Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzulari


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzulari 
1. 
Psixikaning filogenetik taraqqiyoti. 
2. 
Tropizm tushunchasining mohiyati 
3. 
Hayvonlarning xatti-harakat tiplari. 
4. 
Sensor bosqich va uning xarakterli xususiyati. 
5. 
Perseptiv bosqich va uning xarakterli xususiyati. 
6. 
Intellektual bosqich va uning xarakterli xususiyati. 
7. 
Instinkt tushunchasining mazmuni. 
8. 
Ko‘nikma va malakalarning mohiyati. 
9. 
Psixikaning muhit va a’zolar tuzilishiga bog‘liqligi. 
10. 
Inson ongining rivojlanishi. 
 
Nazorat savollari: 
1. 
Psixikaning filogenetik taraqqiyoti nimalar bilan belgilanadi? 
2. 
Hayvonlarning xatti-harakat tiplariga nimalar kiradi? 
3. 
Sensor bosqich va uning xarakterli xususiyatini ko‘rsating? 
4. 
Perseptiv bosqich va uning xarakterli xususiyatini ko‘rsating? 
5. 
Intellektual bosqich va uning xarakterli xususiyatini ko‘rsating? 
6. 
Psixikaning muhit va a’zolar tuzilishiga bogliqligini izohlang? 
 
 


43 
MULOQOT. MULOQOT-IJTIMOIY PSIXOLOGIK 
KATEGORIYA SIFATIDA 
Muloqot va nutq haqida tushuncha, muloqot turlari.
Muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida ma’lumot.
Shaxslararo munosabatlar va ularda muloqotning o‘rni.
Muloqotning psixologik tomonlari. 
Tayanch tushunchalar: muloqot, nutq, verbal, noverbal, og‘zaki 
nutq, yozma nutq, shaxslararo munosabatlar. 
 
Muloqot va nutq haqida tushuncha, muloqot turlari. 
«Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki 
yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash 
xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro 
ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki muloqot – odamlar o‘rtasida 
hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot 
almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa 
odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni 
o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu 
«muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir
4
.
Shaxsning rivojlanishi, uning ongining shakllanishi, uning 
individual tajribasi umuminsoniy tajriba bilan uzviy bog‘liq. 
Kishilarda tilning mavjudligi tufayli ular ijtimoiy tajribani uzatadilar 
va o‘zlashtiradilar. 
Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan 
muloqot yordamida insonlar tabiatini o‘zlashtirish va o‘z individual 
ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga 
ega bo‘ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan 
obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular insonning ichiga 
kiradi. Shaxsning tafakkuri, olamni va o‘zining obrazini tahlil qilish 
hamda baholash qobiliyati muloqot jarayonida shakllanadi. Mazkur 
muammoga atroflicha baho bergan polshalik psixolog Ye.Melibruda 
quvidagilarni ta’kidlaydi: «Muloqot shaxslararo munosabatlarda biz 
uchun havodek ahamiyatga egadir». Muloqot o‘ta murakkab jarayon 
bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri ta’rifhi berish juda mushkul. 
Shuning uchun, odatda, muloqot tushunchasining mazmuni uning 
ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ta’riflanadi.
4
Югай A.X., Mираширова Н.A. “Oбщaя психология” – Taшкент, 2014 г. С.-163-178. 


44 
A) muloqot - hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan 
aloqa o‘rnatish va uni rivojlantirish jarayoni.
B) muloqot - subyektlarning belgilar tizimi orqali o‘zaro 
ta’sirlanishuvi.
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» 
darsligida muloqot ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot 
ayriboshlash o‘zaro ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon 
sifatida e’tirof etiladi. M.G.Davletshin muallifligida chop etilgan 
«Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida “Muloqot - bu ikki yoki 
undan ortiq kishilar orasidagi affektiv baholovchi xarakterda va bilish 
bo‘yicha ma’lumot almashinishidan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sir 
etishdir»- deb ta’kidlanadi.
M.G.Davletshin rahbarligida chop etilgan «Psixologiya» qisqacha 
izohli lug‘atida muloqotga quyidagicha ta’rif beriladi: muloqot - ikki 
yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishidir. 
Yuqoridagi 
ta’riflarga 
muvofiq 
muloqotga 
umumiy 
tarzda 
quyidagicha ta’rif berish mumkin: muloqot - kamida ikki kishining 
o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bu ta’sir davomida axborot almashinadi, 
munosabat o‘rnatiladi, rivojlantiriladi.
Muloqot tushunchasini kommunikasiya tushunchasidan farqlash 
lozim. Kommunikasiya-tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida 
axborot alm ashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar 
almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi, bularning 
barchasi kommunikasiyaga misol bo‘ladi. Muloqot faqat insonlar 
o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. Muloqotning inson hayotidagi 
ahamiyati beqiyosdir. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, 
munosabatda bo‘lish jarayonida shaxsga aylanib boradi. Muloqot 
orqali inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Yangi 
tug‘ilgan inson boshqalar bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatidan 
mahrum bo‘lsa, u hech qachon shaxsga aylana olmaydi, ya’ni u o‘z 
psixik taraqqiyoti bo‘yicha orqada qolib ketadi. Zero, inson psixik 
taraqqiyoti muloqotdan boshlanadi. Muloqotsiz insoniyat jamiyati 
bo‘lishi mumkin emas. Aynan m uloqot hamkorlikda faoliyat 
yurituvchi individlar jamoasini shakllantiradi.
Insonning nutq faoliyati inson ongining barcha qirralari bilan 
bog‘liq. 
Nutq 
inson 
psixik 
kamolotining, 
shaxs 
sifatida 
shakllanishining qudratli omilidir. Nutqda alohida insonning ruhiyati 


45 
ifoda topadi. Nutq xususiy jihatdan alohida shaxsga xos bo‘lib, unda 
alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa hamma 
uchun bittadir. Til belgilar tizimidan iboratdir. Tilning eng muhim 
funktsiyalaridan biri - til ijtimoiy tarixiy tajribani berish va 
o‘zlashtirish vositasidir. Har bir kishining hatti-harakati va faoliyati 
kishilikning ijtimoiy tarixiy tajribasiga bog‘liq holda rivojlanadi. 
Kichkina bola dunyoni mustaqil suratda bilib olmaydi. U bilimlarning 
bir qismini ota-onasidan so‘rab, savollar berib o‘zlashtiradi. Boshqa 
bir qismini o‘zaro munosabatlarda, asosan, til yordamida o‘zlashtiradi. 
Yana bir qism bilimlarni maktabda, pedagoglardan o‘rganadi (til 
yordamida). Bilimlarning anchagina qismini kitoblardan o‘qib 
o‘rganadi (yana til yordamida).
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani 
o‘zlashtirish va avlodlarga uzatish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z 
harakatlarini rejalashtirishda tildan foydalanish jarayonidir. 
Nutq faoliyatining yo‘nalishi har xil bo‘lishi mumkin: 
-yangi informatsiya berish; 
-aqliy masalani yechish. 
Til aloqa vositasi yoki quroli, nutq faoliyati esa aloqa 
jarayonining o‘zidir. 
Nutq faoliyatini turli belgilar asosida klassifikatsiya qilish 
mumkin.: 
Ixtiyoriy va ma’lum darajada faol nutq ko‘p hollarda monologik 
reaktiv nutq esa dialogik nutq deb ataladi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling