Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida ma’lumot
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
Muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida ma’lumot.
Muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to‘g‘ri va aniq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog‘liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida shaxslarning bir-birlarini to‘g‘ri tushunishlari va aniq idrok qilishlari muloqotning samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Rus psixologi A.A.Bodalev boshchiligidagi laboratoriya bir-birlarini idrok qilish mexanizmlarini aniqlash borasida qator psixologik qonuniyatlarini kuzatgan. Bunday mexanizmlarga quyidagilar kiradi: a) identifikatsiya; b) refleksiya; v) stereotipizatsiya Identifikatsiya so‘zining ma’nosi lotinchadan olingan bo‘lib, “tenglashtirish”, “aynan o‘xshatish”, bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifini subyektning o‘z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o‘xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o‘zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o‘zining o‘rniga qo‘yib ko‘rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o‘y-fikrlari, mayllari va his-tuyg‘ulari haqida taxmin qiladilar. Masalan, avgust oyi kunlaridan birida universitet qoshida 47 hayajonlangan holda kitobni varaqlayotgan abituriyentlarni uchratib qolgan talaba o‘zining abituriyentlik davrini eslaydi, ularning ruhiy holatini xayolan o‘z boshidan kechira boshlaydi. Refleksiya — (lotincha aks ettirish) – o‘z fikr va kechinmalarini tahlil qilib mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdosh uni qanday idrok etayotganligini anglash. Kishini kishi tomonidan idrok qilishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o‘xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o‘zini ham aks ettiradi, agar kishi o‘zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida to‘liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo‘lsa, ular bilan behato aniqlikda o‘zaro ta’sir o‘rnatishi mumkin. Biroq subyekt hamma vaqt bunday aniq ma’lumotga ega emas. Shuning uchun u boshqalar hatti-harakatining sabablarini o‘ylab chiqishga majbur bo‘ladi. Stereotipizatsiya — grekcha o‘zgarishsiz, takrorlanish degan ma’noni bildiradi. Stereotipizatsiya - odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o‘rnashib qolgan, ko‘nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Stereotipga mos ma’lum yoki taxminan ma’lum bo‘lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo‘li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash demakdir. Ba’zan muomala jarayonida noto‘g‘ri stereotip vujudga keladi. Masalan, A.A.Bodalev tomonidan o‘tkazilgan suhbatga ko‘ra, kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. So‘ralgan 72 kishining 9 tasi yuzi kvadrat ko‘rinishga ega bo‘lganlar kuchli, irodali, 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar yengilmas, bo‘ysunmas xarakterga ega. 5 kishi bo‘yi o‘rtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo axmoq yoki o‘zini sevuvchi kishilar bo‘ladi deb ta’kidlangan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi ham muhim o‘rin tutadi. Muloqotning hayotimizdagi shakl va krinishlariga kelsak, uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, shu vaziyatlardan kelib chiqadigan ko‘rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda, har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo‘ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda 48 bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot-bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni shu suhbatdoshlarning fikrlari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do‘stlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo‘lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo‘lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko‘proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko‘ngilligi, suhbatlashish yo‘llarini bilish, til topishish qobiliyati, o‘zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo‘lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo‘l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling