115
savatcha beriladi. Tarbiyachi unga har uch barmoq oralig‘idan keyin
kir qistirg‘ichni savatcha chetiga terib chiqishni taklif qiladi. Bola
topshiriqni mustaqil bajaradi.
Izoh: kichkintoy yozish malakasiga ega bo‘lishi
uchun avval
unda mayda qo‘l motorikasi rivojlangan bo‘lishi lozim. Ya’ni, u
qalam yoki ruchka ushlaganda yengil va oson bo‘lishi kerak. Mashqni
ko‘p marotaba takrorlash bolada barmoqlarni yaxshi harakatlantirish
hamda o‘ng va chap qo‘lni farqlashga o‘rgatadi. Kuzatish jarayonida
uning o‘ng yoki chapaqay ekanligi ham aniqlab olinadi.
Tarbiyachi
bolaning ikkala qo‘lda ishlashini nazorat qilishi kerak.
2-mashq. “Rangli tomchilar” (2-5 yoshli bolalar uchun).
Maqsad: bolalarda mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish.
Barmoqlar harakatini mustahkamlash. Diqqatni jamlashga o‘rgatish
hamda qo‘llarni yozishga tayyorlash.
Kerakli jihozlar: patnosda 12 katakchali suv muzlatgich idishi
qo‘yiladi. Har to‘rt
katakchaning ustiga qizil, ko‘k va sariq rang
belgisi qo‘yiladi. Patnosda uch xil rangli stakanda suv qo‘yiladi.
(Suvga qizil, sariq, ko‘k rangda iste’mol bo‘yog‘i solib rang beriladi).
Har
bir
stakanda
suv
tomizgich
(pipetka)
turadi.
Mashq-ning borishi: bolalar stakandagi
rangli suvdan pipetka
yordamida suv olib, rangiga mos muzlatkich idishiga tomizadi. Asta-
sekin suv muzlatkich katakchalari rangiga mos suv bilan to‘ldiriladi.
Izoh: bu mashq orqali nafaqat bolada barmoqlar harakati
rivojlantiriladi, balki ranglarni farqlaydi hamda ko‘p
va kam miqdor
tushunchalarini ham anglaydi. Ularda taqqoslash va solishtirish
ko‘nikmalari shakllanadi.
Shu bilan birga, har xil rangli tomchilarni
tomizish ularda psixomotorikani rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: