Buxgalteriya va audit


Download 43.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi43.5 Kb.
#193594
Bog'liq
2 5190649035857332646


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

"Buxgalteriya va audit" yo'nalishi 51-2 guruh talabasi

Abdullayeva Faridaning

Moliya fanidan mustaqil ishi

2-MAVZU: MOLIYAVIY TIZIM

REJA:

1. Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari



2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi

1. Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari

Faoliyat jarayonida turli pul fondlardan shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui moliyaviy tizim deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliyaviy tizim deyiladi. Unga yana quyida ta’rifni ham berish mumkin: “Xo’jalik subyektlari, uy xo’jaliklari, davlat va maxsus moliya institutlarining pul mablag’larini taqsimlaydigan va ishlatadigan moliya munosabatlarining bir-biri bilan bog’liq va birgalikda harakat qiladigan kategoriyalari, bo’g’inlari va sohalarining yig’indisi moliyaviy tizim deyiladiO‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog’liq ravishda bir necha bo’g’inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo’g’inlardan tashkil topishi mumkin:

 davlat byudjeti;

 byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari;

 davlat krediti.

Shuningdek, xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi quyidagi bo’g’inlardan iborat:

 tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;

 moliyaviy vositachilar moliyasi;

 notijorat tashkilotlari moliyasi.

Yuqorida keltirilganlarni rasm ko’rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:

2-rasm. Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari

Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo’g’inlarga bo’linishi YaIMni

shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subyektlarining bir-birlaridan farqli

ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va

Davlat moliyasi va mahalliy moliya

Moliyaviy tizim

Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi

Tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi

Moliyaviy vositachilar moliyasi

Notijorat tashkilotlar moliyasi

Davlat byudjeti

Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari

Davlat kreditiMablag’lardan foydalanishning maqsadli yo’naltiril-ganligi belgisi bo’yicha byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarini quyidagi ikki guruhga bo’lishi mumkin:

 ijtimoiy mo’ljallangan (yo’nalishga ega bo’lgan) davlat maxsus fondlari;

 tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo’lgan davlat maxsus fondlari.

Ayrim hollarda hududiy yo’naltirilgan(mo’ljallangan) davlat maqsadli

fondlari tashkil qilinishi mumkin.Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

 Respublika yo’l fondi;

 O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasining maxsus hisobvarag’i;

 ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat fondi;

 O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi. Davlat maxsus fondlari tarkibida katta miqdordagi mablag’larning to’planganligi sharoitida davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag’lardan samarasiz foyda-lanishga va su’istemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda byudjetga jamlangan fondlarning maqsadli yo’nalishi o’zgartirilmasdan saqlanib qolishi ta’minlanishi lozim.Davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining o’ziga xos bo’g’ini hisoblanadi. Uning o’ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag’larni jalb qilish bo’yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi pul munosabatlarining o’ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat, asosan, mablag’larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi.Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat o’z daromadlari bazasini kengay-tirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o’sishi bilan bog’liq bo’lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan o’zaro bog’liq holda amalga oshirilishi moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” bo’g’ini to’g’risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng mo’noda hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o’z tarkibiga qo’shmog’i lozim.

Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi moliyaviy tizim-ning mustaqil sohasi hisoblanadi. Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham atash mumkin. Moliyaviy tizimning ana shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir oqibatda davlat tomonidan o’rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o’zida byudjet mablag’larining katta qismi to’g’ridan-to’g’ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yo’naltirilishi mumkin.Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy tizimning bu sohasi tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo’g’inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shaklantirish, mulkka egalik qilish, o’z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog’liq ravishda o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning o’zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakat-ning umumiy moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar moliya-sining ahvoli bilan belgilanadi.

Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o’zlarining faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari o’z daro-madlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi.Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo’lib, foyda olish ularning asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanmaydi.

Ularning qatoriga ijtimoiy, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy,boshqaruv, sog’liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-qarshiliklar ziddiyatlarni yechish, yuridik xizmatlar ko’rsatish va shunga o’xshash boshqa maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat tashkilotlarning oldiga qo’yilgan maqsadlar xilma-xil bo’lganligi uchun bu sohaning juda keng va rang-barang bo’lishi, tabiiydir. Notijorat sohaning bir guruh korxonalari, asosan, o’z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu sohasi odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi24

.Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir￾biridan farq qiladi. Biroq, qator miqdoriy ko’rsatkichlarning tahlili bu sektorningtaraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Notijorat soha holatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

 notijorat tashkilotlarining soni.

2000-yillar boshlarida Yevropa mamlakatlarida har 1000 kishiga 4ta noti-jorat tashkiloti to’g’ri kelgan edi.

Finlyandiya shu ma’noda rekordchi hisoblanib, bu yerda har 1000 kishiga 21tadan to’g’ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud bo’lgan. Bu ko’rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3ga teng edi;

 notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bo’lib hisoblanadi.

Hozirgi paytda bu sektorda ishchi kuchining o’rtacha 3,4% ishlaydi (Vengriyada – 1%dan boshlab, AQShda – 7%gacha). Notijorat tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishi iqtisodiyotning boshqa sektor-larida faol ravishda qo’shimcha ish o’rinlarining yarati-lishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bo’lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining faolla-shuviga olib keladi;

 notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. 2000-yillar boshida bu ko’rsatkich yalpi milliy mahsulotning o’rtacha 3,5%ini tashkil etgan (Vengriyada – 1,2%, AQShda – 6,3%). Rossiyada bu raqam 2%ga teng bo’lgan.

Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo’la borib, bu yerda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi to’planmoqda va u zamo-naviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.

Notijorat asosda xo’jalik yuritishning asosiy xususi-yatlari quyidagilardan iborat:

 faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yo’naltirilganligi;

 e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish;

 bozor xo’jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoli-yatning ijtimoiy samaradorligini birgalikda qo’shib olib borish.

Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy man-balari quyidagi besh asosiy guruhdan tashkil topadi:

 byudjet mablag’lari;

 tijorat faoliyati:

2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi.Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi moliyaviy munosabatlarning quyidagi bo’g’inlaridan iborat:

 davlat byudjeti tizimi;

 davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, federativ davlatlarda esa – federatsiya a’zo-larining krediti;

 maxsus fondlar;

 davlat korxonalari moliyasi.

Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo, davlat tuzilishiga (qurilmasiga) bog’liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bo’g’indan iborat:

 davlat byudjeti;

 ko’p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti).

Unitar shakldagi xorijiy davlatlarda mahalliy byudjetlar o’zlarinin daromadlari va xarajatlari bilan davlat byudjetining tarkibiga kirmaydi.Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo’g’indan tarkib topgan:

 davlat byudjeti ( federal byudjet, markaziy hukumat byudjeti);

 federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda – shtatlar byudjeti, Kanadada –provintsiyalar byudjeti, GFRda – yerlar byudjeti, Shveytsariyada – kantonlar byudjeti va h.k.

 mahalliy byudjetlar.

Mahalliy byudjetlar o’zlarining daromadlari va xarajatlari bilan federatsiya a’zolarining byudjetlariga va ular ham, o’z navbatida, davlat federal byudjetining tarkibiga kirmaydi.

Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning yetakchi bo’g’inlaridan biri davlat byudjetidir. U davlat va o’z-o’zini boshqarish hududiy organlarining funk-tsiyalari va vazifalarini moliyaviy ta’minlashga mo’ljal￾langan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirish.AQShda pensionerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-darmon, oziq￾ovqatning yirik paketi, 100 dollar chegarasigacha miqdori past kvartira haqi kabi qo’shimcha imtiyozlarga ega.

GFRda yangi pensiya tizimi 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan. Boshqa yetakchi xorijiy mamlakatlar singari bu yerda ham pensiyaning miqdori o’rtacha ish haqi va to’langan sug’urta badallarning miqdoriga bog’liq. Bu yerda davlat pensiya ta’minoti tizimi yetakchi rol o’ynaydi.

Italiyada pensiya islohoti 1995 yilda o’tkazilgan. Unga muvofiq o’zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan

Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bo’lsa-da, haqiqatda uning darajasi 63 yilga teng. Chunki ispanlarning 70%i qonunda ko’zda tutilgan muddatdan oldinroq pensiyaga chiqadi. Ayni davrda pensiya ta’minoti xarajatlari YaIMga nisbatan Ispaniyada

yuk


Britaniyada – 9,5%ni tashkil etadi.

Davlat korxonalari moliyasi yetakchi xorijiy davlatlar moliyaviy tizimning bo’g’inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar G’arbiy Yevropa mamlakatlarida



Ikkinchi jahon urushidan so’ng va 1945-1950 yillarda temir yo’l va havo transporti, energetika tarmog’i va boshqa tarmoqlar korxonalarining milliylashtirilishi munosabati bilan ancha rivojlana boshladi. O‘sha paytlarda bu tarmoqlar texnikaviy jihatdan o’ta qoloq va raqobatga chidamsiz edi. Ularni modernizatsiya qilish va yangilash juda katta miqdordagi mablag’larni talab etdiki, bu mablag’lar Davlat byudjeti, ya’ni soliq to’lovchilar hisobidan ajratildi.

Bu tarmoqlar modernizatsiya qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg’or bo’lishiga qaramasdan, moliyaviy jihatdan, ular hamon past rentabelli yoki zararga ishlaydigan bo’lib qolaverishdi. Davlat korxonalari moliyaviy holati og’ir￾ligining asosiy sababchisi ular mahsulotlariga nisbatan past baholar siyosatining yurgizilayotganligidir.O‘tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar hukmron doiralarining yangi iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga ko’ra ko’pgina davlat tarmoqlari va korxonalari xususiylashtirildi va bu narsa davlat mulkining miqdorini keskin kamaytirdi.
Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling