Buxoro davlat pedagogika instituti giq-22 Gurux talabasi ning
O’zbekistonda “obod qishloq” davlat dasturi-qishloq axolisining turmush darajasini yaxshilash va ularni ish bilan ta’minlash masalalari
Download 285.49 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati va uning mazmun mohiyati
O’zbekistonda “obod qishloq” davlat dasturi-qishloq axolisining turmush darajasini yaxshilash va ularni ish bilan ta’minlash masalalari
Salmoqli demografik, mehnat va iqtisodiy salohiyat jamlangan qishloq joylarda mamlakatimiz aholisining qariyb yarmi yashashi qayd etildi. Shunga qaramasdan, ular uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berilmagan, turmush darajasi va sifatini oshirishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Xususan, dehqon va fermerlarning hayotiy-maishiy ehtiyojlari toʻliq ta’minlanmagan. Vaziyatni tubdan oʻzgartirish hamda qishloq aholisining turmush darajasini oshirish maqsadida «Obod qishloq» dasturi qabul qilindi. Quyidagilar uning ustuvor maqsadlari etib belgilandi: 1) aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, sizot suvlar sathini pasaytirish, qishloqlarni tuman markazi bilan bogʻlaydigan yoʻllarni qurish, avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish; 2) qishloq ichki yoʻllari va piyodalar yoʻlaklarini barpo etish va ta’mirlash, yoʻl boʻylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, sanitariya inshootlari va irrigatsiya tizimlarini barpo etish, transport toʻхtash bekatlarini qurish; 3) elektr ta’minotini yaхshilash, aloqa tizimini modernizatsiya qilish, aholiga suyultirilgan gaz va koʻmir yoqilgʻisini uzluksiz yetkazib berish; 4) ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan хizmatlarni tubdan yaхshilashga e’tibor qaratish, bunda bogʻcha, maktab va oilaviy poliklinikalarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish; 5) bozor infratuzilmasi ob’yektlarini va servis shoхobchalarini, jumladan, hammom va kichik bozor shoхobchalarini barpo etish; 6) uy-joylarni ta’mirlashda хonadon egalariga amaliy yordam koʻrsatish, avvalambor, qurilish materiallari bilan markazlashgan holda ta’minlash, muhtoj oilalar uchun homiylar va ish beruvchi korхonalar mablagʻlari hisobidan uy qurib berish (ta’mirlash) va boshqalar. O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati va uning mazmun mohiyati Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi. Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “besh muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari — “Prezident maktablari”, “Temurbeklar maktabi”, “Ijod maktablari” bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi. Yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatimizda 2020-yil dekabr oyida tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlari forumida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga va xalqimizga Murojaatnomasida qayd etilgan yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bilan bog‘liq vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi Download 285.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling