Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH
Taqrizchilar: Halimov E.Z. – Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Muxtorov E.M. – Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent ISBN: 978-9943-9017-9-8 Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan nashr etishga ruxsat berilgan © “KAMOLOT” nashriyoti © Baxriyeva Nargiza Axmadovna 3 KIRISH Respublikamizdagi uzluksiz ta’lim tizimi strategiyasi, taraqqiyoti, xalqimizning boy ma’naviy merosi va umuminsoniy qadriyatlari, madaniyat, iqtisod va fan-texnikalarda erishilgan yutuqlari negizida barcha davlat tuzilmalari va jamiyat tashkilotlari oldiga oliy pedagogik maktablar, shuningdek, psixologiya fanlarining ham pedagogik kadrlar tayyorlash tizimi va ta’lim islohotlarini hayotga tadbiq etishni jonlantiruvchi asosiy vazifalarini belgilab bergan. Aynan mazkur masalalarni keng doirada tadbiq qilish zamon talablariga javob bera oladigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyor- lashdan iboratdir. Albatta, buning uchun insonlar psixologiyasini bilish, ularda kechadigan psixologik o‘zgarishlarni anglagan holda yondashishni talab qilmoqda. Bu jarayonda o‘z navbatida psixologik bilimlarga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishini ko‘rishimiz mumkin. Chunki insonlar haqidagi bilimlarni qo‘lga kiritish uchun, avvalo, psixologik bilimlardan xabardor bo‘lish lozim. Shu bois yozilgan darslik shaxs psixologiyasiga doir dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarni tushuncha va tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi. Har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalash, ularga ta’lim berish ishlarini o‘qituvchilar amalga oshiradilar. Shuning uchun bo‘lg‘usi psixologlar hozirgi pedagogika oliy o‘quv yurti talabalari umumiy psixologiya, yosh davrlar psixologiyasi, pedagogik psixologiya fanlarini chuqur bilishlari maqsadga muvofiq. Umumiy psixologiya fanidan yozilgan darslik mazkur masalalarni o‘zida qamrab oladi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling