Buxoro davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Download 1.96 Mb.
bet33/126
Sana14.05.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1460772
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126
Bog'liq
UP SirtQI 12 s(3)

Xayol turlari
Xayol o‘zining aktivligi va faolligi bilan xarakterlanadi. Shuning bilan birga xayol jarayoni faqat atrofdagi olamni o‘zgartirishga qaratilgan shaxs ijodiy faoliyatining sharti sifatida foydalanishi mumkin va foydalanadi. Fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amlaga oshmaydigan va ko‘pincha amalga oshirib bo‘lmaydigan ish harakat programmalarini belgilaydi. Xayolning bunday formasi passiv xayol deb ataladi. Odam passiv xayolni ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirishi mumkin: ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirilgan, lekin hayotda gavdalantirishga qaratilgan, iroda bilan bog‘liq bo‘lmagan xayolning mana shunday obrazlari shirin xayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yokimli, qiziqarli narsalar xakida shirin xayol surish xamma odamlarga xosdir.
Passiv xayol ixtiyorsiz ravishda xam yuzaga kelishi mumkin. Bunday ixityorsiz ravishda yuzaga keladigan passiv xayol asosan ong faoliyatining, ikkinchi signal susayishida, odamning vaqtincha xarkatsizlik xolatida, uykusirash xolatida, affekt xolatida, uykuda tush ko‘rishda, ongning kasallikka uchrab buzilishida (gallyutsinatsiyada) va shu kabilarda sodir bo‘ladi. Agar passiv xayolning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlariga bulish mumkin bo‘lsa aktiv xayolni ijodiy va qayta tiklovchi xayoli turlariga bulish mumkin bo‘ladi. Uz asosida yozilganlarga muvofik keladigan obrazlar sistemasini yaratuvchi xayol qayta tiklovchi xayol deb ataladi.
Ijodiy xayol qayta tiklovchi xayoldan fark qilgan xolda orginal va kimmatli moddiy maxsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarning yaratilishi takoza qiladi. Tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyorsix va ixtiyoriy xayol - xayol turlari jumlasidan bo‘lib, ular bir-biridan fark qiladi. Tasavvur xayoli deb, xozir yoki utmishda aslida bo‘lgan mavjud bo‘lsa xam, lekin bizning tajribamizda xali uchramagan va biz idrok kilmagan narsa va xodisalar tugrisida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo‘lgan xayol turini aytamiz. Ijodiy xayol deb, bizning tajribamizda bo‘lmagan va voqelikning uzida xam uchramagan narsa va xodisalar xakida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo‘lgan xayol turiga aytiladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, tasavvur xayoli bilan ijodiy xayol urtasidagi fark faqat nisbiy farkdir. Ijodiy xayol jarayonida bo‘lgan kabi, tasavvur xayol jarayonida xam ob’ektlarni obrazlari yaratiladi, yangidan ijod kilinadi. Xayolning bu ikki turi xam aslda ijodiy jarayondir. Orzular va shirin xayol surilishlar ijodiy xayolning aloxida turlardir.
Orzu – ijodiy xayolning tilakdagi kelajakka qaratilgan faoliyatidir. Orzu qilish – kunglimizga yokadigan istikbol obrazlarini yaratish demakdir.
Shirin xayol surish – muayyan bir narsaga qaratilmagan – muayyan bir sistemaga ega bo‘lmagan xayol jarayonidir. Shirin xayolga botgan vaqtda turli obrazlar kuz ungidan birin-ketin betartib uta beradi. Bu tasavvurlar jarayonini tafakkur tartibiga solmaydi. Orzularda bo‘lgani kabi, shirin xayol surishda xam, asosan, uzimiz xush ko‘rgan obrazlar paydo bo‘ladi. Shu sababli, ko‘pincha, shirin xayol surish odamga xuzur baxsh etadi.
Bizninng tush ko‘rishimiz xam ixtiyorsiz xayol faoliyatidir. Odatda, kishi kattik uxlamagan vaqtida tush kuradi; uyku vaqtida, garchi zaif xolda bo‘lsa xam, xar xolda, tugiladigan sezgilar, kishi organizmining xolati va extiyojlari, shuningdek, kishi bedor yo‘rgan chogida tuygusida kechirgan xissiyotlar, uyku vaqtida beixtiyor paydo bo‘ladigan tasavvurlar odamning tush ko‘rishiga sabab bo‘ladi. Ijodiy faoliyatga xamma vaqt fantaziya kushilgan bo‘ladi. Birok xamma vaqt xam odamning amaliy harakatlarida xayol jarayonlari xamma vaqt darxol amalga osha bermaydi. Ko‘pincha xayol jarayonlari odam amalga oshirishni istaydigan obrazlar shakliga ya’ni aloxida ichki faoliyat shakliga kirib oladi. Mana shunday kelajakda odam xoxlaydigan obrazlar orzu deb ataladi.
Sxematizatsiya fenomeni xayolot (fantaziya) obrazlarini yaratish imkoniyati mavjud vositalardan biri hisoblanib, u borliqsagi narsa va hodisalarning u yoki bu alomatlari hamda sifatlarini ta’kidlashdan, shuningdek, ularga butun diqqate’tiborni markazlashtirishdan iborat psixik jarayondir. Xuddi shu usul, yo‘l, vosita yordami bilan muayyan yaqqol insonlarga mo‘ljallangan o‘rtoqlik hazillari (sharji fransuzcha sag^e so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘rttirish degan ma’noni anglatadi) va achchiq, ayanchli, kulgili tasvirlar (karikatura italyancha «sapsaShga» qayta mujassamlashuv degan ma’noni anglatadi. Mazkur jarayonda xayolot (fantaziya) tasvirlarida yuzaga keladigan tasavvurlar o‘zaro birlashib ketishi natijasida tafovutlar qariyb yo‘qrladi, o‘xshashlik alomatlari esa birlamchi voqelikka aylanadi, qolaversa, ushbu holat sxematizatsiyalashni ro‘yobga chiqishiga qulay negiz hozirlaydi. Masalan, bunga konstruktorning qushlar olamidan andoza olib, yangi qurilmalar yaratishi, modeldan haqiqiy asbob ishlab chiqishi; rassom tabiat mo‘jizalarining matoga tushirishi yaqqol misoldir.
Tipizatsiya fenomeni yordami bilan xayolda tasavvurlar sintezi ro‘yobga chiqishi mumkin. Odatda, badiiy adabiyotda tipizatsiya yoki tipiklashtirishdan keng ko‘lamda foydalaniladi xamda uning yordamida ba’zi bir jabhalari bilan o‘zaro o‘xshash, hatto mutanosib narsa va hodisalarda aks etuvchi muhim belgilari ajratib olinadi hamda ular yaqqol obrazlarda mujassamlashtiriladi. Ijodiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi bir talay assotsiatsiyalar orqali paydo bo‘ladi, lekin ularning qayta tiklanishi xotira jarayonlarida uchraydigan tiklanish yoki jonlanishdan tafovutlanadi. Ijodiy ilhomlari hisoblanmish ehtiyojlar va motivlarga assotsiyalar jarayonida o‘zlashtirilgan yo‘nalish bo‘ysunadi.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling