Buxoro davlat pedagogika instituti n. A. Baxriyeva umumiy psixologiya
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiyot psixologiyasi
- Sport psixologiyasi
- Umumiy psixologiyaning tadqiqot metodlari.
Savdo psixologiyasi – jamiyatdagi - tijoratning psixologik shart-
sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan, modalar psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarni o‘rganadi; Tibbiyot psixologiyasi bemorning xulq-atvori va vrach faoliyatining psixologik tomonlarini o‘rganadi. Yuridik psixologiya huquq sistemasini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik masalalarni qarab chiqadi. Bu fan ham o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi: 1) Neyropsixologiya — bu bosh miya nervlari faoliyati asosida vujudga keladigan psixologik holatlarni o‘rganadi. 2) Psixofarmakologiya — bu turli dorilarning inson psixik faoliyatiga ta’sirini o ‘rganadi. 3) Psixoterapiya — bu kasallarni davolashda psixologik ta’sir qilishdan foydalanish yo‘llarini o ‘rganadi. Sport psixologiyasi – sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlarini, ularni psixologik jihatdan tayyorlashning shart-sharoitlari va vositalarini, sportchilarning qanchalik mashq qilganliklari va o‘zlarini safarbar qilishga qanchalik tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi psixologik parametrlarni (ulchovlarni), musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik faktorlarni qarab chiqadi. Ijtimoiy psixologiyaning predmeti jamoada odamlarning o‘zaro munosabatlari jarayonida yuzaga keladigan psixik hodisalarni o‘rganishdan iborat. Umumiy psixologiyaning tadqiqot metodlari. Har qanday fan agarda u, bir tomondan, olimlar tomonidan ko‘rsatilgan nazariy g‘oyalar, ikkinchi tomondan, yetarli darajada obyektiv, ushbu g‘oyalarni tekshirishga imkon beradigan aniq va ishonchli metodlar yordamida bosqichma-bosqich rivojlanadi. Psixologiyada chinakam ilmiy bilimga ega bo‘lmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak. Har bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim. 11 Har bir fan kabi psixologiya ham psixik (ruhiy) hayot hodisalarini chinakamiga ilmiy asosda bilib olish uchun quyidagi talablarga amal qilish lozim: Tekshiriladigan har bir psixik hodisaga boshqa hodisalar bilan bog‘langan deb qaralishi zarur. Har bir psixik hodisa va umuman shaxs vujudga kelish, taraqqiy etish va o‘zgarish jarayonida ko‘zdan kechirilishi zarur. Psixik hayot hodisalarini ularni taraqqiyot jarayonidan o‘rganganda miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishini va bir sifat holatining ikkinchi sifat holatiga o‘tishini ko‘zdan kechirmoq kerak. Quyida psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari tahlilini keltiramiz: Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling