Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
Monologik nutq – nutqning faol, ixtiyoriy turlaridan biridir.
Monologik nutqni amalga oshirish uchun gapirayotgan odam qandaydir nutq mazmuniga ega bo‘lishi, shu mazmun asosda o‘z nutqiy mulohazasini izchil ko‘ra bilishi lozim. Boshqacha qilib aytganda notiq o‘z nutqini avvaldan bir butun holda oldindan rejalashtiradi. Monologik nutq qiyin, murakkab bo‘lganligi sababli uni maxsus ravishda tarbiyalash, shakllantirish talab qilinadi. Dialogik nutq. Nutqning bu turi vaziyatga qarab yuzaga chiqadi va kontekstual (shu vaziyatdan, oldingi aytilgan fikrning mazmuni va shakllaridan kelib chiqiladi) xarakterga egadir. Dialogik nutqning xarakteristikasi monologik nutqning xarakteristikasiga qarama-qarshi. Ichki nutq faoliyatining alohida xili hisoblanadi. Ko‘pincha ichki nutq amaliy va nazariy faoliyatni rejalashtirish fazasida vosita sifatida 46 namoyon bo‘ladi. Agar biz biron-bir qiyin masalani yechayotgan bo‘lsak uni o‘z-o‘zimiz bilan maslahat (muhokama) qilib olamiz. Tabiiyki ichki nutq chala-yarim, uzuq-yuluq, ya’ni fragmentar xarakterga ega bo‘ladi. Sababi biz o‘z fikrimizni nima haqida o‘ylab nima haqida «gapirayotganimizni» o‘zimiz juda yaxshi tushunamiz. Yozma nutq monologik nutqqa juda yaqin turadi. Shu sababli ba’zi qo‘llanmalarda uni monologik nutqning turi ham deb ko‘rsatishadi. Monologik nutqning barcha xususiyatlari yozma nutqqa ham xosdir. Yozma nutq og‘zaki monologik nutqqa nisbatan birmuncha batafsilroqdir. Chunki yozma nutq jarayonida suhbatdoshdan keluvchi teskari aloqani bo‘lmasligi. Bizdan suhbatdoshimiz biror narsani so‘ray olmaydi. Shu sababli hamma narsani batafsi, oldindan tushuntirishga, izhor qilishga harakat qilamiz. Bu jihatdan yozma nutq og‘zaki nutqqa nisbatan nihoyatda murakkab. Yozma nutqni o‘zlashtirish va uni tushunish uchun maxsus tartibda ta’lim olmoq darkor. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling