Buxoro davlat pedagogika instituti 1 OʻA-22im guruh talabasi xayitov sardorning hozirgi adabiy jarayon fanidan tayyorlagan mustaqil ish slaydlari


Download 449.35 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi449.35 Kb.
#1555124
1   2   3   4
Bog'liq
Xurshid Do‘stmuhammad - romannavis

Ehtimol o‘shanda ayni shu voqea ilgari ham – qachonlardir boshingga tushganini unutib yuborgan bo‘lasan, e-voh, deb yuborasan, zinhor kutmagandim, deysan, vaholanki, u shuurning allaqaysi shiyponchasida yaslane-yeb sening ustingdan beozorgina kulib-kulimsirab turgan, ehtimol, seni mazax qilayotgan bo‘ladi.

  • Ehtimol o‘shanda ayni shu voqea ilgari ham – qachonlardir boshingga tushganini unutib yuborgan bo‘lasan, e-voh, deb yuborasan, zinhor kutmagandim, deysan, vaholanki, u shuurning allaqaysi shiyponchasida yaslane-yeb sening ustingdan beozorgina kulib-kulimsirab turgan, ehtimol, seni mazax qilayotgan bo‘ladi.
  • * * *
  • Uzundan-uzun hukmi oliy xatmi (bunchalar cho‘zishmasa, deb qo‘ydi Sizif ichida, ensasi qotib) adog‘iga yetayozgandagina u xarsang toshning raftoriga bosh-oyoq razm soldi. Haybatini ko‘rib yuragi orqasiga tortib ketdi… Uni dumalatib-dumalatib tik cho‘qqi tepasiga olib chiqishni mo‘ljalladi, chamaladi. Shul toifa jazo ravo ko‘rildi unga, demak, hozirning o‘zida uni kishanlardan ozod etishadi va Sizif yo, madad, degancha ishga kirishadi… Yoki u taxminda adashdimi? Hukmi oliyni yanglish eshitdimi?.. Boshi g‘uvillamayaptimi? Ko‘zlari aniq-ravshan ko‘ryaptimi, o‘zi? Axir unga hech bir amr bo‘lgani yo‘q, ya’ni hozirning o‘zida jazoni o‘tamoqlikka kirishgaysen, degan amri-farmon o‘qilganicha yo‘q.

Sizif angrayib qaradi atrofga, qulog‘ida shamol guvillashi tinmadi, hukmni durust eshitmay qoldim, degan o‘yga-da bordi, lolu hayronligini yashiradigan ahvolda emasdi u. Jazoning g‘aroyibligini aniq va tiniq tasavvur qilib ulgurmagan esa-da, taqdirga tan berdi.. Og‘irdir… azobdir… mashaqqat chekar, uqubat ostida qolar, illo, ho-ov marrani ishg‘ol etish epini topmay qo‘ymas, yo bo‘lmasa… Yo, bo‘lmasa… Yo, alhazar!..

Sizifning qulog‘i tom bitdi. Ko‘z o‘ngida sharpalar, soyalar, bulutlar aralash-quralash qorishib ketdi. Alangladi, qulog‘ini ding qilmoqchi edi, ko‘ngli behuzurlashdi. Qop-qora va damqisdi sukunat uni asta-sekin komiga tortayotgan – uni bosh tarafidan yuta boshlagan edi! Allaqanday bo‘yni uzun maxluqning tor jig‘ildonidan tushib borayotgandek his qildi o‘zini. Torlik, qorong‘ilik va jimlik – sukunat bu qadar qo‘rqinchli, hatto ko‘ngilga qutqu soladigan darajada dahshatli tus olishi mumkinligini tasavvuriga sig‘dirolmasdi, Sizif! Nima qiladi endi u? Baqirsinmi? Qichqirsinmi? Faryod qilsinmi?.. Kim eshitadi uning nolasini? Kim yordam qo‘lini cho‘zadi unga? Kim?! Uni shu maskanga dovur yetaklab kelgan navkarlar, yasovullar qayga g‘oyib bo‘ldilar! Boshdan-oyoq tuhmatdan iborat hukmni dunyo ahli ko‘rmagan adolat tantanasi yanglig‘ qiroat ila o‘qiganlarda so‘rog‘i bor edi Sizifning! Qani, ular?! Savollar yog‘dirish ham, ularga javoblar topish ham zimmasida qoldi

  • Sizifning qulog‘i tom bitdi. Ko‘z o‘ngida sharpalar, soyalar, bulutlar aralash-quralash qorishib ketdi. Alangladi, qulog‘ini ding qilmoqchi edi, ko‘ngli behuzurlashdi. Qop-qora va damqisdi sukunat uni asta-sekin komiga tortayotgan – uni bosh tarafidan yuta boshlagan edi! Allaqanday bo‘yni uzun maxluqning tor jig‘ildonidan tushib borayotgandek his qildi o‘zini. Torlik, qorong‘ilik va jimlik – sukunat bu qadar qo‘rqinchli, hatto ko‘ngilga qutqu soladigan darajada dahshatli tus olishi mumkinligini tasavvuriga sig‘dirolmasdi, Sizif! Nima qiladi endi u? Baqirsinmi? Qichqirsinmi? Faryod qilsinmi?.. Kim eshitadi uning nolasini? Kim yordam qo‘lini cho‘zadi unga? Kim?! Uni shu maskanga dovur yetaklab kelgan navkarlar, yasovullar qayga g‘oyib bo‘ldilar! Boshdan-oyoq tuhmatdan iborat hukmni dunyo ahli ko‘rmagan adolat tantanasi yanglig‘ qiroat ila o‘qiganlarda so‘rog‘i bor edi Sizifning! Qani, ular?! Savollar yog‘dirish ham, ularga javoblar topish ham zimmasida qoldi

Download 449.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling