Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
Temperament haqida tushuncha. Tevarak - atrofimizdagi hayot
faktlari va hodisalarga bir xil odamlar tez va yengillik bilan, bir xillari shoshmasdan va qiyinchilik bilan, boshqalari esa sust va befarq bo‘ladilar, yana bir xillari keskin va g‘ayratli, ayrimlari esa bir xil maromda va mulohazali bo‘ladilar. Temperament va xarakter odamning ijtimoiy munosabatlarida yaqqol namoyon bo‘ladigan individual xususiyatlardir. Temperament - lotincha “aralashma” yoki “qismlarning nisbati”, degan ma’noni bildiradi. Temperament - shaxsning hissiy qo‘zg‘aluvchanligi va umumiy harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig‘indisi. Temperament - inson faoliyatida uning asab tizimi tipining namoyon bo‘lishi. Temperament his-tuyg‘ularning paydo bo‘lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo‘ladigan individual-psixologik xususiyatlarining majmuidir. Temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlarning asosiy belgilari: 1) temperamentning ayni bir xil xususiyatlari, xuddi bir odamning o‘zida faoliyatning har xil turlarida va har turli maqsadlarda namoyon bo‘ladi; 33 2) temperamentning xususiyatlari odam hayotining butun davomida va ma’lum bir qismida barqaror va o‘zgarmasdir; 3) mazkur odamdagi temperamentning turli xususiyatlari bir - biri bilan tasodifiy birlashgan bo‘lmay, balki bir - biri bilan qonuniy bog‘langan bo‘lib, bu xususiyatlar temperament tiplarini ifodalovchi muhim tuzilmani hosil qiladi. Temperamentning xususiyatlari deganda, bir inson psixik faoliyati tezligini belgilovchi psixikaning barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda, motivlarda va maqsadlarda nisbatan o‘zgarmaydi, hamda temperament tipini ifodalovchi tuzilmani tashqil qiladi. Insonni temperamentning ma’lum bir tipiga kiritish uchun unda, avvalo, quyidagi fazilatlarning ifodalanganligiga ishonch hosil qilish kerak: faollik, emotsionallik va motorikaning o‘ziga xos xususiyatlari. Temperamentni o‘rganishda 3 xil nazariyaga asoslanadi: 1. Gumoral nazariya. Тemperament тiplari оrganizmdа mavjud bo‘lgan 4 suyuqlikdan birining ustunligiga bog‘liq: qon, shilimshiq, o‘t, qora o‘t (Gippokrat vа b.); 2. Konstitutsion nazariya. Individning psixik xususiyati tana, tananing umumiy konstruksiyasiga to‘g‘ri keladi (E.Krechmer, E.Sheldon va b.); 3. Fiziologik nazariya. Temperament nerv sistemasi tipiga bog‘liq (I.P.Pavlov, B.M.Teplov, V.D.Nebilitsin va boshqalar). Gumoral nazariya. O‘rganish tarixi davomida temperament doimo organizmning fiziologik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Temperament haqidagi bilimlarning аsoschisi qadimgi yunon medisinasining yirik vakili Gippokratdir (er.avv. V asr). Uning fikriga ko‘rа, organizmning holati аsosan «sharbat»larning, (qon, limfa, sariq o‘t vа qorа o‘t) miqdoriy nisbatiga bog‘liq. Gippokrat temperamentga sof fiziologik yondashgan. Har bir temperament nomi hukmronlik qiluvchi suyuqlikning nomiga mos keladi. Jumladan, sangvinik (sanguis — qon), flegmatik (phlegma — shilimshiq), xolerik (chole — o‘t) , melanxolik (melas chole — qorа o‘t). O‘tning xususiyati – quruqlik, vazifasi – tana a’zolarida quruqlikni saqlash, qonning xususiyati – issiqlik, vazifasi – tanani isitib turish, qora o‘tning xususiyati – namlik, vazifasi – badan 34 namligini saqlash, shilimshiqning xususiyati – sovuqlik, vazifasi – badanni sovutishdir. Er.аvv. II аsrdа Klavdiy Galen temperamentning 13 turini ajratdi, hozirgi davrda uning 4 turi аsosiy tip sifatidа keltiriladi, bular: - sangvinik, xolerik, flegmatik vа melanxolik. Аristotel оdamlarni аjratishdа qonning хususiyatlarini аsosiy o‘ringa qo‘yadi. Qonning quyuqligi uning “quruq”ligi bilan, suyuqligi esa undagi “namlik” bilan xarakterlanadi. Оrganizmda “quruqlik” yoki “namlik” ning ustun bo‘lishi uning qaysi temperament tipigа mansubligini bildiradi. Аristotel issiq va sovuq, yengil vа оg‘ir temperamentni аjratgan. Ibn Sino qarashlarining аsosini “mijoz” (аrabchа) tashkil etadi. Ushbu so‘z lotin tiliga tarjimа qilinganda temperament ma’nosini anglatadi. Iqlim temperamentga ta’sir qiladi. Iqlim temperamentni belgilaydi. Mijoz doimiy emas, u noqulay vа kasallik tug‘diruvchi оmillar tasiridа o‘zgarib turadi: tabiat sharoitlari, оb-havо, fasl, оg‘ir mehnat, to‘g‘ri оvqаtlаnmаslik vа b. Temperament yosh o‘tishi bilan o‘zgarib boradi. Ibn Sinо jismoniy vа psixik temperamentni farqlashga harakat qilgan. Rus pedagogi, аnatomi vа vrachi P.F.Lеsgаft temperament аsosidа qon аylanishi хususiyati (qоn tomirlari kengligi vа tarangligi, ularning diametri, yurakning shakli vа h.) yotadi deb yozgan edi (XIX-XX аsr). Ungа ko‘rа оrganizmning qo‘zg‘aluvchanligi individual xarateristikasi vа turli xil оmillargа javob rеаksiyalаrning davomiyligi qon aylanishi tezligigа vа kuchigа bog‘liq bo‘ladi. Konstitutsion nazariya. Nemis olimi E.Krechmer individning psixik tuzilishiga, tananing umumiy konstruksiyasiga to‘g‘ri keladi, degan tasavvurlarga asoslanadi. U ko‘plab tajribalar o‘tkazish natijasida odamlarni 4 konstitutsion tipga ajratadi: displastik, piknik, atletik, leptosomatik. Аmerikalik оlim U.Shеldon (аsrimizning 40-yillari) ham individual-psixologik xususiyatlar garmonal sistemа bilan boshqariladigan tanа хususiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq qilib qo‘ydi. Fiziologik nazariya. I.P.Pаvlоv fikriga ko‘ra, xulq-atvorning individual xususiyatlari, psixik faoliyat dinamikasi nerv sistemasi faoliyatining individual farqlariga bog‘liq. Oliy nerv faoliyati (ONF) 35 dagi individual farqlarning asosini ikki asosiy nerv jarayonlari – qo‘zg‘alish va tormozlanishning namoyon bo‘lishi va nisbiy xususiyatlari tashkil etadi. I.P.Pavlovga ko‘ra temperament ONFning 3 xil xususiyati bilan bog‘liqdir: kuch, muvozanat va harakat. Kuch – nerv sistemasining ishchanligi. Мuvozanat – qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining muvozanati. Harakat – bir jarayonning boshqasi bilan o‘rin almashish tezligi. Harakat kutilmagan va birdan o‘zgargan vaziyatga moslashishni ta’minlaydi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling