Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- FAOLIYAT VA MOTIVATSIYA. DIQQAT
- Tayanch tushunchalar
- Faoliyat haqida tushuncha.
- Motivlar
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
1. Muloqot turlari va vazifalari. 2. Muloqotning verbal va noverbal vositalari. 3. Muloqot shaxslararo o‘zaro tasir etish. 4. Muloqot insonlarning bir-birini tushunishi. 5. Muloqot texnikasi va usullar. 6. Pedagogik faoliyatda muloqot. 7. Til va nutq tushunchalarining mazmuni. 8. Identifikasiya tushunchalarining mazmuni. 9. Refleksiya tushunchalarining mazmuni. 10. Sterotipizasiya tushunchalarining mazmuni. 11. Noverbal vositalar muloqotda qanday ahamiyatga ega. Nazorat savollari 1. Muloqot tushunchasining mohiyatini izohlang? 2. Muloqot turlarining ta’rif bering? 3. Muloqot vazifalari nimalardan iboratligining ko‘rsating? 4. Muloqotning verbal vositalariga nimalar kiradi? 5. Muloqotning noverbal vositalariga nimalar kiradi? 6. Muloqot shaxslararo o‘zaro tasir etish asosiy funksiyalari nimalardan iborat? 53 FAOLIYAT VA MOTIVATSIYA. DIQQAT Faoliyat haqida tushuncha. Faoliyat turlari. Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari. Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning nerv-fiziologik mexanizmlari. Diqqat turlari. Diqqatning xususiyatlari. Tayanch tushunchalar: faoliyat, faollik, harakat, o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqot, motiv, motivatsiya, diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz diqqat, nerv-fiziologik mexanizmlar, diqqatning ko‘lami, diqqatning taqsimlanishi, diqqatning ko‘chishi, diqqatning kuchi va barqarorligi. Faoliyat haqida tushuncha. Odam tabiati jihatidan faol mavjudotdir. U ma’lum faoliyatda bo‘lmasdan yashay olmaydi. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida: «Faoliyat - kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir» - deb ta’riflanadi. M.G.Davletshin muallifligida chop etilgan «Psixologiya» qisqacha izohli lug‘atida: «Faollik - tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak-atrofdagi muhit bilan o‘zaro ta’sirida namoyon bo‘ladi. Psixik faollik bu o‘zaro ta’sir shu asosda faollik ko‘rsatish bilan tavsiflanadi»- deya ta’riflangan. Faoliyat — kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini-oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biridir. Faqat faoliyat zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin. Inson faoliyati ma’lum aniq motivlar asosida yuzaga keladi. Faoliyatni yuzaga keltiruvchi motivlar odamning turli-tuman ehtiyojlari, qiziqishlari va maqsadlaridir. Lekin ehtiyojlar hamma vaqt ham faoliyatning motivi bo‘la olmaydi. Inson faoliyati ko‘pchilik hollarda anglangan maqsad, ijtimoiy burch, ijtimoiy talablar taqozosi bilan yuzaga keladi. Odam ko‘pchilik hollarda jamiyat talablarini o‘z oldidagi ijtimoiy burchini bajarish maqsadida biron faoliyat bilan shug‘ullanadi, faollik ko‘rsatadi va mehnat qiladi. 54 Faollik (lotincha “actus” - harakat, “activus” - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti - harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Faollik negizida paydo bo‘luvchi o‘zgacha sifatni, o‘ziga xoslikni egallagan hatti-harakatning yuksak ko‘rinishi, faqat insongagina taalluqliligi orqali u psixologiya fanida faoliyat deb nomlana boshlandi. Faoliyat faollikning shaxsga xos turi sifatida vujudga kelib, o‘zining psixologik alomatlari bilan hatti-harakatdan tafovutlanadi. Harakat - maqsadga muvofiq yo‘naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig‘indisi. Harakat ongli faoliyatlarning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir. Jadval. Faoliyatning tuzilishi 5 Adabiyotlarda faollik va harakat tushunchalari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgani bilan ular o‘rtasidagi ayrim farqli belgilar kuzatiladi. Jumladan, faoliyatning mazmuni to‘la-to‘kis uni yuzaga keltirgan tabiiy-biologik va ma’naviy ehtiyojlar bilan shartlashmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham o‘zgacha negizda qurilishi mumkin. Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixik narsa va hodisalarning xususiyati obyektiv xossalarni aks ettirishi, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlab berish lozim. 5 Ефимова Н.С. Основы общей психологии: учебник. - М.: ИД «ФОРУМ»: ИНФРА-М, 2013.-288 с. 55 Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ro‘yobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga muhtojligi, faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalash lozim. Shuning uchun faoliyatni bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo‘r berishsiz amalga oshirish juda mushkul. Aynan ikkala omil o‘zaro uzviy aloqaga kirgandagina yaratuvchanlik xususiyati kasb etadi. Inson faolligining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatning mazmuni ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o‘zi bilan belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag‘batlantirib tursa, faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi. Faoliyatning tuzilishi: Motivlar – insonni u yoki bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishga undaydigan ichki qo‘zg‘atuvchi kuch; Usul va yo‘llar – faoliyat maqsaiga erishish uchun insonning qiladigan harakati. Faoliyat natijasiga erishish usul va yo‘llari bir yoki bir necha operatsiyalardan iborat bo‘lishi mumkin; Maqsadlar – inson uchun ahamiyatli bo‘lgan predmet, hodisalar, vazifalar, obyektlar va muvaffaqiyat. Maqsad inson uchun uchun ahamiyatlilik darajasidan va ijtimoiy hayotida qanday rol o‘ynashidan kelib chiqib, uzoq va yaqin, shaxsiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Natija – bu insonning faoliyati jarayonida erishgani, natijalari uning maqsadlari bilan mos kelmasligi mumkin. Inson o‘z faoliyatining natijalari va ahamiyatini, ular orqali esa o‘zini baholaydi. Ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish mexanizmi eksteriorizatsiya va Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling