Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzulari
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- Tayanch tushunchalar
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzulari
1. Psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 2. Psixologiyani fan sifatida shakllanishi. 3. Miya va psixika. 4. Ong haqida tushuncha va uning xossalari 5. Ong va ongsizlik muammosi 6. Sharq mutafakkirlarining psixologiya fani rivojlanishiga qo‘shgan hissasi. Nazorat savollari 1. Psixologiya fanining predmeti maqsadi va vazifalarini ko‘rsatib o‘ting? 2. Psixologiya fanining shakllanish bosqichlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 3. Psixologiyaning moddiy asosi nimalar bilan belgilanadi? 4. Ong tushunchasining mohiyatini izohlang? 22 5. Insonlarda ongsizlik holati qachon ro‘y beradi? 6. Inson va hayvon psixikasi o‘rtasidagi farqlar nimalarda ko‘rinadi? SHAXS. TEMPERAMENT, XARAKTER, QOBILIYAT Shaxs haqida tushuncha. Shaxsni o‘rganishga turlicha yondashuvlar. Individ, shaxs, individuallik. Shaxs shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari. Temperament haqida tushuncha. Temperament tiplari. Xarakter haqida tushuncha. Xarakter aktsentuatsiyasi. Qobiliyat haqida tushuncha. Qobiliyat tuzilishi va turlari. Tayanch tushunchalar: shaxs, individ, individuallik, biogenetik nazariya, sotsiogenetik nazariya, temperament, xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik, xarakter, xarakter aksentuatsiyasi, qobiliyat. Shaxs haqida tushuncha. Shaxsni o‘rganishga turlicha yondashuvlar. Inson shaxsini o‘rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi fanlar shug‘ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq va gumanitar fanlarning umumiy tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. Shunga qaramasdan, bir tomondan, insonni o‘rganishda differensiatsiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining sintetik tavsifi bo‘yicha integrasiya holati ko‘zga tashlanmoqda. Inson bir qator fanlarning tadqiqot obyekti ekanligini yig‘iq tarzda tasavvur etish uchun uni biosotsial va sotsiobiologik jihatdan o‘rganish maqsadga muvofiq. Ma’lumki, inson hayoti va faoliyatining operatsional (o‘quv, operatsiya, harakat, malaka) mexanizmi uning ontogenezda funksional mexanizmga o‘sib o‘tadi, binobarin, unda komillik belgisi shakllanadi, natijada u kamolot cho‘qqisining muayyan darajasiga erishadi. Inson — jamiyat — tabiat — turmush munosabatlarini tekshirgan rus olimlari S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev, B.G.Ananyev odamning ular bilan har xil turdagi va ko‘rinishdagi kauzal, strukturaviy, funksional, fazoviy va makoniy aloqalar tizimi mavjudligini ta’kidlab o‘tganlar. Birinchidan, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik mahsuli “Homo Sapiens” sifatida o‘rganiladi. 23 Ikkinchidan, tarixiy jarayonning ham obyekti, ham subyekti tariqasida shaxs tadqiq etiladi. Uchinchidan, individ muayyan ko‘lamda o‘zgaruvchan, taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzot tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi. Insonni jamiyat ishlab chiqarishining yetakchi tarkibi, bilish, kommunikasiya va boshqaruv subyekti, tarbiya predmeti sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Shaxs tushunchasining murakkab va ko‘p qirrali bo‘lishiga qaramay mutaxassislar tomonidan shaxsga umumiy ilmiy ta’rif berishga urinib ko‘rilgan. R.S.Nemov shaxsni quyidagicha ta’riflaydi: Shaxs-bu ijtimoiy tabiatga ega, o‘z mohiyatiga ko‘ra barqaror ijtimoiy aloqa va munosabatlari, o‘zi va boshqalar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kishining axloqiy hatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan psixologik tavsiflarga ega kishidir. Shaxs — ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo‘lmish individdir. A.G.Kovalevning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham obyekti, ham subyektidir. A.N.Leontyev ushbu masalaga boshqacharoq yondashib, unga shunday ta’rif beradi: shaxs - bu faoliyat subyektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan, jamiyatda o‘z rolini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli a’zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta’rificha, shaxs bu tashqi ta’sirlar yo‘nalishini o‘zgartiruvchi ichki shart-sharoitlar majmuasidir. Shunday qilib, shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va hatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Hоzirgi kunda shaxsning kamoloti uning rivojlanishi to‘g‘risida xilma-xil nazariyalar yaratilgan bo‘lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o‘rganishda turlicha pozisiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o‘ziga xos yondashuvga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin. 24 Biogenetik nazariyaning negizida yetilish bosh omil sifatida qabul qilingan bo‘lib, qolgan jarayonlaming taraqqiyotini ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o‘zaro aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh omili biologik determinantlarga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ularning mohiyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar keltirib chiqariladi. Taraqqiyot jarayonining o‘zi biologik yetilishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi. Biоgеnеtik qоnunni F.Myullеr va E.Gеkkеl kashf qilishgan, biogenetik qonuniyat fanning taraqqiyoti nazariyani tashkil qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Ular fikricha, shaхs psiхоlоgiyasining individual rivоjlanishi (оntоgеnеz) butun insоniyatning tariхiy rivоjlanishining (filоgеnеzni) asоsiy bоsqichlarini qisqacha takrоrlaydi. Biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan bo‘lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb «rekapitulasiya qonuni»ni (filogenezni qisqacha takrorlanishini) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi (chaqalоq - faqat sut emizuvchi hayvоn, 6 оylikda maymunlar darajasiga yеtadi, 2 yoshida оddiy оdam, 5 yoshda ibtidоiy gala, maktabga kirgach ibtidоiy davr оdami darajasida, 16-18 yoshda hоzirgi zamоn kishilari darajasiga yеtadi, dеb hisоblaydilar). Insоn zоtidagi rivоjlanishi bоsqichlari filоgеnеzni aynan takrоrlamaydi. Biogenetik konsepsiyaning boshqa bir turi nemis «konstitusion psixologiyasi” (inson tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs tipologivasi negizida bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan psixologik xususiyati o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta guruhga ajratadi va uning bir boshida sikloid toifasiga xos (tez qo‘zg‘aluvchi, his-tuyg‘usi о’ta barqaror), ikkinchi uchida shizoid toifasiga (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg‘usi cheklangan) xos odamlar turishini aytadi. Bu taxminni u shaxs rivojlanishi davriga ko‘chirishga harakat qiladi, natijada o‘smirlarda sikloid xususiyatlari (o‘ta qo‘zg‘aluvchanlik, tajovuzkorlik, affektiv tabiatlilik, ilk 25 o‘spirinlarda esa shizoidlik xususiyatlari) bo‘ladi degan xulosa chiqaradi. Biogenetik nazariyaning namoyondalari amerikalik psixologlar A.Gezell, S.Xoll taraqqiyotning biologik modeliga asoslanib ish ko‘radilar va bu jarayonda muvozanat, integrasiva va yangilanish sikllari o‘zaro o‘rin almashinib turadi, degan xulosaga keladilar. Z.Frеyd esa shaхsning barcha hatti-harakatlari instinktlaridan kеlib chiqadi, dеb hisоblaydi. Albatta, biоlоgik оmillar insоn хulqini bеlgilоvchi birdan bir оmil emas. Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko‘rinishi Zigmund Freydni shaxsning barcha xatti- harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, birinchi navbatda u jinsiy maylga (libidoga) bog‘liqdir. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, “muhit” qanchalik xalaqit bermasin, haqiqiy talantlar oz‘iga yo‘l ochib oladi, ularning layoqati hatto eng noqulay tashqi sharoitda ham rivojlanishi mumkin. Biogenetik yondashuv namoyondalari tabiatni odamning rivojlanishi manbai va harakatlantiruvchi kuchi deb bilishadi. Rivojlanishning asosiy determinanti deb irsiyat e’tirof etishadi. Rivojlanish sifat jihatdan yangining paydo bo‘lishi emas, balki avval mavjud bo‘lgan layoqatlarning namoyon bo‘lishi deb qaraladi. Bu yondashuv tarafdorlari psixik rivojlanishning endogen (ichki) sabablariga ko‘proq urg‘u berishadi. Makur yondashuv tarafdorlarining asoslaridan biriga ko‘ra, I.S.Baxlar shajarasida o‘nlab musiqachilar bo‘lishgan. Ularning fikricha, bu musiqiy qobiliyatlarning bir avloddan boshqasiga o‘tishiga yaqqol misol bo‘la oladi. Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko‘rinishi sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sоtsiоgеnеtik nazariya - insоn biоlоgik tur sifatida tug‘ilib, hayotdagi ijtimоiy shart-sharоitlarning bеvоsita ta’siri оstida shaхsga aylanadi, dеb hisоblaydi. Bu yondashuvga binoan shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlar jamiyatning tuzilishi ijtimoiylashish usullari va uni qurshab turgan odamlar bilan o‘zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko‘ra inson biologik tur sifatida tug‘ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi. 26 Masalan, rоllar nazariyasi ta’limоti insоn ijtimоiy muhitda bajarishi shart bo‘lgan maхsus rоllar uning хulq-atvоrida, boshqalar bilan munоsabatida sеzilarli iz qоldiradi, dеb hisоblaydi. G‘arbiy Yevropaning eng muhim nufuzli nazariyalaridan biri bu rollar nazariyasidir. Ushbu nazariyaning mohiyatiga binoan jamiyat o‘zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakat (xulq) ning barqaror usullari majmuasini taklif qiladi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo‘lgan maxsus rollari shaxsning xulq-atvor xususiyatlarida o‘zgalar bilan munosabat muloqot o‘rnatishda sezilarli iz qoldiradi. Odam unga o‘zaro ta’sir etuvchi vaziyatlarning natijasi bo‘lib, ularga asoslanib shaxs hayotining umumiy qonuniyatlarini tahlil qilish mumkin. Bola shaxsining bog‘chada, maktabda, sport maydonchasida, oilada o‘garishi mumkinligini hech kim inkor eta olmaydi. Boshqa kishilar ta’sirida bola turli ijtimoiy rollardan nusxa ko‘chiradi, ularga taqlid qiladi. Turli madaniyat kishilarida turli urf-odat, an‘ana va xulq- atvor stereotiplarini kuzatish mumkin. Mazkur “tashqi” omillar ta’sirini tahlil qilmasdan turib insonning xulq-atvorini oldindan bilish juda qiyin. “Muhit” naariyasi namoyondalari mana shu faktlar asosida o‘z qarashlarini ifodalaydilar. AQShda keng tarqalgan nazariyalardan yana biri bu individual tajriba va bilimlarni egallash (mustaqil o‘zlashtirish) nazariyasidir. Mazkur nazariyaga binoan shaxsning hayoti va uning voqelikka nisbatan munosabati ko‘pincha ko‘nikmalarni egallash, bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘lib, uning samarasi qo‘zg‘atuvchini uzluksiz ravishda mustahkamlab borilishining mahsulidir. Bu nazariyaning tarafdorlari E.Torndayk va B.Skinnerlar hisoblanadi. K.Levin tomonidan tavsiya qilingan «fazoviy zarurat maydoni” nazariyasi psixologiya fani uchun (o‘z davrida) muhim ahamiyatni kasb etadi. K.Levinning nazariyasiga ko‘ra, individning xulqi (xatti- harakati) psixologik kuch vazifasini o‘tovchi ishtiyoq (intilish) maqsadlar bilan boshqarilib turiladi, va ular fazoviy zarurat maydonining ko‘lami va tayanch nuqtasiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Psixologiyada psixogen etik yondasbisb ham mavjud bo‘lib, u biogenetik, sotsiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotini birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Ushbu yondashuvni uchta mustaqil yo‘nalishga ajratib 27 tahlil qilish mumkin, chunki ularning har biri o‘z mohiyati, mahsuli va jarayon sifatida kechishi bilan o‘zaro tafovutlanadi. Kognitiv yo‘nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, J,Kelli va boshqalarni kiritish mumkin. J.Piajening intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo‘lib, u intellekt funksiyalari va intellekt davrlari ta’limotini o‘z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptasiya (moslashish, ko‘nikish) dan iborat bo‘lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi. Sobiq sovet psixologiyasida shaxsning rivojlanishi muammosi L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn. A.N.Leontyev, B.G.Ananyev, L.I.Bojovich singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu masala bilan shug‘ullanuvchilar safi kengayib bordi. Xuddi shu boisdan shaxsning tuzilishi, ilmiy manbai, rivojlanishning o‘ziga xosligi bo‘yicha yondashuvda muayyan darajada tafovutga ega. Hozirgi davrda shaxsning rivojlanishi yuzasidan mulohaza yuritilganda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va undan so‘ng ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiq. Ontogenezda shaxs taraqqiyotini bir necha bosqichlarga ajratish va ularning har biriga alohida ilmiy psixologik ta’rif berish nuqtai- nazaridan yondashishni quyidagi nazariya va yo‘nalishlarini ko‘rsatib berish mumkin. Jumladan, rivojlanishdagi inqirozga binoan (L.S.Vigotskiy); motivasion yondashish (L.I.Bojovich); faoliyatga ko‘ra munosabat (D.B.Elkonin); shaxsning ijtimoiylashuv xususiyatiga e’tiboran (A.V.Petrovskiy); shaxsning tutgan pozisiyasini hisobga olib (D.I.Feldshteyn) va hokazo. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling