Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
Diqqatning turlari.
Psixologiyada uch xil diqqat turi farq qiladi. Ulardan biri ixtiyorsiz diqqat bo‘lsa, ikkinchisi - ixtiyoriy diqqat, uchinchisi – ixtiyoriydan keyingi diqqatdir. Diqqat turlari Yuzaga kelish sharoitlari Asosiy xarakteristikasi Mexanizmlari Ixtiyorsiz Kuchli, qarama- qarshi yoki muhim qo‘zg‘atuvchining harakati Vujudga kelish va almashtirishning qulayligi Oriyentir refleksi Ixtiyoriy Vazifani bajarish (qabul qilish). Vazifaga muvofiq yo‘nalganlik. Iroda kuchini talab qiladi, charchatadi Ikkinchi signallar sistemasining yetakchiligi Ixtiyoriydan keyingi Faoliyatga qiziqish Maqsadga yo‘nalganlikning saqlanishi, keskinlikning yo‘qolishi Muayyan faoliyat jarayonida yuzaga keladigan dominanta, qiziqish Jadval. Diqqat turlari va ularning qiyosiy tahlili 64 Ixtiyorsiz diqqat deb to‘satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning xohishimizdan tashqari hosil bo‘ladigan diqqatga aytiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqatning nerv- fiziologik asosini oriyentirovka yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi. Ixtiyoriy diqqat deb, oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-fiziologik asosida miya yarim sharlarining po‘stida vujudga keladigan optimal qo‘zg‘alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g‘oyat kattadir. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi. Ixtiyoriydan keyingi diqqat avval ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirilib, keyin uning ixtiyorsizga aylanishiga aytiladi. Masalan, o‘quvchi asar o‘qishni ixtiyoriy (“majburiy”) boshladi, voqealar rivoji jonlangandan keyin uni o‘qishga ixtiyorsiz ravishda berilish diqqatning uchinchi turiga misol bo‘ladi. Ixtiyoriydan keyingi diqqatni ixtiyorsiz diqqat bilan almashtirib bo‘lmaydi. Chunki ixtiyoriydan keyingi diqqat ongli suratda ko‘zlangan maqsadlar bilan bog‘liq bo‘ladi va ongli qiziqishlar qo‘llab turiladi. Ikkinchi tomondan ixtiyoriydan keyingi diqqat sof ixtiyoriy diqqatga o‘xshamaydi, chunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat paytida irodaviy zo‘r berish deyarli bo‘lmaydi. Shuning uchun diqqatning bu maxsus turi ixtiyorsiz diqqatga nisbatan sifat jihatidan farq qiladi. Diqqatni turlarga bo‘lish hissiyot yoki irodaning ustunligiga asoslanadi. Shu sababli, ba’zan diqqatning bu turlari irodaviy va emotsional diqqat deb ham ataladi. Ta’lim jarayonida ham umumiy mehnat faoliyatidagi singari, ixtiyoriy diqqat hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Diqqatning bu turi ixtiyorsiz diqqatdan, birinchidan, ko‘zlagan maqsadi bilan farq qiladi, ya’ni u kishining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchidan, undan uyushqoqlikni talab etadi, bu avvaldan diqqatni to‘plashga tayyorgarlikda, shuningdek, e’tiborining to‘planish jarayonini boshqara bilishda ifodalanadigan uyushqoqlikdir. Uchinchidan, 65 irodaviy diqqatga diqqatni jalb qilish va saqlash jarayonida zo‘r berish bilan bog‘liq bo‘lgan kuch sarflash xos. Nihoyat, to‘rtinchidan, u faoliyat jarayonidagi o‘ta barqarorligi bilan farq qiladi. Shuning uchun uni irodaviy diqqat deyiladi. Faoliyat jarayonida, ko‘pincha, diqqatning ixtiyorsiz ravishda asosiy ishdan bo‘lak narsalarga ko‘chib turishi uchraydi. Bunday hodisani diqqatning chalg‘ishi deb ataladi. Ixtiyorsiz diqqatni ham va ixtiyoriy diqqat ham o‘zining yo‘nalishiga ko‘ra tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Manbai bizning ongimizdan tashqarida bo‘lgan diqqatga tashqi diqqat deb ataladi. Tashqi diqqat dastavval bizning idroklarimiz jarayonida namoyon bo‘ladi. Haydovchi, vagon haydovchisi, tikuvchining ishida sodir bo‘ladigan diqqat tashqi diqqatga misol bo‘la oladi. Manbai bizning tasavvurlarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz va mayllarimizdan iborat bo‘lgan diqqatga ichki diqqat deb ataladi. Biz ongimizning o‘zida sodir bo‘layotgan jarayonlarni kuzatayotganimizda, ya’ni o‘z hissiyotlarimizni, fikrlarimizni, istaklarimizni va shuning kabilarni kuzatayotganimizda ichki diqqat namoyon bo‘ladi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling