Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Diqqatning xususiyatlari. Odamning diqqati bir qancha 
xususiyatlariga ega bo‘lib, ularning har biri ma’lum ma’noga ega. 
Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o‘z diqqatini biror narsa 
yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga 
aytiladi.
Diqqatning bo‘linuvchanligi. Diqqatning bo‘linishi deganda, biz 
ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratilishini 
tushunamiz. Agar diqqatimiz faqat bitta narsaga qaratilgan bo‘lsa, 
ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to‘plangan bo‘lsa, buni 
konsentratsiyalashgan (to‘plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksi 
esa, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan 
bo‘lsa, buni bo‘lingan (taqsimlangan) diqqat deb yuritiladi. 
Diqqatning bo‘linishi har kimda har xil bo‘ladi. Buning sababi 
shundaki, diqqatning yengillik bilan bo‘linishi diqqatimiz qaratilgan 
narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bog‘liqdir. 
Diqqatning ko‘chuvchanligi. Odamning diqqati har doim bir 
narsadan ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatdan boshqa bir faoliyatga 
ko‘chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning 
ko‘chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ana shu yuqorida ko‘rib 


66 
o‘tgan asosiy xususiyatlari odamning (shu jumladan, bolalarning ham) 
barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir. 
Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, 
undagi turli-tuman o‘zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu 
asosiy xususiyatlari odamga tug‘ma ravishda, ya’ni irsiy yo‘l bilan 
berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog‘idan boshlab turli 
faoliyatlar - o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib 
topib boradi. 
Diqqatning ko‘lami. Odamlar o‘z diqqatlarining ko‘lami jihatidan 
ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ayrim odamlar diqqatining ko‘lami 
keng bo‘lsa, boshqa bir odamlar diqqatining ko‘lami torroq bo‘ladi. 
Diqqatning ko‘lami ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig‘ishi 
mumkin bo‘lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, idrok qilish jarayonida diqqatimiz qaratilgan narsalardan 
qanchasini ongimizga sig‘dira olishimiz diqqatning ko‘lamini tashkil 
etadi. Diqqatning ko‘lami odatda taxistoskop degan maxsus asbob 
bilan belgilanadi. Diqqat ko‘lamining keng bo‘lishi odamning turmush 
tajribasi va mashq bilan bog‘liqdir. 
Diqqatning barqarorligi bu diqqatni muayyan maqsadga 
bo‘ysindirilgan faoliyatda uzoq vaqt markazlashtirib turilishidir. 
Diqqatning barqarorligi ishda umumiy maqsadga intiluvchanlik 
saqlangan holda obyektlar va faoliyat xarakterining almashinib 
turishini talab qiladi. Diqqat barqarorligini yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 
barcha shartlarga rioya qilish o‘quvchilarning o‘quv ishlari jarayonida 
chalg‘ishlarini bartaraf qilish uchun juda muhimdir. Chalg‘ish – 
diqqatning barqarorligiga qarama-qarshi bo‘lgan holatdir. Bu 
diqqatning zarur faoliyatdan ixtiyorsiz ravishda chetga og‘ishi 
demakdir. Diqqatning barqarorligini uning ko‘chuvchanligini va 
turlicha tebranishi bilan birgalikda o‘rganish va tarbiyalash lozim. 
Diqqatning ko‘chishi bu faoliyat maqsadining o‘zgarishi bilan 
diqqatning bir obyektidan ikkinchisiga o‘tishi demakdir. Masalan, 
dars davomida o‘quvchilar o‘qituvchining tushuntirishini eshitib turib, 
asta-sekin diqqatlarini masalani yechishga bir o‘quvchi masalasini 
yechib turib, boshqasiga ko‘chiradilar va hokazo. Diqqatning 
ko‘chuvchanligi va chalg‘ishini uning beqarorligi bilan chalkashtirish 
mumkin emas. Bir necha minut davomida diqqat bilan soatning 
chiqirlashini eshiting yoki tomir urishini sanab ko‘ring, biroz vaqtdan 


67 
keyin diqqatiningiz bir necha chiqirlashni tushurib qoldiradi, ya’ni 
tebrana boshlaydi. Diqqatning tebranishi bu diqqatning muayyan 
obyektga yana qaytishi yoki kuchayishiga bog‘liq holda vaqt-vaqti 
bilan qisqa muddatli chalg‘ishi yoki bo‘shashidir.
Diqqatning ko‘lami — bir davrning o‘zida diqqat tomonidan 
qamrab olinishi mumkin bo‘lgan obyektlarning miqdori. 
Diqqatning ko‘chuvchanligi — faoliyat jarayonida diqqatning 
ongli ravishda bir obyektdan ikkinchi obyektga ko‘chirilishi. 
Diqqatning ko‘chuvchanligi har qanday faoliyatda, ayniqsa, pult 
boshqaruvidagi alohida ahamiyatga egadir. 
Diqqatning taqsimlanishi — diqqatning bir vaqtning o‘zida bir 
qancha obyektlarga qaratilishidan iborat xususiyati. Diqqatning 
taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga oshirishda alohida 
ahamiyatga egadir. Masalan: haydovchining, o‘qituvchining ish 
jarayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir. 
Diqqatning barqarorligi — diqqatning o‘z obyektiga kuchli 
yo‘naltirilishi va faol to‘planishidan iborat ijobiy xususiyati. 
Parishonlik — diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmaslikdan 
iborat salbiy xususiyat. Parishonlik vaqtincha holat bo‘lishi ham, 
shaxsning nisbatan barqaror xislati bo‘lishi ham mumkin. 
Parishonlikning ikki turi mavjud bo‘lib, biri diqqatni umuman hech 
narsaga qarata olmaslik bo‘lsa, ikkinchisi diqqatning muayyan obyekt 
ustiga kuchli to‘plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. 
Parishonlik psixopatologik sabablarga ko‘ra kelib chiqishi ham 
mumkin. 
Kasbga xos diqqat ma’lum bir kasbga ko‘p yil ishlash natijasida 
shu kasbning talablari va obyektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib 
topgan diqqat turi, Masalan, chorrahada ko‘cha harakatini 
boshqaruvchining diqqati bilan mikroskop yordamida ilmiy kuzatish 
olib boradigan olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut qiladi. 
Birinchisi diqqatning taqsimlanishini, ikkinchisi esa markazlashuv 
xususiyatlarini talab qiladi. 
Diqqat chalg‘ishi — ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning 
bir obyektdan boshqa bir obyektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishidan 
iborat salbiy xususiyati. 
Diqqatning hajmi — diqqatning bir vaqtning o‘zida qamrab olishi 
mumkin bo‘lgan mustaqil obyektlar miqdori bilan belgilanadigan 


68 
xususiyati. Diqqatning hajmi eksperimental sharoitda 2—6 mustaqil 
obyektga tengdir. Diqqatning obyektlari o‘rtasida qancha lik yaqin 
bog‘lanishlar mavjud bo‘lsa, uning hajmi shunchalik keng bo‘ladi va 
aksincha. 
Diqqat obyekti — ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda 
yo‘naltirilgan va faol to‘plangan narsa yoki hodisa. Diqqat obyekti 
faqat obyektiv narsalar emas, balki subyektiv hodisalar, o‘z his-
tuyg‘ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa 
shu kabilar ham bo‘lishi mumkin. 
Diqqat insonga tug‘ma ravishda berilmaydi, u bolani yoshligidan 
boshlab turli ta’sirlar natijasida rivojlanadi.

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling