Buxoro davlat pedagogika instituti Matematika va informatika yo’nalishi 3mi-22im guruh talabasi Informatikaning nazariy asoslari fanidan «Tilga oid resurslar bilan ishlash» mavzusida tayyorlagan


Download 307.58 Kb.
bet1/2
Sana27.02.2023
Hajmi307.58 Kb.
#1235114
  1   2
Bog'liq
Ta\'limga oid resurslar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


Buxoro davlat pedagogika instituti Matematika va informatika yo’nalishi 3MI-22IM guruh talabasi Informatikaning nazariy asoslari fanidan «Tilga oid resurslar bilan ishlash» mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Ta’limda AKT vositalaridan keng foydalanish davrimizning dolzarb vazifalari qatoriga kiritilgan. Shu vazifalarni amalga oshirishda AKT’ga oid bilim va malakalar doirasini kengaytirish bilan birga, axborot-resurslarini ham son jihatidan ko‘paytirish, ham sifatini ko‘tarish, ya’ni mazmunan boyitish muhim o‘rin tutadi.Ta’lim jarayoni uchun mo‘ljallangan va multimedia-texnologiyalaridan foydalanishda asos bo‘lgan elektron axborot-resurslarining keng tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi:
• axborot-izlash va ma’lumotlar jamlangan multimedia-tizimlari;
• amaliy multimedia-ensiklopediyalari;
• o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash multimedia-vositalari;
• elektron trenajyorlar;
• matematik va imitatsion modellashtirish uchun multimedia-vositalari;
• olisdagi va virtual laboratoriyalar multimedia-vositalari;
• avtomatlashtirilgan ta’limiy tizimlar;
• elektron multimedia-darsliklari;
• ekspert ta’lim tizimlari;
• intellektual ta’lim tizimlari.
Yuqorida sanab o‘tilganlar multimedia-resurslari asosiy guruhlarining barcha imkoniyatlari ta’rifini belgilaydi. Shu bilan birga, multimedia-resurslarining har bir standart turi quyidagi ta’riflarga ham muvofiq keladi. Axborotli-izlash va ma’lumotnomali multimedia-tizimlari pedagog-o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota-onalar uchun taqdim etiladigan axborotlarni kiritish, saqlash, izlash hamda foydalanishga mo‘ljallangan. Shunday tizimlar qatoriga u yoki bu belgisiga ko‘ra materialni tashkil etish multimediali-axborotni tezkor izlashni ta’minlovchi turli gipermedia dasturlarini kiritish mumkin. Turli-tuman ma’lumotlar bazalari ham keng tarqalgan. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari multimediali-axborotni tezkor izlash va tahlil qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazalari ta’lim jarayonida o‘quv material mazmunining taqdimoti va tahlilini tashkil etish uchun foydalanilishi mumkin. Zamonaviy ta’lim jarayonida zarur axborotni izlash va tahlil etish maqsadida, mustaqil ishni amalga oshirish uchun mos keluvchi ixtisoslashgan o‘quv ma’lumotlar bazalariga ehtiyoj sezilmoqda.
Multimedia-ensiklopediyasini amaliy boshqarish tizimi axborot multimedia-resurs versiyalarini boshqarish, lug‘atlar, giperilovalarni boshqarish, ma’lumotlar formatlarini muvofiqlashtirish, terminlarini almashtirish va belgilar o‘lchamlarini moslashtirish, bir resurs versiyasi doirasida atamalar va tushunchalarni muvofiqlashtirish, modullarni qayd etish, tilga oid interfeysni sozlash va boshqa shunday funksiyalarni amalga oshiradiki, bu amaliy elektron ensiklopediyani yaratishning asosi, bilimlarni turkumlashtirish, fanlar sohasi va fanlararo munosabatlarda tushunchalarni aniqlash bo‘lib hisoblanadi. Bularning barchasi ensiklopediya bilimlarini turkumlashtirishni boshqarish tizimini tuzish asosida yotadi va mazkur multimedia-resurslari versiyasini ishlab chiqishda modullar interfeysini bir xillashtirishda foydalaniladi. Bilim darajasini baholash va nazorat qilish uchun qo‘llaniladigan multimedia-vositalari telekommunikatsiya muhitida axborot resurslarini yaratish oson bo‘lib, keng tadqim etilmoqda va ta’lim jarayonida qo‘llanilmoqda. Shundaylar qatoriga testlarni kiritish mumkin. O‘quvchi berilgan javob variantlaridan to‘g‘risini tanlab, u yoki bu mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimini namoyish etadi.
Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda ilm-fan, texnika ham shiddat bilan o’sib bormoqda. Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Xususan, ilm-fanda ham katta o’zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion pedagogik texnlogiyalardan foydalanib talabalarga yetkazib berish bugungi kundagi ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 2012 yil 13 dekabrdagi PQ 1875 –sonli qarori qabul qilingandan so’ng mamlakatimizda chet tillarni o’qitishga, o’rganishga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Yurtimizda chet tillarni o’qitilishida yangicha bosqich, yangucha davr boshlandi. Chet tili darslarining o’itilishi jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilining o’qitilishi, chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab chiqildi. Unga ko’ra umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun darsliklar yaratildi. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Chet tili o’rganishga bo’lgan talab ham kundan kunga oshib bormoqda. Chet tili fani to’rt aspectga (o’qish, yoish, tinglab tushunish va gapirish) bo’linib, ularning har biri bo’yicha alohida tushuncha va ko’nikmalar berilmoqda.
Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish va o’rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan: — kompyuterlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni, dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin; — chet tilidagi radio eshittirishlar va televideniedagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin; — ancha an’anaviy usul hisoblanadiga bun magnitafon va cassetalardan foydalanish; — CD pleyerlardan foydalanish mumkin. Bu texnik vositalardan foydalanish o’quvchilarning chet tilini o’rganishlari jarayonini qiziarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi. Globallashuv jarayonida hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. Chet tilini o’rganish va o’qitish jarayonida undan unumli foydalanishning eng samarali usullardan hisoblanadi. Internet orqali chet tilida so’zlashuvshilar bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo’ladi. E-mail orqali xat yozishish bilan yozish mashqini takomillashtirish mumkin. Ta’lim jarayoniga zamonaviy — kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan maqsadli va to’g’ri, unumli foydalanish, ular orqali o’quvchida chet tiliga bo’lgan qiziqishni orttirish, o’qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi.
Nazariy materialni o`rganishni tashkil etishda quyidagi turdagi elekctron o’quv nasrlaridan foydalanish mumkin:
•Videoma’ruza.Ma’ruza videokamera yordamida yozib olinadi.Ushbu ma’ruza turining yutuqli tomoni uni qilay vaqtda takror eshtish mumkinlgi va qiyin joylariga to’xtab ketish imkoniyatining mavjudligidir.
•Multimedia ma’ruza.Mustaqil ta’lim uchun o’rgatuvchi interaktiv dasturlar yaratilishi mumkin.Bunday o’quv qo’llanmalaridan foydalanishda har bir o’quvchi o’zi uchun qulay bo’lgan o’rganish traektoriyasini , optimal o’rganish tempini va usulini tanlashi mumkin. O’zlashtirish ko’rsatkichi ko’p jihatdan nazorat qiluvchi vositalar hisobiga ham ko’tarilishi mumkin.
•An’anaviy nashrlar: elektron ma’ruza matnlari, tayanch konspektlar, nazariy materialni o’rganish bo’yicha uslubiy qo’llanmalar va hokazo.
Zamonaviy o’quv multimedia kursi – video va audio materiallar bilan boyitilgan matnli interaktiv materialgina bo’lmay, undagi o’quv materiallari turli shakl va turli axborot tashuvchilarda joylashtirilishi kerak.Multimedia kurs ta’lim oluvchiga illyustrativ, ma’lumotli, trenajerli va nazorat qiluvchi qismlari yordamida kompleks ta’sir o’tkazish vositasi hisoblanadi. O’UMning asosini uning interaktiv qismi egallaydi.Ushbu qism faqat kompyuterda realizatsiyalanadi. Unga quyidagilar kiradi:
-elektron darslik;
- electron ma’lumotnoma;
- trenajerli majmua;
- misol va masalalar to’plami;
- electron laboratoriya praktikumi;
- kompyuterli test tizimi.
Elektron xrestomatiya – darslik mazmunini to’ldiruvchi matnlar to’plamidir. Xrestomatiya tarkibiga xujjatlar, badiiy asarlar va ulardan parchalar kiritilishi mumkin. Xrestomatiyaga kiritilgan matnlarning xususiyatlari yoritilgan metodik ko’rsatmalar o’quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ko’rsatmalar matn bilan o’quv materiali orasidagi bog’lanishni amalgaoshruvchi hamda o’quvchi-talabalarning seminar ba amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishida yo’naltiruvchi vosita hisoblanadi.

Download 307.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling