotga tadbiq etildi. Oddiy an'anaviy usullardan yangicha ta'lim tehnologiyalariga o'tildi. Bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqilib, kuchga kirdi. Bizga ma'lumki, hozirgi raqobat muhiti jarayonida korxonalarning samaradorligi bevosita mahsulot sifati hamda uning tannarxiga bog’liq. Tannarxni to'g’ri kalkulyatsiya qilish esa bevosita buxgalteriya hisobiga borib taqaladi. Shunday ekan korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo'yilgan reja ko'rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo'jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo'jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi. Download 370.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling