Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/149
Sana14.11.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1773283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
Umumiy psixologiya

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA RIVOJLANISH 
TARIXI. PSIXOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI 
Umumiy psixologiya predmeti va vazifalari.
Psixologiya va ilmiy texnik taraqqiyot.
Umumiy psixologiyaning tarmoqlari.
Umumiy psixologiyaning tadqiqot metodlari.
Tayanch tushunchalar: umumiy psixologiya, maqsad, vazifa, 
predmet, obyekt, metod, kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, foliyat 
mahsulini tahlil qilish, sotsiometriya. 
Umumiy psixologiya predmeti va vazifalari. “Psixologiya” 
atamasi ikki qadimgi yunoncha so‘zdan iborat bo‘lib, “psyche” – ruh, 
“logos” – fan, ta’limot, ya’ni psixologiya – “ruh haqidagi fan” degan 
ma’nolarni anglatadi. 
“Psixologiya” so‘zining o‘zi X asr adabiyotlarida uchrasada, lekin 
ruh haqidagi fanning belgisi sifatida nemis faylasufi X.Volf 
tomonidan faqat XVIII asrda kiritilgan (“Ratsional psixologiya” va 
“Empirik psixologiya” kitoblarida). Psixologiya XIX asr oʻrtalarida 
mustaqil fan sifatida vujudga kelgan nisbatan yangi bilim sohasi 
bo‘lib hisoblanadi. Bu zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot 
talablariga javob beradi dinamik va istiqbolli soha hisoblanib, u 
odamlar va ularning psixikasini rivojlantirishni nazarda tutadi. 
Zamonaviy ilm-fan “ruh” so‘zini “psixika” atamasining sinonimi 
sifatida ishlatadi. 
Psixologiya – inson psixikasi va ongining paydo bo‘lishi, 
rivojlanishi va faoliyati qonuniyatlarini haqidagi fan. 
O‘z navbatida, psixika – odamlarga va hayvonlarga 
predmetlarning harakati va bizni o‘rab turgan real dunyo hodisalarini 
aks ettirish qobiliyatini ta’minlaydigan inson miyasining xususiyatidir. 
Ong – inson psixikasining oliy shakli hisoblanib, ijtimoiy va tarixiy 
taraqqiyot mahsulidir.
Psixologiya tarixida quyidagi asosiy bosqichlarni ajratib 
ko‘rsatish mumkin: 
• ruh haqidagi ta’limot doirasida psixik hodisalar haqidagi 
g‘oyalarni rivojlantirish (antik davrdan XVII asrgacha); 
• falsafiy ta’limotda psixika haqidagi g‘oyalarning rivojlanishi 
(XVII asr boshi – XIX asr o‘rtalari); 



• psixologiya tizimida mustaqil fan sifatida psixologik 
bilimlarning rivojlanishi (XIX asr oʻrtalaridan hozirgi kungacha)
1

Zamonaviy psixologiyani o‘rganish predmeti – psixik jarayonlar, 
psixik holatlar, shaxsning psixik xususiyatlari (jadval). 
Jadval. Zamonaviy psixologiyani o‘rganish predmeti 
Psixik jarayonlar ruhiy hayotning uch asosiy tomonlarini o‘z 
ichiga oladi: bilish, hissiyot va iroda. Bilish jarayonlariga quyidagilar 
kiradi: sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayol; bilish jarayonlari 
bizga dunyoni va o‘zimizni anglashimizga imkon beradi. Hissiyot, 
emotsiya insonga o‘z hayotidagi sodir bo‘ladigan voqealarga, atrof-
muhit hodisalariga nisbatan munosabat kechinmalarini aks ettirishga 
yordam beradi. Iroda xulq regulyasiyasini ta’minlaydi. 
Shaxsning psixik holatlari - uning ajralmas ko‘rinishlari bo‘lib, 
insonning faolligi darajasini tavsiflovchi umumiy ichki kayfiyatni aks 
ettiradi. Bularga, masalan: qiziquvchanlik, xotirjamlik, chalg‘itish, 
passivlik, ishonch va boshqalar kiradi. 
Shaxsning psixik xususiyatlari - uning barqaror psixik 
xususiyatlari: yo‘nalganlik, motivatsiya, temperament, xarakter, 
qobiliyatdir. 
Shaxs ruhiy hayotining barcha jabhalarining birligi uning 
faoliyatida – xulqi va uni o‘rab turgan muhit bilan birgalikdagi 
harakatining asosida namoyon bo‘ladi. Uning asosiy turlari: muloqot, 
1
Ефимова Н.С. Основы общей психологии:учебник/Н.С.Ефимова. -М.: ИД «ФОРУМ»: ИНФРА-М, 
2013.-288 с. 



o‘yin, o‘qish va mehnat. Faoliyatda shaxsning asosiy xususiyatlari 
shakllanadi, uning qobiliyatlari rivojlanadi. 
Shunday qilib, psixologiya - voqelikni aks ettirishning o‘ziga 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling