Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida ma’lumot


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida ma’lumot. 
Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib
o‘zaro ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to‘g‘ri va aniq 
anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon 
shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog‘liqdir. Birgalikdagi 
faoliyat jarayonida shaxslarning bir-birlarini to‘g‘ri tushunishlari va 
aniq idrok qilishlari muloqotning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Rus 
psixologi A.A.Bodalev boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok 
qilish 
mexanizmlarini 
aniqlash 
borasida 
qator 
psixologik 
qonuniyatlarini kuzatgan. Bunday mexanizmlarga quyidagilar kiradi: 
a) identifikatsiya; 
b) refleksiya; 
v) stereotipizatsiya 
Identifikatsiya so‘zining ma’nosi lotinchadan olingan bo‘lib, 
“tenglashtirish”, “aynan o‘xshatish”, bir kishining ikkinchi kishini 
uning 
ta’rifini 
subyektning 
o‘z ta’rifiga anglanilgan yoki 
anglanilmagan tarzda o‘xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar 
o‘zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o‘zining 
o‘rniga qo‘yib ko‘rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, 
o‘y-fikrlari, mayllari va his-tuyg‘ulari haqida taxmin qiladilar. 
Masalan, avgust 
oyi kunlaridan birida 
universitet qoshida 


47 
hayajonlangan holda kitobni varaqlayotgan abituriyentlarni uchratib 
qolgan talaba o‘zining abituriyentlik davrini eslaydi, ularning ruhiy 
holatini xayolan o‘z boshidan kechira boshlaydi. 
Refleksiya — (lotincha aks ettirish) – o‘z fikr va kechinmalarini 
tahlil qilib mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining 
suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Kishini kishi 
tomonidan idrok qilishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga 
o‘xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan 
birga o‘zini ham aks ettiradi, agar kishi o‘zi muloqotga kirishadigan 
kishilar haqida to‘liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo‘lsa, ular 
bilan behato aniqlikda o‘zaro ta’sir o‘rnatishi mumkin. Biroq subyekt 
hamma vaqt bunday aniq ma’lumotga ega emas. Shuning uchun u 
boshqalar hatti-harakatining sabablarini o‘ylab chiqishga majbur 
bo‘ladi.
Stereotipizatsiya — grekcha o‘zgarishsiz, takrorlanish degan 
ma’noni bildiradi. Stereotipizatsiya - odamlar ongida muloqotlar 
mobaynida 
shakllanib 
o‘rnashib qolgan, ko‘nikib qolingan 
obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Stereotipga mos 
ma’lum yoki taxminan ma’lum bo‘lgan voqealarni tiklash, nisbat 
berish yo‘li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini 
izohlash demakdir. Ba’zan muomala jarayonida noto‘g‘ri stereotip 
vujudga keladi. Masalan, A.A.Bodalev tomonidan o‘tkazilgan 
suhbatga ko‘ra, kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi 
stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. So‘ralgan 
72 kishining 9 tasi yuzi kvadrat ko‘rinishga ega bo‘lganlar kuchli, 
irodali, 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar 
yengilmas, bo‘ysunmas xarakterga ega. 5 kishi bo‘yi o‘rtachadan past 
kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga 
intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo axmoq yoki o‘zini 
sevuvchi kishilar bo‘ladi deb ta’kidlangan. Begona kishini idrok 
qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. 
Kishilar tashqi qiyofasi ham muhim o‘rin tutadi.
Muloqotning hayotimizdagi shakl va krinishlariga kelsak, uning 
har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, shu 
vaziyatlardan kelib chiqadigan ko‘rinishlari va turlari haqida gapirish 
mumkin. Lekin umumiy holda, har qanday muloqot yo rasmiy yoki 
norasmiy tusda bo‘ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda 


48 
bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, 
masalan, rahbarning qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, 
professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot-bu 
odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni shu 
suhbatdoshlarning 
fikrlari, 
niyat-maqsadlari 
va 
emotsional 
munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do‘stlar suhbati, poyezdda 
uzoq safarga chiqqan yo‘lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida 
talabalarning 
sport, 
moda, 
shaxsiy 
munosabatlar 
borasidagi 
munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo‘lgani uchun ham 
norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko‘proq vaqtini oladi 
va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, 
odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning 
qanchalik sergapligi, ochiq ko‘ngilligi, suhbatlashish yo‘llarini bilish, 
til topishish qobiliyati, o‘zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy 
sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. 
Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo‘lolmaydi, ayniqsa, 
pedagogik ishga hamma ham qo‘l uravermaydi, chunki buning uchun 
undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik 
talab qilinadi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling