Buxoro davlat pedagogika instituti ro‘yхаtga olindi: №2023- yil “ ” “tаsdiqlаymаn”


Download 3.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/77
Sana03.11.2023
Hajmi3.18 Mb.
#1743266
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77
Bog'liq
Atmosfera fizikasi majmua 20.10.2023

ATMOSFERA FRONTLARI — meteorologik elementlari har xil boʻlgan 
ikki havo massasini 
ajratuvchi 
zonalar. 
Atmosfera 
frontlarida meteorologik 
elementlar gorizontal yoʻnalishda keskin oʻzgaradi. Yer yuzasiga yaqin qatlamda oʻtish 
zonasining eni, odatda, 100 km dan oshmaydi. Atmosfera frontlari yer sirtiga nisbatan 
qiya yoʻnalib, salqin havo zichroq boʻlganligi uchun iliq havo ostiga pona shaklida 
kiradi, Yerga nisbatan juda yotiq, deyarli gorizontal joylashgan. Ajratuvchi zonaning 
gorizontal yoʻnalishdagi kengligi bir necha yuz km boʻlsa, bunday zona front zonasi 
deb ataladi. Atmosfera frontlari qancha tez xarakat qilsa, meteorologik elementlar 
shuncha 
keskin 
oʻzgaradi. 
Shuning 
uchun 
Atmosfera 
frontlarida 
kuchli vertikal oqimlarni, turli bulutlar shaklini, yogʻinlarni, xullas, ob-havoning keskin 
oʻzgarishlarini kuzatish mumkin. 
Atmosferaning 
umumiy 
sirkulyatsiyasidagi 
ahamiyatiga qarab, Atmosfera frontlarini arktik, qutb havosi orasidagi arktik, qutbiy va 
tropik hamda ekvatorial havo orasidagi tropik xillarga ajratish mumkin. Baʼzi vaqnlarda 
keng gorizontal havo massalari ichida ikkinchi darajali front ham hosil boʻladi. Front 
salqin havo tomonga harakatlansa, salqin front deb yuritiladi. Odatda, salqin front iliq 
frontga qaraganda tezroq harakatlanadi. Shu sababli, baʼzan, salqin front iliq frontga 
yetib olib, qoʻshilib ketadi. Bunday Atmosfera frontlari okklyuziya fronti deb yuritiladi. 
Iliq havo salqin front boʻylab yuqoriga koʻtarilsa, anafront, pastga qarab yoʻnalsa, 
katafront deyiladi. 
Odatda, Oʻrta Osiyoda salqin frontlarning oʻtishi ob-havoning keskin oʻzgarishlari 
(yomgʻir, 
qor, 
haroratning 
pasayishi, 
kuchli shamol)ga 
olib 
keladi, 
Jala, momaqaldiroq va b. tingach, salqin front chizigʻidan keyin ob-havo ochilib ketadi. 
Iliq front oʻtganda esa ob-havoda keskin oʻzgarishlar yuz bermaydi, kamdan-kam 
hollarda yogʻingarchilik boʻladi. 
Chaqmoq — atmosferada yuz beradigan uchqunli elektr razryadi. Bulutlar bilan 
bulutlar orasida yoki bulutlar bilan yer orasida hosil bo‘ladi. Chaqmoq hosil qiluvchi 
momaqaldiroq bulutining elektr zaryadlari 10—100 Kl bo‘lib, unga sabab elektr 
zaryadlarining birbiriga taʼsirlashuvidir. Chaqmoq chaqqanda atrof bir zum yorishib 
ketadi. Uzunligi bir necha km, diametri bir necha o‘n sm, davomiyligi sekundning 
o‘nlarcha ulushiga teng, tok kuchi 100 kA gacha bo‘lishi mumkin. Bunday chizikli 
chaqmoq bilan birga baʼzan sharsimon chaqmoq ham chaqadi. Chaqmoq, asosan, bahor 
va yoz fasllarida kuzatiladi. Momaqaldiroq bilan birga yuz beradi. 

Download 3.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling