117
taqqoslash. Buyum va narsa nomlarini aytishga o‘rgatish.
Kerakli jihozlar: turli xil qizil, yashil
va sariq rangda kartonga
chizilgan hayvonlar, o‘simliklar, buyum yoki narsalar to‘plami. Jonli
yoki jonsiz tabiat aks ettirilgan bo‘lishi mumkin.
Mashqning borishi: bolalar stol ustiga qizil karton to‘plamini
terib chiqadilar. Masalan “uy hayvonlari”, “yovvoyi hayvonlar”. Har
bir bola kartonda tasvirlangan rasmning nomini aytib izohlaydi. Agar
kichkintoylar rasmdagi hayvonlar nomini bilmasalar tarbiyachi
yordam beradi. Mashqning ikkinchi variantida barcha kartonlar
aralashtiriladi yoki teskarisi qo‘yib chiqiladi.
Kichkintoylar tartib
bilan bir-biriga mos rasmlarni ajratib joylashtiradilar va taqqoslay-
dilar.
Izoh: tarbiyachi didaktik materiallarni tayyorlayotganda kartonga
chizilgan rasm aniq bo‘lishiga, rasm foni oq bo‘lsa ham karton cheti
qizil, yashil yoki sariq bo‘lishiga e’tibor qaratishi lozim. Kartondagi
rasmlar turli xil bo‘lishi kichkintoyda dunyoqarashni
rivojlantiradi
shuningdek, so‘z boyligini oshiradi. Kartonlarni terish orqali bolada
o‘z-o‘zini boshqarish, fikrlarni
umumlashtirish hamda mavhum
tafakkur rivojlanadi.
Biz yuqorida bolalarning mayda qo‘l harakatini rivojlantirishga
qaratilgan ayrim mashqlarni keltirdik. Tarbiyachilar keltirilgan
namunalarga ijodiy yondashgan holda
mustaqil boshqa mashqlarni
ham yaratishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: