8
xizmat qiladi. Zamonaviy psixologiya fani psixikaning yuqori
darajada tashkil etilgan materiyaning maxsus xususiyat sifatidagi,
obyektiv voqelikni psixik hodisalar shaklida aks ettirishga qodir
bo‘lgan keng tarmoqli bilim sohasi hisoblanadi.
Ilmiy psixologiya
fundamental va amaliyga bo‘linadi (jadval).
Fundamental psixologiya
Amaliy psixologiya
Umumiy psixologiya
Shaxs psixologiyasi
Differensial psixologiya
Psixofiziologiya
Neyropsixologiya
Ijtimoiy psixologiya
Yosh psixologiysi
Maxsus psixologiya
Zoopsixologiya
Qiyosiy psixologiya
Pedagogik psixologiya
Klinik psixologiya
Yuridik psixologiya
Savdo psixologiyasi
Siyosiy psixologiya
Din psixologiyasi
Sport psixologiyasi
Mehnat psixologiyasi
Harbiy psixologiya
Kosmik psixologiya
Jadval. Zamonaviy psixologiyaning tarmoqlari
2
Fundamental psixologiya insonlarga (yoki hayvonlarga) xos
bo‘lgan psixik hodisalar, ruhiy hayotning barcha bo‘g‘inlarida o‘z
o‘rni bo‘lgan umumiy psixologik qonuniyatlarni o‘rganadi.
Amaliy psixologiya insonning aniq kasbiy faoliyatiga xos bo‘lgan
umumiy psixologik muammolarni tadqiq etadi.
Yosh psixologiyasi – bu
fan insonning yoshiga qarab
psixikasining rivojlanib borish xususiyatlari va qonuniyatlarini
o‘rganadi, inson tug‘ilganidan, toki qarilik yoshigacha bo‘lgan har bir
bosqichida psixik tuzilishning o‘ziga xos xususiyatlarini, inson
ongining turli yoshga qarab rivojlanishini belgilab beruvchi omillarni
aniqlaydi.
Bu o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
a) bolalar
psixologiyasi;
b) o‘smirlar psixologiyasi;
c) yoshlar psixologiyasi;
2
Ефимова Н.С. Основы общей психологии: учебник / Н.С.Ефимова. -М.: ИД «ФОРУМ»: ИНФРА-М,
2013.-288 с.
9
d) katta kishilar psixologiyasi;
e) gerantopsixologiya (qariyalar psixologiyasi).
Do'stlaringiz bilan baham: