Buxoro axbori yoxud "buxoronoma" gazetasining rivojlanish
SO„NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
Download 411.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo‘Raboyev Azizbek Axmadjon o‘g‘li
SO„NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 222 Toshpo‟lat Hamid va boshqalar muharrirlik qilgan. Gazeta sahifalarida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‟lpon, Sadriddin Ayniy, Ibrohim Mo‟minov, Abdulhamid Majidov, Atoulla Xo‟jayev, Usmonxo‟ja Po‟latxo‟jayev, Muinjon Aminov, Ne‟mat Aminov, Omon Muxtorov kabi taniqli davlat arboblari va ziyolilar dolzarb mavzulardagi maqolalari bilan qatnashishgan. Gazetaning dastlabki sonlaridan boshlab millim mustaqillik g‟oyasi undagi maqolalarning bosh mavzui bo‟lgan. 20-yillarda gazetada BXSR hududidan sho‟ro qo‟shinlarini olib chiqib ketish, demokratiyani rivojlantirish, davlat idoralarini ruslashtirishga chek qo‟yish, yoshlarni taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlardagi oliy o‟quv yurtlarida o‟qitish kabi dolzarb masalalar yoritilgan. Shu bois gazeta tahririyati jamoasi va mualliflari sho‟ro tuzumidan ko‟p jafo ko‟rishgan. Gazetaning sobiq muharrirlari va yetakchi mualliflaridan Fayzulla Xo‟jayev, Abdurauf Fitrat, Sayd Ahroriy, Abdulhamid Cho‟lpon, Mahmud Badayliy, Ziyo Usmoniy, Ostonaqul Abduqayum 30-yillardagi qatag‟onda hibsga olinib, qatl etilgan. Abbos Aliyev, Abdusalom Niyozov, Abdulhamid Majidov, A‟lo Kamolov, Ashur Bozorov uzoq muddatga qamalgan. O‟zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi davrda «Buxoronoma» shaklan va mazmunan tubdan o‟zgarib, Buxoro viloyati hayotini har vaqtdagidan yaxshiroq yoritishga harakat qilmoqda. Gazeta istiqlol mafkurasini shakllantirish, yosh avlodni iymon-e‟tiqodli, Vatanga sadoqatli qilib tarbiyalash, bozor munosabatlarini rivojlantirish, qishloq xo‟jaligida islohotlarni amalga oshirish. tadbirkorlikni qo‟llab-quvvatlash, Buxoro shahrini obodonlashtirish va undagi asori atiqalarni asrab avaylash mavzulariga doimiy e‟tibor bermoqda. Gazeta mustaqillik davrining gigant korxonasi bo‟lgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishida muxbirlar postini tashkil qilib, 2 yil mobaynida qurilishning borishini muntazam yoritib turdi. Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyi (1997-yil) oldidan turkum maqolalar berdi. Tahririyatda iqtisodiyot, ijtimoiy masalalar, huquq hamda xatlar va ommaviy ishlar bo‟limlari ishlab turibdi. Turli yillarda tahririyatda mehnat qilgan Baqo Saidov, Habib Abdullayev, Toshpo‟lat Hamid, Baxshullo Saidov, Halil Qodirov, Ahmadjon Niyozmurodov Respublikada xizmat ko‟rsatgan madaniyat xodimi, Respublikada xizmat ko‟rsatgan jurnalist unvonlariga sazovor bo‟lishgan. 1996-yildan gaz. kompyuter usulida nashr etiladi. Tahririyat «Internet» orqali jahon axborot tarmog‟iga chiqmoqda. «Buxoro yangiliklari», «Buxoro futboli» ilovalari bor. Download 411.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling