Buxoro davlat pedagogika instituti giq-22 Gurux talabasi ning


Download 141.84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.02.2023
Hajmi141.84 Kb.
#1224597
TuriReferat
Bog'liq
10-mustaqil talim



BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
___ GIQ-22 Gurux talabasi
_______________________________________ ning
O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN YOZGAN
REFERATI
Buxoro-2023


2
Mavzu: 2017yilda Ozbekistonda keng qolamli iqtisodiy islohotlar dasturini
qabul qilinishi va uning ahamiyati
O‘zbekistonda yangi rahbar boshqaruvi ostida bir yil o‘tdi. Ushbu davr
mobaynida mamlakatda massiv iqtisodiy islohotlar va dinamik o‘zgarishlar ro‘y
berdi. O‘zbekiston o‘ziga xalqaro siyosiy va biznes doiralar, shu jumladan
Forbes, The Wall Street Journal, Bloomberg kabi yetakchi chet el ommaviy
axborot vositalar e’tiborini qarata boshladi. Endilikda O‘zbekistonda
o‘tkazilayotgan islohotlar jarayoni va natijalari xalqaro media platformalar
diqqat markazida bo‘lmoqda va Toshkent Markaziy Osiyoda asosiy yangilik va
xabarlar beruvchi shaharga aylandi.
Shu bilan birga O‘zbek jamiyatining mamlakatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga
bo‘lgan munosabati ancha o‘zgardi, xalqning islohotlarga qo‘shishi mumkin
bo‘lgan hissasi har doimgidan ko‘ra ahamiyatli. Bundan tashqari butun
mamlakatni qamrab olayotgan siyosat va jamiyatda ro‘y berayotgan
jarayonlarni televideniedagi har kungi ijtimoiy muhokamalari g‘oyalar
generatori bo‘lib davlatning rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Sh.Mirziyoyevning keng ko‘lamli islohotlari iqtisodiy sohada ham boshlandi.
Mamklakat Senati raisning birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga ko‘ra, yuqori
iqtisodiy o‘sish va O‘zbek iqtisodining o‘sib borayotgan raqobatbardoshligini
ta’minlash milliy rahbariyat uchun birinchi darajali masalaga aylandi.
Prezidentlikning birinchi kunlaridan boshlab Shavkat Mirziyoev davlatning
investitsion iqlimini rivojlantirish va milliy iqtisodning chet el investorlari
uchun yanada ko‘rkamligini ta’minlash yo‘lida siyosat olib bordi. O‘zbek
hukumatining moliya, savdo, soliq va investitsiya sohalarida olib borayotgan
siyosat orqali boshlab yuborgan iqtisodiy liberalizatsiyasi Jaxon banki, Xalqaro
Valyuta Fondi, YeTTB, OTB kabi xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan
ma’qullandi. Sentabr oyidagi milliy valyutaning to‘liq konvertatsiyasi shu
sohada qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Iqtisodiy liberalizatsiya va
jamiyat modernizatsiyasi O‘zbekistonning yangi realligiga aylandi. Ushbu
islohotlarni xalqaro ekspertlar “Toshkent butun e’tiborini o‘ziga qaratgan


3
izolyatsion holatga tushib qolgan edi, endilikda esa u qo‘shnilar va dunyo uchun
ochilmoqda”, deya baholashmoqda.
Bugungi kunda O‘zbek hukumati asosiy iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni tatbiq
etish yo‘lida chet el konsalting kompaniyalari, investitsion banklar va boshqa
xalqaro moliyaviy institutlar bilan ishlamoqda. Mamlakat Prezidenti tashabbusi
bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi barcha islohotlarni tartibga soladigan va yo‘l xaritasi
sifatida xizmat qiladigan hujjat hisoblanadi.
Strategiya mamlakat rivoji uchun muhim hisoblangan beshta yo‘nalishni
aniqlab beradi: davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish; qonun
ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; iqtisodiyotni
rivojlantirish va liberallashtirish; ijtimoiy sohani rivojlantirish; xavfsizlik,
millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur


4
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish. Strategiyada
alohida e’tibor davlat suvereniteti va erkinligini kuchaytirishga, uning xalqaro
munosabatlarning teng huquqli a’zosi sifatida o‘sib borayotgan o‘rni,
rivojlangan demokratik mamlakatlar qatoriga kirib borishi, atrofida xavfzlik,
barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatni xalqaro
nufuzini mustahkamlashga qaratilgan.
Shu munosabat bilan, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena
Fraser strategiya va uning asosida qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni
mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangi tashqi siyosat yondashuvi
nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning kelajakdagi farovonligi
va barqaror rivojlanishining kafolati ekanini ta’kidladi. Bundan tashqari,
xalqaro ekspertlarning fikricha, Harakatlar strategiyasini qabul qilish va amalga
oshirish suveren O‘zbekistonni rivojlantirishda yangi ustun ekanligini anglatadi.
Strategiyaning mazmun va mohiyatiga tayanib, uning asosiy xususiyatlarini
hisobga olishimiz kerak. Birinchidan, Strategiyani qabul qilish bugungi O‘zbek
jamiyatida jiddiy muammolar mavjudligini tan olish ekanini anglatadi. Bunday
holatda, ushbu muammolarni yechish ham ularning to‘g‘ridan to‘g‘ri tan
olinishidan boshlanadi. O‘zbekistonning yangi rahbariyati Harakatlar
Strategiyasi doirasida keng ko‘lamli va tarixiy islohotlarni yo‘lga qo‘yish orqali
muhim qadamni qo‘ydi.


5
Ikkinchidan, birinchi marta bunday keng ko‘lamli dastur Hukumat va xalq
o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot orqali qabul qilindi. Avval uni qabul qilish
strategiyasining loyihasi ommaviy axborot vositalarida va Internetda e’lon
qilindi va har bir fuqaro o‘z fikrini bildirish, qarashlari bilan bo‘lishish va unga
o‘zgartishlar kiritishga imkon yaratdi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda o‘zbek
xalqi, jumladan, ekspertlar hamjamiyati vakillari, xususiy sektor, tadbirkorlar,
nodavlat tashkilotlar, hatto xorijiy ekspertlar ham strategiyaning hammualliflari
bo‘lishdi. Shu orqali xalq qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etish uchun
haqiqiy imkoniyatni qo‘lga kiritdi va bu umummilliy muhokama mavzusiga
aylandi.
Uchinchidan, Strategiya nafaqat hujjat, balki haqiqiy harakatlar va aniq choralar
uchun yo‘l xaritasidir. Bu balandparvoz gaplar yoki PR kampaniyasining
populist deklaratsiyasi emas. Shu bois bugun biz O‘zbekistonda ijobiy va
dinamik o‘zgarishlarni kuzatmoqda
O‘zbekistonda hokimiyat o‘zgarganidan so‘ng o‘tgan bir yil davomida, bu sobiq
SSSR hududidagi eng «vazmin» davlat imijning keskin o‘zgarishi bilan
hayratga soldi, umumiy qabul qilingan xalqaro shakllarda istalgan sheriklar
bilan hamkorlikka ochiqligi haqida ma'lum qildi. Yangi prezident Shavkat
Mirziyoyevning Ashxobod, Ostona, Moskva, Pekin, Anqara va Seulga
muvaffaqiyatli tashriflari, Toshkentning tashqi iqtisodiy faoliyatini maksimal
diversifikatsiya qilish bo‘yicha siyosatini tasdiqladi. O‘zbekiston oldida turgan
vazifalar, istiqbollar haqida EADaily nashri An'anaviy madaniyatlar markazi
O‘rta va Markaziy Osiyo geomadaniyati va geoiqtisodiyoti bo‘yicha direktori
o‘rinbosari Baxtiyor Ergashev (O‘zbekiston) bilan suhbatlashdi.
Toshkent tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu
mamlakatni rivojlantirishdagi inqilobiy bosqichmi yoki rivojlanishning bir
modelidan boshqasiga o‘tishmi? Iqtisodiy sektorda valyuta bozori katta
o‘zgarishlarga yuz tutdi. O‘zbekiston bir yil ichida qanday o‘zgardi?
Valyuta bozorini erkinlashtirishni umumiy iqtisodiy siyosatdan ajratgan holda
ko‘rish to‘g‘ri emas. Umumiqtisodiy vaziyat qanday? Mamlakat iqtisodiyotini
import o‘rnini bosish modelidan eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish yangi
modeliga o‘tish bo‘yicha tizimli ish ketmoqda. Aynan shu bilan qator islohotlar,
jumladan valyuta bozorining erkinlashtirilishi bog‘liq. Bu eksportga
yo‘naltirilgan rivojlanish siyosatining iqtisodiy o‘sishi yangi modelini yo‘lga
qo‘yishning muhim bosqichi. Va bu siyosatni valyuta konvertatsiyasi


6
mexanizmi va valyuta kurslarini bir xil qilmasdan tasavvur etib bo‘lmaydi.
Albatta, bundan so‘ng milliy valyuta - so‘mning devalvatsiyasi yuz berdi -
deyarli ikki barobarga. Biroq so‘mning kuchsizlanishi eksport va
eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashda ish berdi. Shu bilan birga, yuridik shaxslar
erkin konvertatsiyani qo‘lga kiritishdi, jismoniy shaxslar esa qisman
konvertatsiyadan foydalanishi mumkin. Hamda konvertatsiyaning bosqichma-
bosqich evolyutsiyasi bo‘yicha bu variant – bu to‘g‘ri evolyutsion yo‘l.
Ushbu islohotlarning kamchiliklari qanday?
Kursni bir xil qilish so‘mning qadrsizlanishiga olib kelishi kutilgandi. Va
aholining daromadlari dollarda hisoblaganda ikki martaga kamayib
ketdi. Albatta, bunday kursni joriy etish importchilarga zarba bo‘lib tushdi.
Import kutilganidek qimmatlashdi. Biroq falokatli ssenariydan qochishning
uddasidan chiqildi.
Valyutadan tashqari, boshqa qanday muhim islohotlar amalga oshirildi?
Bu haqda kam gapirishmoqda, biroq mamlakatda juda jiddiy o‘zgarishlar yuz
berdi. Mening fikrimcha, prezidentning davlatning yanada ochiqligi siyosatini
amalga oshirish bo‘yicha taklifi davlat boshqaruvi tizimi, davlat hokimiyati
organlari tizimi faoliyati va boshqaruvda katta o‘zgarish bo‘ldi. Gap faqat
virtual qabulxonalar haqida emas, u bilan birga «xalq qabulxonalari» ham
ko‘paydi. Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, xalqning mamlakat rahbariyati
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi mexanizmining joriy etilishi shunga olib
keldiki, pastroq darajadagi amaldorlar aholi oldida hisobot berishning yangi
shakllarini o‘zlashtirish, muloqot olib borish va noqulay savollarga javob
qaytarishga majbur bo‘ldi.
Qarorlarni qabul qilish tizimini takomillashtirish, davlat siyosatini amalga
oshirish doirasida elektron hukumatning yangi shakllarini tatbiq etish bo‘yicha
jiddiy ish ketmoqda. Inson, fuqaro, tadbirkor uchun ma'lumot ochiqroq
bo‘ldi. Hattoki xorijda ham shuni tan olishdiki, O‘zbekiston elektron hukumat
va boshqaruv sohasida loyihalarni amalga oshirish sur'ati bo‘yicha
yetakchilardan biriga aylanmoqda. Barcha deyarli har hafta elektron
hukumatning yangi shakllari va ko‘rinishlari tatbiq etilayotganini ko‘rmoqda:
elektron kadastr tizimi, elektron sudlar va hokazo. Hamda bu juda muhim –
davlat, jamiyat va biznesning o‘zaro aloqasi jarayonlarini optimallashtirish


7
bo‘yicha haqiqiy mexanizmlar paydo bo‘lmoqda. Fuqaro uchun ma'lumot olish
huquqi texnologik yechimni olayapti.
Ba'zi kuzatuvchilarga ko‘ra, islohot loyihalari uchun mablag‘ yetmayapti...
Juda keng ko‘lamli vazifalar qo‘yilgan, ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha jiddiy
loyihalar va dasturlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlarda muhandislik-
kommunal infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha loyiha va dasturlarning
o‘zi juda katta mablag‘lar hamda yangi shakllarni talab qiladi (xususiy-davlat
sherikchiligi mexanizmlarini tatbiq etish bo‘yicha loyihalar). Men shunga
qo‘shilamanki, bu barcha loyiha va dasturlarni bir vaqtning o‘zida bajarish
byudjyet uchun juda kuchli yukdir. Albatta, dastur va loyihalarni amalga
oshirishda ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi. Hammasini birdaniga qilish
imkonsiz.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo strategiyasi doirasida qo‘shnilar bilan
munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Qozog‘iston, Turkmaniston bilan hammasi
tushunarli. Tojikiston? Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi
tayyorlanmoqda, hamda shu bilan birga, Tojikiston hukumati «mojaroli»
Rog‘un GESni qurishda davom etmoqda. O‘zbekiston rahbariyatining bu
masala bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgardimi?
Turkmaniston, Qozog‘iston bilan avvalgi bosqichda yaratilgan asos tufayli
munosabatlar iliqlashdi va hamkorlik masalalarida oldinga siljish ro‘y
berdi. Mintaqada o‘ziga xos o‘zak tashkil topdi: Turkmaniston-O‘zbekiston-
Qozog‘iston. So‘nggi bahli masala hal etildi – chegaraning Ustyurt qismi
bo‘yicha nuqta qo‘yildi. Noyabrda davlat chegaralarining tutashish nuqtasi
tumani bo‘yicha muddatsiz uch tomonlama kelishuv imzolandi.
Qirg‘iziston bilan ba'zi kelishuvlarga kelindi, biroq hali o‘z yechimini
kutayotgan masalalar talaygina. Qirg‘iziston O‘zbekiston uchun muhim –
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» transport yo‘lagi bo‘yicha kelishuvni amalga
oshirish lozim, buni avtomobil qismini qurishdan boshlab, temir yo‘l
magistralini qurishga o‘tish orqali qilish kerak. Bu loyiha Xitoydan Yaqin Sharq
va Janubiy Yevropa portlariga katta transport yo‘lagining asosiy qismi bo‘ladi.
Ya'ni, XQO‘ loyihasi hisobga olinsa, Turkiyadan Xitoyning dengiz portlariga
qadar transport-kommunikatsiya magistrali yaratiladi.
Kelajakda bu yo‘l Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi mojaroga olib
kelmaydimi?


8
Qozog‘istondan ekspertlar darajasidagi ilk xavotirlar 2000-yillar o‘rtalarida
bildirilgandi. O‘shanda Qirg‘iziston temir yo‘li yo‘nalishini shunday qurishni
taklif qilganki, o‘zida Shimolni Janub bilan birlashtirmoqchi bo‘lgan. «Xitoy-
Qirg‘iziston-O‘zbekiston» transport yo‘lagi loyihasiga qarshi RF avvaliga
jiddiy qarshi chiqqan. Qozog‘iston transport loyihalarini o‘z hududi orqali
amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan («G‘arbiy Xitoy-G‘arbiy Yevropa»
loyihasi) va XQO‘ loyihasiga qiziqish bildirmagan. Faqatgina so‘nggi yillarda,
Qozog‘iston mintaqaviy ahamiyatdagi transport-logistik xab roliga da'vogarlik
qilishni boshlaganidan so‘ng, qozoq ekspertlari orasida «Xitoy-Qirg‘iziston-
O‘zbekiston» transport loyihasi yuk tashuvlarining bir qismini XQO‘ yo‘lagiga
ketib qolishiga olib kelishi mumkinligi haqida fikr bildirila boshlandi.
Albatta, yuklarning ma'lum qismi uchun bu janubiy yo‘nalish muddatlar va
masofa bo‘yicha optimaldir. Yuklar Xitoyning dengiz portlaridan Janubiy
Yevropa, O‘rta Yer dengizi va Yaqin Sharq portlariga yuboriladi. U yuklarni
Xitoydan O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarboyjon, Gruziya va Turkiya orqali
O‘rta Yer dengizidagi Mersin portiga yetkazish imkonini beradi, Mersin esa
O‘rta va Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Yevropa davlatlari bilan savdo
aloqalarini ta'minlaydi. Biroq agarda yuklarni Xitoydan, aytaylik, Bremenga
yetkazish bo‘lsa, ularni O‘zbekiston orqali olib o‘tishmaydi, sababi Qozog‘iston
orqali tranzitdan foydalanish qulayroq. 
Hammasi ishlab chiqaruvchilar,
eksportchilar va importchilarning logistik manfaatlari bilan aniqlanadi. Hamda
asosiy oqimlar esa baribir Qozog‘istonda qoladi. XQO‘ga tranzitning 10-15
foizidan ortig‘i to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun men yangi yo‘nalishning
qurilishi Qozog‘iston bilan ziddiyatga olib keladi, deb o‘ylamayman.
Prezident Mirziyoyev nima uchun Tojikistonga borishga shoshilmayapti?
Tashrif haqida anchadan beri aytiladi, biroq muddat hali noma'lum. Gap Rog‘un
GESdami?
Bu sabablardan biri. Markaziy Osiyodagi muammolar va rivojlanish
istiqbollariga bag‘ishlangan Samarqand konferensiyasida prezident Shavkat
Mirziyoyev mintaqada suvdan foydalanish muammosi hamon hal etilmaganini
aytdi. BMTning Markaziy Osiyoda suv masalalari bo‘yicha Konventsiya
loyihasi bor va O‘zbekiston uni qo‘llab-quvvatlaydi hamda O‘zbekiston aynan
shu konvensiya asosida bundan keyin ham ishlashga rozi.


9
Tojikiston rahbariyati uchun vaziyat shundayki, O‘zbekiston bilan samarali
hamkorlikdan qanday foydalar kelishiga qaramay, ular bu g‘oyadan (Rog‘un
GES qurilishi) voz kecha olmaydi. Bu afsuslanarli, lekin fakt. Rog‘un
qurilishda davom etadi, hamda bu, albatta, O‘zbekiston bilan munosabatlarni
yaxshilashga turtki bermaydi, har holda bu Dushanbe o‘zida Amudaryoning
quyi oqimida joylashgan barcha mamlakatlar salbiy munosabatda bo‘layotgan
bu loyihadan voz kechishga kuch topa olganida bo‘lishi mumkin bo‘lgan
sur'atlar va dinamikada yuz bermaydi.
O‘zbekiston prezidentining Dushanbega tashrifi davomida bu masala
muhokama etiladimi? Kun tartibida yana qanday masalalar bo‘lishi mumkin?
Ikki davlat rahbarining Dushanbedagi uchrashuvida Rog‘un GES qurilishi
masalasi muhokama qilinadimi? Albatta, muhokama etiladi. Biroq bu
muzokaralardan effekt savollarni keltirib chiqaradi. Aftidan, chegara masalalari
tilga olinadi. Hozir davlatlararo chegaraning 70-80 foizini delimitatsiya qilish
bo‘yicha hujjatlar imzolanishi mumkin. Qolgan 20 foizi, xuddi Qirg‘iziston
bilan bo‘lgani kabi, murakkabdir. Bu qismlar aholi zich joylashgan tumanlarda
bo‘lib, ular bo‘yicha oson yechim yo‘q. Gap gaz yetkazib berishni tiklash
haqidagi ham borishi mumkin – yiliga taxminan 900 mln kubometr. Boshqa real
loyihalar yo‘q.
O‘zbekistonning bugungi kunda asosiy tashqi savdo sherigi kim? Avvalgidek
Xitoymi, yoki Rossiya vaziyatni o‘zgartirishning hamda yetakchilikka
chiqishning uddasidan chiqdimi?
Katta ehtimol bilan joriy yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston tashqi savdo
sheriklari ro‘yxatida Rossiya birinchi o‘ringa qaytadi, u bu pozitsiyani 2015
yilda yo‘qotgandi. Toshkentning jahon kuch markazlaridan bir xil masofani
saqlash siyosati ishlamoqda. Ba'zilar bu to‘siqlarga chap berish siyosati ekanini
aytmoqda. Biroq siyosat – to‘siqlardan qochish san'atidir. Hamma gap bu senda
qanday yuz berishi va nimalarni berishida. U esa ko‘p narsa beradi: Rossiya
bilan 15,5 mlrd dollarlik sarmoyalar va savdo kelishuvlari Xitoy bilan 22 mlrd
dollarlik savdo va investitsiya kelishuvlari bilan to‘ldirildi. Bu O‘zbekiston
YaIM yarmidan ko‘p. Shu bilan birga, kimdir oldinga o‘tib ketgani, kimdadir
ko‘proq imkoniyatlar borligi haqida gapirmagan bo‘lardim. Toshkentning
strategik vazifasi – Xitoy, Rossiya va G‘arb o‘rtasida ham siyosiy, ham iqtisodiy
munosabatda muvozanatni saqlash. 
Toshkentning istalgan turdagi va
mintaqadan tashqaridan bo‘lgan xohlagan davlat tomonidan taklif etiluvchi


10
integratsion birlashmaga kirmaslik bo‘yicha qat'iy pozitsiyasini ham Pekin, ham
Moskvada tushunishmoqda. Rossiyada shuni tushunishmoqdaki, biz – Xitoy
tomonidan ilgari surilayotgan ShHT doirasida Erkin savdo zonasiga qarshimiz.
Boshqa tomondan, ham G‘arbda, ham Pekinda O‘zbekiston Rossiya tomonidan
ilgari suriluvchi intergatsiya loyihalari bo‘yicha aniq pozitsiyaga ega, -
O‘zbekiston na KXShT, na YeOIIga kirishni mo‘ljallamayapti. Rahbariyatning
bunday pozitsiyasi to‘g‘ri tushunilmoqda. 
O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri,
qandaydir ittifoqlar, alyanslar shakllari bilan cheklanmagan ikki tomonlama
aloqalarni rivojlantirish tarafdori.
Iqtisodiyotning qanday yo‘nalishlari Rossiya-O‘zbekiston hamkorligida eng
istiqbolli?
Bizda iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning ijobiy, ishonchli dinamikasi bor.
O‘zbekiston RFdan noenergetik eksport (mashinasozlik, stanoksozlik) bo‘yicha
yetakchiga aylandi.
Bu katta o‘zgarishlar, rossiyalik ishlab chiqaruvchilar 2030 yilgacha
modernizatsiya va texnik qayta jihozlanish jiddiy dasturini amalga oshirayotgan
va Rossiya texnologiya uskunalarini jiddiy xaridoriga aylanayotgan
O‘zbekiston bilan ishlashidan darak beradi. Shuningdek, Rossiyaga o‘zbek
meva-sabzavot mahsuloti eksporti ancha o‘sganini ta'kidlab o‘tmoqchiman.
Joriy yilda u minimum 2 barobarga oshadi. Hamda bu chegara emas – ijobiy
kayfiyat Rossiya bundan manfaatdor ekani bilan mustahkamlangan. Siz RJD
qandaydir davlat uchun tariflarni 50 foizga kamaytirganini
eshitganmisiz? O‘zbekiston uchun bu qilindi. Bizda Rossiya bilan tashqi
savdoda jiddiy disbalans hamda biz uni hozir o‘zgartirishimiz kerak: hozir
Rossiyadan O‘zbekistonga, O‘zbekistondan Rossiyaga qaraganda qariyb bir
milliard dollarga ko‘proq tovarlar olib kiriladi. Xitoy bilan ham shunday
vaziyat. Biz eksport-import ko‘rsatkichlarini tenglashtirishimiz, xomashyo
hajmini emas, balki boshqa mahsulot eksportini oshirishimiz kerak.

Download 141.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling