Buxgalteriya xisoboni tashkil qilish asoslari


Download 0.74 Mb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1391834
  1   2
Bog'liq
Buxgalteriya xisoboni tashkil qilish asoslari

Buxgalteriya xisoboni tashkil qilish asoslari

Bank hisobi, tahlil va audit

7B-20

Reja: 1.1. Xo’jalik hisobi uning mohiyati va ahamiyati. 1 2. Buxgalteriya hisobining predmeti. 1.3. Buxgalteriya hisobining metodi.

  • Reja: 1.1. Xo’jalik hisobi uning mohiyati va ahamiyati. 1 2. Buxgalteriya hisobining predmeti. 1.3. Buxgalteriya hisobining metodi.

1.1. Xo’jalik hisobi, uning mohiyati va ahamiyati.  Xo’jalik hisobi moddiy mablag’larni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonida moddiy ishlab chiqarishni uyushtirish, boshharish va rahbarlik qilish uchun zarurdir. Xo’jalik hisobi deb yuritishning o’zi kishilik jamiyatida xo’jalik faoliyatini hisobga olish yoki insoniyat uchun zarur bo’lgan iste'mol buyumlari, kiyim kechak oziq - ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish va taqsimlashni hisobga olish demakdir. Xo’jalik hisobi kishilik jamiyatining hamma ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarida mavjud bo’lgan. Lekin har bir ijtimoiy tuzumda xo’jalik hisobi o’zining maqsadi va vazifalariga ega bo’lgan. Xo’jalik hisobiga bo’lgan talab ayniqsa, tovar ayirboshlash natijasida kuchaygan. Xo’jalik hisobiga va ikki yoqlama yozish sistemasini bayon qilgan va birinchi nashr etilgan ishning muallifi Italiyaning mashhur matematigi professor Luka Pachiolo hisoblanadi. Uning «Barcha arifmetika, geometriya, proportsiya va munosabatlarga doyr majmuasi» degan kitobida «Schyot va yozuvlar haqida» yozilgan traktati bor. Bu kitob birinchi marta 1494 yilda Italiyaning Venetsiya shaxrida birinchi marta bosilib chiqqan. Korxona,tashkilot va muassasaning hamma ishlarini hisobga olish uchun miqdoriy ifodalash va sifat tomondan tavsiflab berish zarurdir. Shuning uchun ham xo’jalik hisobida quyidagi ulchob birliklari qo’llaniladi.

Xo’jalik hisobining quyidagi hisob turlari mavjud:  1.Operativ (operativ-texnika)  2.Statistika  3.Buxgalteriya hisobi 

  • 1.Opreativ hisob-ishlab chiqarishning ayrim uchastkalarida sodir bo’layotgan xo’jalik jarayonini va operatsiyalari haqida zarur ma'lumotlarni tezda yetkazib berishga qaratilgan joriy kuzatish va nazorat qilish usulidir yoki chorak yakunlarini korxona o’zlarining yo’qori tashkilotlariga tezkorlik bilan hisobotlar berish ya'ni telefonlar orqali,telegrammalar orqali. Telefakslar orqali? kompyuterlar orqali va boshqalar. 2.Statistik hisob-ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy voqea va jarayonlarini miqdor va sifat jihatdan aks ettirib, ular o’zgarishining sabab va qonuniyatlarini aniqlab beradi. Statistik hisob muayyan metodik usullardan.statistik kuzatish, statistik yig’ish, statistik guruhlash.o’rtacha miqdorlarni olish va boshqalardan foydalanib.jamiyat xo’jalik faoliyati rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini aniqlaydi
  • 3. Buxgalteriya hisobi-kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida xo’jalik mablag’lari va ularning manbaalarida sodir bo’layotgan o’zgarishlarni hamda faoliyat natijasini pul ifodasida yoppasiga, uzluksiz, hujjatlar asosida o’zaro boglangan tarzda aks etgirishdir. Bozor munosabatlariga utish sharotida turli mulk shakllariga asoslangan korxonalar soni juda ko’paymokda. Xalq xo’jaligi va uning tarmoq korxonalariga rahbarlik qilish uchun buxgalteriya hisobining ahamiyati ortmokda. Shuning uchun ham Respublikamizda birinchi bor «Buxgalteriya hisobi to’q’risida» Krnun qabul qilindi (1996 yil 30 avgust) Ushbu qonun 24 moddadan iborat bo’lib, buxgalteriya hisobi yurituvchi sub'ektlarni, ularning huquqlari, hisob yuritish qoidalari, hisob hujjatlari va regstrlari, aktivlar va majburiyatlar, hamda moliyaviy hisobot to’zish va taqdim qilish talablarini beliglaydi.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling