Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

Muloqotning psixologik tomonlari. Psixologiyada muloqotning 
3 ta tomoni ajratiladi: 
Kommunikativ, interaktiv, perseptiv. 
Muloqotning kommunikativ tomoni deyilganda, uning shaxslararo 
axborotlar, bilimlar, g‘oyalar, fikrlar almashinuvi jarayoni sifatidagi 
vazifalari nazarda tutiladi, ya’ni oddiyroq aytiladigan bo‘lsa, 
muloqotga kirishuvchilar o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi 
jarayonidir.
Bu jarayonning asosiy vositasi bo‘lib til xizmat qiladi. Til 
shaxslar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lib, uning yordamida kishilar 
bilgan ma’lumotlari va hokazolarni bir-birlariga yetkazadilar. Til 
vositasida olib boriladigan muloqot verbal, ya’ni so‘zli deyiladi. 
Odamlar muloqot jarayonida so‘zlardan tashqari, ya’ni verbal 
vositalardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan holatlardan, 
kulgu, ohanglar va boshqalardan ham foydalanadilar. Qiliqlar, 
mimika, ohanglar, to‘xtashlar (pauza), hissiy holatlar, kulgu, yig‘i, 
ko‘z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o‘zaro muloqotning nutqsiz 
vositalari bo‘lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni 
to‘ldiradi, ba’zan esa nutqli muloqotning o‘rnini bosadi, bunday 
vositalarni noverbal vositalar deyiladi. 
Muloqotning interaktiv tomoni. Ma’lumki, kishining hatti-
harakati va faoliyati, ko‘pincha, ijtimoiy qimmatga ega bo‘lmagan 
o‘zga kishilarning bevosita tajribalari bilan ham belgilanadi. Agar 
biror kishi boshqasiga magazin yoki oshxonaning ishlamayotganligi 
haqida xabar bersa, u o‘z hatti-harakatini o‘zgartiradi. Boshqa 


51 
magazin yoki oshxonaga borishi mumkin. Bu yerda berilayotgan 
ma’lumot kishining hatti-harakatini boshqarmoqda. Bu muloqotning 
interaktsiya yoki suhbatdoshga ta’sir ko‘rsatish, kishining hatti-
harakatini boshqarish sifatidagi tomonidir. 
Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda hududiy 
xususiyatlari borligini ham alohida ta’kidlab o‘tmoq lozim. Masalan, 
o‘zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o‘zaro munosabatlarining 
bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko‘proq ishlatilishi 
bilan bog‘liq. Bolalarning o‘z yig‘isi bilan onasiga o‘z his-
kechinmalari hamda xohishlarini bildirishlari ham bolalarning yosh 
xususiyatlariga bog‘liq. Boshqa millatlar madaniyatiga nazar 
tashlanadigan bo‘lsa, ularda ham ba’zi bir muloqot vositalarining turli 
millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi bo‘lish mumkin. 
Bolgarlar agar biron narsa bo‘yicha fikrni tasdiqlamoqchi bo‘lishsa, 
boshlarini u yoq-bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi bo‘lsa, 
aksincha, bosh siltashar ekan. Ma’lumki, o‘zbeklar, ruslar va bir qator 
boshqa millatlarda buning aksi. 
Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham 
katta ahamiyatga ega. Masalan, ayollar ko‘proq hissiyotlarga boy 
bo‘lganliklari sababli, suhbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin 
turib gaplashadilar, erkaklar o‘rtasida esa doimo fazoviy masofa 
bo‘ladi.
Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni 
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland 
yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, 
to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan 
harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do‘stimiz bizga 
biror narsani va’da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada 
samimiyligini bilib olamiz.
Muloqotning pertseptiv tomoni kishining kishi tomonidan idrok 
qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilarni tushunib 
olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo‘ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini 
aniqroq belgilab oladi. 
Muloqot ishtirokchilari o‘z ongida bir-birlarining ichki dunyosini 
qayta tiklashga, his-tuyg‘ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab 
yetishga harakat qiladi. Shaxsga boshqa odamlarning faqat tashqi 
qiyofasi, ularning fe’l-atvori va hatti-harakatlari, ular qo‘llanadigan 


52 
kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va ana shu 
ma’lumotlarga tayangan holda o‘zi bilan muloqotga kirishgan 
odamlarning kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, niyatlari 
kabilar haqida xulosa chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga 
to‘g‘ri keladi. Taniqli psixolog S.L.Rubinshteyn shunday deb yozgan 
edi: “Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz 
ularning xulq-atvoriga qarab mo‘ljal olamiz. Negaki, biz ularning 
tashqi ma’lumotlari mohiyatini guyo “o‘qib”, ya’ni “mag‘zini chaqib” 
chiqamiz, shu yo‘sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud 
bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz. Bunday o‘qish naridan beri tez yuz 
beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan 
darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal 
qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo‘ladi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling