Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Sotsiometriya metodi. Bu metod kichik guruh a’zolari 
o‘rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularning 
darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog 
J.Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi 
har bir a’zoning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning qaysi 
faoliyatida, kim bilan qatnashishi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar 
matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor 
ko‘rsatgichlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari 
to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi.


21 
Umuman aytganda, sotsiometriya metodidan turli yoshdagi, 
kasbdagi, jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi psixologik 
qouninyatlar, mexanizmlar va yondashuvlarni tadqiq etishda unumli 
foydalansa bo‘ladi.
Modellashtirish metodi yordami bilan tadqiqot obyektiga kirgan 
shaxs psixikasiga aloqador barcha o‘zgarishlar, o‘ziga xoslik, o‘zaro 
bog‘liqlik va o‘zaro ta’sir, izchillik, uyg‘unlik o‘rtasida “gorizontal” 
yo‘nalishdagi munosabat o‘rganiladi. Jumladan, boshqa odamlar 
nutqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining 
bir davrda birga qatnashishi bunga yorqin misoldir. Mazkur jarayonda 
har qaysi bilish jarayonining ulushi donalanadi yoki uning ahamiyati 
alohida ta’kidalandi, ularning o‘zaro bog‘liqligi asoslab berildi.
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya 
sohasida qo‘llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har 
bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to‘plangan 
ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga 
yordam beradi. 
Modellashtirish metodi kuzatish, so‘roq, eksperiment yoki boshqa 
usullar 
yordamida 
o‘rganilayotgan hodisaning tub mohiyati 
ochilmagan sharoitlarda qo‘llaniladi. Bunda o‘sha hodisaning umumiy 
xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o‘sha model asosida 
tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling