Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzulari
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzulari
1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti. 2. Tropizm tushunchasining mohiyati 3. Hayvonlarning xatti-harakat tiplari. 4. Sensor bosqich va uning xarakterli xususiyati. 5. Perseptiv bosqich va uning xarakterli xususiyati. 6. Intellektual bosqich va uning xarakterli xususiyati. 7. Instinkt tushunchasining mazmuni. 8. Ko‘nikma va malakalarning mohiyati. 9. Psixikaning muhit va a’zolar tuzilishiga bog‘liqligi. 10. Inson ongining rivojlanishi. Nazorat savollari: 1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti nimalar bilan belgilanadi? 2. Hayvonlarning xatti-harakat tiplariga nimalar kiradi? 3. Sensor bosqich va uning xarakterli xususiyatini ko‘rsating? 4. Perseptiv bosqich va uning xarakterli xususiyatini ko‘rsating? 5. Intellektual bosqich va uning xarakterli xususiyatini ko‘rsating? 6. Psixikaning muhit va a’zolar tuzilishiga bogliqligini izohlang? 43 MULOQOT. MULOQOT-IJTIMOIY PSIXOLOGIK KATEGORIYA SIFATIDA Muloqot va nutq haqida tushuncha, muloqot turlari. Muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida ma’lumot. Shaxslararo munosabatlar va ularda muloqotning o‘rni. Muloqotning psixologik tomonlari. Tayanch tushunchalar: muloqot, nutq, verbal, noverbal, og‘zaki nutq, yozma nutq, shaxslararo munosabatlar. Muloqot va nutq haqida tushuncha, muloqot turlari. «Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir 4 . Shaxsning rivojlanishi, uning ongining shakllanishi, uning individual tajribasi umuminsoniy tajriba bilan uzviy bog‘liq. Kishilarda tilning mavjudligi tufayli ular ijtimoiy tajribani uzatadilar va o‘zlashtiradilar. Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatini o‘zlashtirish va o‘z individual ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular insonning ichiga kiradi. Shaxsning tafakkuri, olamni va o‘zining obrazini tahlil qilish hamda baholash qobiliyati muloqot jarayonida shakllanadi. Mazkur muammoga atroflicha baho bergan polshalik psixolog Ye.Melibruda quvidagilarni ta’kidlaydi: «Muloqot shaxslararo munosabatlarda biz uchun havodek ahamiyatga egadir». Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri ta’rifhi berish juda mushkul. Shuning uchun, odatda, muloqot tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ta’riflanadi. 4 Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент, 2014 г. С.-163-178. 44 A) muloqot - hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni. B) muloqot - subyektlarning belgilar tizimi orqali o‘zaro ta’sirlanishuvi. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqot ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayriboshlash o‘zaro ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida e’tirof etiladi. M.G.Davletshin muallifligida chop etilgan «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida “Muloqot - bu ikki yoki undan ortiq kishilar orasidagi affektiv baholovchi xarakterda va bilish bo‘yicha ma’lumot almashinishidan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sir etishdir»- deb ta’kidlanadi. M.G.Davletshin rahbarligida chop etilgan «Psixologiya» qisqacha izohli lug‘atida muloqotga quyidagicha ta’rif beriladi: muloqot - ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishidir. Yuqoridagi ta’riflarga muvofiq muloqotga umumiy tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin: muloqot - kamida ikki kishining o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bu ta’sir davomida axborot almashinadi, munosabat o‘rnatiladi, rivojlantiriladi. Muloqot tushunchasini kommunikasiya tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikasiya-tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot alm ashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi, bularning barchasi kommunikasiyaga misol bo‘ladi. Muloqot faqat insonlar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. Muloqotning inson hayotidagi ahamiyati beqiyosdir. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida shaxsga aylanib boradi. Muloqot orqali inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Yangi tug‘ilgan inson boshqalar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lsa, u hech qachon shaxsga aylana olmaydi, ya’ni u o‘z psixik taraqqiyoti bo‘yicha orqada qolib ketadi. Zero, inson psixik taraqqiyoti muloqotdan boshlanadi. Muloqotsiz insoniyat jamiyati bo‘lishi mumkin emas. Aynan m uloqot hamkorlikda faoliyat yurituvchi individlar jamoasini shakllantiradi. Insonning nutq faoliyati inson ongining barcha qirralari bilan bog‘liq. Nutq inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining qudratli omilidir. Nutqda alohida insonning ruhiyati 45 ifoda topadi. Nutq xususiy jihatdan alohida shaxsga xos bo‘lib, unda alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa hamma uchun bittadir. Til belgilar tizimidan iboratdir. Tilning eng muhim funktsiyalaridan biri - til ijtimoiy tarixiy tajribani berish va o‘zlashtirish vositasidir. Har bir kishining hatti-harakati va faoliyati kishilikning ijtimoiy tarixiy tajribasiga bog‘liq holda rivojlanadi. Kichkina bola dunyoni mustaqil suratda bilib olmaydi. U bilimlarning bir qismini ota-onasidan so‘rab, savollar berib o‘zlashtiradi. Boshqa bir qismini o‘zaro munosabatlarda, asosan, til yordamida o‘zlashtiradi. Yana bir qism bilimlarni maktabda, pedagoglardan o‘rganadi (til yordamida). Bilimlarning anchagina qismini kitoblardan o‘qib o‘rganadi (yana til yordamida). Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga uzatish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatlarini rejalashtirishda tildan foydalanish jarayonidir. Nutq faoliyatining yo‘nalishi har xil bo‘lishi mumkin: -yangi informatsiya berish; -aqliy masalani yechish. Til aloqa vositasi yoki quroli, nutq faoliyati esa aloqa jarayonining o‘zidir. Nutq faoliyatini turli belgilar asosida klassifikatsiya qilish mumkin.: Ixtiyoriy va ma’lum darajada faol nutq ko‘p hollarda monologik reaktiv nutq esa dialogik nutq deb ataladi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling