Buxoro- sharqning mashhur qadimgi shaharlaridan biri
Shahristonga asos solinishi
Download 65.93 Kb.
|
3.BUXORO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro Turk xoqonligi tarkibida
- Buxorxudotlar hokimligi davrida
Shahristonga asos solinishi
Buxoro qalʼasidan sharq tomonda 3 yoki 4 nafar dehqonning (oliy zamindor toifaning) oʻziga xos mustaqil qalʼa-istehkomlari (koʻshklari) negizida asta-sekin shaharning oʻzi — Shahriston shakllanib bordi (maydoni 28—30 gektar). Shahristonga asos solinishi esa Abruyning zulmi tufayli Buxorodan Turkiston va Tarozga koʻchib ketgan buxorolik dehqonlarning iltimosi bilan 560—580-yillarda qoʻshinlari bilan shaharga kelgan turk hukmdori Sheri Kishvar nomi bilan bogʻliq holda talqin etiladi. Buxoro Turk xoqonligi tarkibida Asosiy maqola: Turk xoqonligi 567-yilda Buxoro Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. 585—586-yillarda Buxoroda Abruy qoʻzgʻoloni boʻlib, u Turk shahzodasi El Arslon tomonidan bostirilgan. Shundan soʻng Yang Soux Tegin Buxoro vohasining egasi sifatida tasdiqlandi. Undan keyin Buxoroni 589—603-yillarda uning oʻgʻli Nili boshqargan. Keyin uning oʻgʻli Bosi tegin (603—604) hukmronlik qildi[4]. 603—658-yillarda Buxoro Gʻarbiy turk xoqonligiga boʻysungan Soʻgʻd mulklaridan biri boʻlgan. O. I. Smirnova Buxoro vohasining turkiy hukmdorlari VIII asrning oʻrtalarida „Hoqon pullari“ yozuvi bilan bir guruh Turk-Soʻgʻdiy tangalarini chiqargan deb hisoblaydi[5]. VIII asr Buxoro hukmdori Tugʻshodaning ismi turkiy boʻlgan deb taxmin qilinadi[6] Buxorxudotlar hokimligi davrida[tahrir Asosiy maqola: Buxorxudotlar hokimligi Buxorxudot Xunuk tasvirlangan tanga. Old tomonida toj kiygan hukmdor va orqa tomonida zardushtiylarning otashgohi tasvirlangan (VIII asr boshlari) VII asrda, arablar istilosi arafasida Buxoro vohaning yirik maʼmuriy markaziga aylangan edi. Buxoro qalinligi 18 metrgacha boʻlgan mustahkam devorlar bilan oʻralgan diz — qalʼadan iborat boʻlgan savdo shahri edi. Bidun Buxorxudot esa „tuzilishi jihatidan Katta Ayiq yulduzlar turkumiga oʻxshab ketadigan“ bir saroy ham barpo ettirgan. Hukmdor bu saroy darvozalariga oʻz ismi chekilgan temir lavhacha osib qoʻyishni ham buyurgan ekan. Bidun saroyida majusiy ibodatxona, xazina, zindon ham joylashgan edi. Uning gʻarbiy darvozasi "Registon" deb atalardi. Negaki bu darvoza qum toʻshalgan keng maydonga olib chiqardi. Sharqiy darvoza esa "Goʻriyon" deb atalar, ana shu „Qabriston darvozasi“ ortida tabarruk qadamjo — Buxoroning afsonaviy asoschisi Siyovush qabri joylashgan edi. Shahristondan tashqarida esa savdo va hunarmandchilik shaharchasi ham shakllangan. Mox bozori tevaragi asosiy iqtisodiy markaz edi. Uning nomi "Majusiylar ibodatxonasi" degan maʼnodagi soʻzdan kelib chiqqan. Bu ibodatxona Shahristondan tashqarida, uning janubiy darvozalari va Roʻdi Zar anhori oraligʻida joylashgan edi. Roʻdi Zar keyinchalik Shohrud deb atala boshlagan va hozirga qadar ham u shu nom bilan yuritiladi. Shahristonning asosiy alomati boʻlmish Magʻoki Attori masjidi bugungacha saqlangan. Bu joyda bozor qadim-qadim zamonlardan to 1930-yillargacha mavjud boʻlgan. Download 65.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling