Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular 
1. Faoliyat haqida tushuncha. 
2. Faoliyatning tuzilishi. 
3. A.N.Leontyev bo‘yicha faoliyat tuzilishi. 
4. Faollik va faoliyat tushunchalarining mazmuni. 
5. Inson faoliyati va hayvonlarning xatti-harakati o‘rtasidagi farq. 
6. Ko‘nikma va malaka tushunchalarining mazmuni. 
7. Odat tushunchasining mazmuni. 
8. Faoliyatni o‘zlashtirish bosqichlari. 
9. Diqqatning psixologik asosi haqida qisqacha xulosa.
10. Diqqatni tarbiyalash bo‘yicha amaliy tavsiyalar. 
 
Nazorat savollari 
1. Faoliyat tushunchasining mohiyatini izohlang? 
2. Faoliyatning tuzilishi xususida nimalarni bilasiz? 
3. Faoliyatning interorizasiyasi va ekstrorizasiyasi tushunchasining 
mohiyatini izohlang? 
4. Faoliyatning o‘zlashtirilishi va malakalarni egallashni mohiyati 
nimalar bilan belgilanadi? 
5. Faoliyatning asosiy turlarini ko‘rsating? 
6. A.N.Leontyev bo‘yicha faoliyat tuzilishining mohiyatini izohlang? 
 
 
 


69 
SEZGI VA IDROK 
Sezgi haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik 
asoslari.
Sezgining umumiy qonuniyatlari va turlari.
Idrok haqida umumiy tushuncha. Idrokning nerv-fiziologik 
asosi.
Idrokning turlari. Idrok xususiyatlari
Tayanch tushunchalar: sezgi, interiorizatsiya, eksteriorizatsiya, 
propriorizatsiya, idrok, fazoni idrok qilish, harakatni idrok qilish, 
vaqtni idrok qilish, predmetliligi, idrokning konstantligi. 
Sezgi haqida umumiy tushuncha. Sezgining fiziologik
asoslari.  
Sezgi deb atrofdagi narsa va hodisalarning sezgi a’zolariga 
bevosita 
ta’sir 
etishi 
natijasida 
ularning 
ayrim 
belgi 
va 
xususiyatlarining miyada aks ettirilishiga aytiladi. Odamning tashqi 
dunyoni idrok qilishi sezgidan boshlanadi. Shuning uchun sezgilar o‘z 
mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimlari uchun asos va manba 
hisoblanadi. Odam sezgilarisiz tashqi dunyo predmetlari va 
voqealarini bilish imkoniyatlaridan mahrum bo‘lgan bo‘lur edi. 
Chunki idrok, xotira, tasavvur, tafakkur va xayol kabi ruhiy jarayonlar 
sezgilar tufayligina hosil bo‘ladi. 
Sezgi eng oddiy, biroq shu bilan birga, juda muhim psixik
jarayondir. Bu barcha bilimlarimizning dastlabki manbaidir. 
Atrofdagi dunyoni bilish sezgidan boshlanadi. Sezish – oddiy psixik 
jarayon bo‘lib, moddiy qo‘zg‘atuvchilarning tegishli retseptorlarga 
bevosita ta’sir etishi yo‘li bilan moddiy dunyodagi narsa va 
hodisalarning alohida xususiyatlarini va shuning bilan birga, organizm 
ichki holatining aks ettirilishidan iboratdir. Sezgilar o‘z mohiyati 
jihatidan bir muncha sodda psixik jarayon bo‘lishiga qaramay barcha 
bilimlarimizning asosi va manbai hisoblanadi. Chunki narsa va 
hodisalarni aks ettirishning ko‘pchilik qismi sezishdan boshlanadi. 
Agar sezgilarimiz bo‘lmaganda, tevarak-atrofni narsa va hodisalarni 
aks ettirishdan, ularni bilishdan mahrum bo‘lgan bo‘lardik. Sezgi 
a’zolariga ta’sir etib, sezgini vujudga keltiradigan har bir narsa
qo‘zg‘ovchi deb ataladi. Uning ta’siri esa qo‘zg‘alish deb yuritiladi. 


70 
Sezgi jarayoni quyidagicha ro‘y beradi. 1) narsa yoki hodisalar 
sezgi a’zolariga (retseptorga) ta’sir etib, tegishli sezuvchi nervning 
chekka periferik uchlarini qo‘zg‘aydi. 
2) shu yerda kelib chiqqan qo‘zg‘alish o‘sha nervning o‘tkazuvchi 
yo‘li orqali bosh miya po‘stining tegishli markaziy hujayralar 
sistemasiga o‘tadi. 
3) bu yerda nerv qo‘zg‘alishi psixik hodisaga, ya’ni sezgiga 
aylanadi. 
Har bir sezgi odatda xush yoki noxush tuyg‘ular bilan bog‘langan 
bo‘ladi. Bu sezgining hissiy yoki emotsional toni deb ataladi. 
Masalan, shirin narsa kishiga huzur beradi, taxir, bemaza narsa kishini 
behuzur qiladi. Sezgi moddiy dunyoni bilishning birinchi bosqichidir. 
Sezgilar to‘g‘risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning 
xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi 
hisoblanib, sezgilarning o‘zi esa tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilarning 
sezgi a’zolariga ta’sir etishining mahsulidir. Ma’lumotlarning 
ko‘rsatishicha, sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, voqelikning 
haqqoniy tasvirini in’ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday 
ko‘rinishga, 
shaklga, 
xususiyatga 
ega 
bo‘lsa, 
ular 
xuddi 
shundayligicha hech o‘zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga 
egadir. 
Sezgilarning qanday qilib yuzaga kelishi, ya’ni ularning nerv-
fiziologik asoslari mashhur rus fiziologi akademik I.P.Pavlovning 
analizatorlar haqidagi ta’limotida atroflicha ochib berilgan. Akademik 
I.P.Pavlov biron narsa yoki hodisaning ta’sirini bevosita aks ettirish 
apparatlarini analizatorlar deb ataydi. Sezgilarning nerv-fiziologik 
asoslarida analizatorlar ishidan iborat bo‘lgan organizmning reflektor, 
ya’ni aks ettirish faoliyati yotadi. Analizatorlarning asosiy vazifalari 
organizmga ta’sir etayotgan turli qo‘zg‘atuvchilarni ayrim bo‘laklarga 
ajratish, ularni bir-biridan farqlash, ya’ni analiz qilishdan iboratdir. 
Odamning sezgilar orqali tashqi dunyo voqea-hodisalarini bilishi 
quyidagi uch bosqichdan iborat: 
1. Tashqi dunyodagi predmetlar va voqea-hodisalar sezgi 
a’zolariga (retseptorga) ta’sir etadi. Bu ta’sir tegishli nervlarni 
harakatga keltiradi, natijada qo‘zg‘alish vujudga keladi.
2. Bu qo‘zg‘alish maxsus nervlar yordamida bosh miyaga 
yetkaziladi.


71 
3. Bosh miya po‘stining markaziy hujayralar sistemasida sezish 
holati yuz beradi.
Ana shu uch bosqichdan iborat bo‘lgan sezuvchi nerv apparati 
akademik I.P.Pavlov ta’limotida analizator deb aytiladi. Biror predmet 
yoki voqea-hodisaning ta’sirini bevosita aks ettiruvchi apparat 
analizator hisoblanadi. Bu jihatdan har bir sezgi a’zosi o‘ziga xos 
analizatordir. Masalan, ko‘z – ko‘rish analizatori, quloq – eshitish 
analizatori, burun – hid bilish analizatori deb yuritiladi. Odam 
organizmidagi har bir sezgi a’zosi (ko‘z, quloq, burun va h.k.) narsa 
va hodisalarni analiz qilib (qismlarga parchalab), bosh miyaga 
o‘tkazadi. Shuning uchun ularni analizator-analiz qiluvchi deb 
aytiladi.
Yuqori darajada taraqqiy etgan odam miyasida tashqi muhitdan 
qabul qilib olinadigan barcha taassurotlarni nozik analiz qiluvchi 
murakkab nerv mexanizmi analizator hisoblanadi. I.P.Pavlov fikricha, 
analizator tashqi dunyo ta’sirotlarining murakkabligini ayrim 
elementlarga parchalab yuborish vazifasini bajaruvchi asbobdir.
Insonning hayoti va faoliyatida ko‘rish sezgilarining benihoya roli 
katta. Teri sezgilari narsalarning mexanik va psixik xossalari terining 
sirt qismiga ta’sir etishi natijasida paydo bo‘ladi, bu qo‘zg‘alish 
terining orqa markaziy burmalar atrofida joylashgan analizatorning 
po‘st qismiga o‘tkaziladi.
Teri sezgisi og‘riq sezgilariga, harorat sezgilariga va taktil 
sezgilarga bo‘linadi. Og‘riq sezgilari juda xilma-xil qo‘zg‘atgichlar 
(issiqlik, mexanik va kimyoviy qo‘zg‘atgichlar) tomonidan, ular 
organizmning tirik to‘qimalarini buza boshlashi bilanoq paydo bo‘la 
boshlaydi. Bu sezgilar himoyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, shu ma’noda 
ular juda muhim rol o‘ynaydi.
Harorat (issiqlik) sezgilari issiq va sovuqni sezishdan iborat. Issiq 
yoki sovuqni sezishning alohida-alohida nerv uchlari bo‘ladi. Ular 
terining turli qismlarida notekis joylashgan. Masalan, qo‘limiz 
terisidan orqamizdagiga qaraganda harorat nuqtalarining soni kamroq. 
Orqaning issiq-sovuqqa ortiq darajadagi sezgirligi mana shu bilan 
izohlanadi. Taktil sezgilarning retseptorlari ham terining yuza 
qatlamida joylashgan nerv uchlaridir. Ular qo‘l barmoqlarining uchida 
va tilda eng zich joylashgan bo‘ladi. Taktil sezgilarga biron narsaning 
tekkanini, bosimni va tebranishni sezishlar kiradi.


72 
Hid bilish sezgilari moddalar hidining tegishli nerv ichlari 
joylashgan burun shilliq pardasiga ta’sir etishi natijasida hosil bo‘ladi. 
Hid bilish sezgilari ta’m sezgilari bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. 
Ovqatning hidi uning ta’mi bilan qo‘shilib ketadi. Ichki sezgilarga 
ochlik, to‘qlik, tashnalik, ko‘ngil aynishi va boshqalarni sezish kiradi. 
Ular organik sezgilar deb ataladi. Organik sezgilarning retseptorlari 
ichki organlarda joylashgan bo‘lib, ular qo‘zg‘alganda nerv 
impulslarini bosh miya qobig‘ining tegishli bo‘limlariga yetkazadi. 
Chunki guruhga muvozanat va harakat sezgilari kiradi.
Muvozanat sezgilari tananing fazodagi holati haqida signal 
beradi. Bu sezgilarning retseptori ichki quloqning dahlizi va yarim 
doira shaklidagi kanallaridan tuzilgan. Vestibulyar apparat bo‘lib, 
qo‘zg‘alish bu apparatdan bosh miya po‘stining chakka qismiga 
uzatiladi. Bu analizator buzilsa, kishi fazoda muvozanat saqlay 
olmaydi. Harakat sezgilari harakat organlarida sodir bo‘luvchi 
jarayonlar tufayli ro‘y beradi. 
Ularning retseptorlari mushaklarning ichida hamda paylarda
joylashgan nerv uchlaridir. Harakatlanish jarayonida mushak va 
paylarning qisqarishi va bo‘shashi bu nerv uchlarida qo‘zg‘alish 
hosil qiladi. Bu qo‘zg‘alish oldingi markaziy burmalarning oldingi 
bo‘lmasida joylashgan po‘st qismiga uzatiladi. Bu sezgilar inson 
hayoti va faoliyatida juda muhim rol o‘ynaydi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling