Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Qobiliyat tuzilishi va turlari. Psixologiya fanida qobiliyatlar 
quyidagicha tavsiflanadi: Tabiiy qobiliyatlarodamlar va hayvonlar 
uchun xos bo‘lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga 
kirisha olish shular jumlasidandir. Maxsus insoniy qobiliyatlar 
ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo‘lib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni 
ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z navbatida, umumiy va 
maxsus qobiliyatlarga bo‘linadi. Umumiy qobiliyatlar insonning turli 
faoliyatlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va 
nutqning rivojlanganligi, qo‘l harakatlarining aniqligi va boshqa 
xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir 
faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida 
muloqotning bo‘linishini ta’minlaydi. Amaliy qobiliyat praktik 
aqlning 
yuksak 
darajada 
rivojlanganligini, 
fahm-farosatning 
kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni o‘z ichiga oladi. Amaliy 
qobiliyatga 
konstruktiv-texnikaviy 
qobiliyat, 
boshqaruvchanlik 
qobiliyati, shu jumladan, tashkilotchilik va boshqalar kiradi. Nazariy 
va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo‘lib, nazariy 
qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon 
bo‘ladi. 
Matematik qobiliyat matematik materiallarni umumlashtirish
mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish amallarini 
kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa 
o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr yuritishning epchilligi kabilar. Adabiy 
qobiliyat nafosat hislarining yuksak taraqqiyoti darajasi xotirada 
yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonligini, “til zehni”, behisob xayolan 
ruhiyatga qiziquvchanlik, intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib 
ko‘rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko‘rinib turibdiki, matematik va 
adabiy qobiliyatlar o‘zaro bir-biriga o‘xshamagan manbalari bilan 
tafovutga egadir. 
Qobiliyatning tug‘maligini inkor qilish absolyut tabiatga ega 
emas. Psixologiyada qobiliyatning tug‘ma ekanligini tan olinmas 
ekan, bu bilan miyaning tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan differensial 
xususiyatlarning tug‘maligini inkor qilmaydi. Qobiliyat taraq-


42 
qiyotining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan miya 
tuzilishining sezgi a’zolariga va funksional xususiyatlariga layoqat 
deyiladi. Layoqat ko‘p qirralidir. Shaxs tomonidan qo‘yilgan 
talablarning tabiatiga bog‘liq ravishda aynan bir xil layoqatlar asosida 
har xil qobiliyatlar rivojlanishi mumkin. 
Layoqatlar bilan nerv jarayonlarining ayrim differensial 
xususiyatlari hamda oliy nerv faoliyatining tiplari o‘rtasida bog‘liqlik 
mavjudligi to‘g‘risida faraz ham haqiqatga yaqindir. Rus psixologi 
B.M.Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati 
tiplarining xislatlari ta’siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida 
qandaydir sifat xususiyatlari paydo bo‘lishini aniqlashga urinishgan. 
Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda xulosa qilish mumkinki, 
qobiliyat va layoqatlar tabiiy zaminga bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular 
faqat tabiatning in’omi emas, balki insoniyat tarixiy taraqqiyotining 
bebaho mahsulidir. Xuddi shu bois qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi 
shaxslar tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish davomida ijtimoiy 
shartlangan bilimlar va ko‘nikmalarni tarkib toptirishning yaqqol 
usullariga bevosita bog‘liqdir.

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling