Buxoro davlat pedagogika instituti


-mavzu. VIII guruh elementlari (Fe misolida)


Download 69.66 Kb.
bet7/16
Sana11.09.2023
Hajmi69.66 Kb.
#1675991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Anorganik kimyo 2 - kurs. O\'quv dasturi.

19-mavzu. VIII guruh elementlari (Fe misolida).
VIII guruh qo‘shimcha guruhcha elementlari. Temir oilasi elementlari. Temir, uning yer qobig‘ida tarqalishi, muhim tabiiy birikmalari. Temirning fizikaviy va kimyoviy xossalari. Temir (II-III) birikmalari: oksidlari, gidroksidlari, tuzlari. Ularning olinishi, xossalari. Temir (VI) birikmalari, xossalari. Ferratlar. Temirning kompleks birikmalari. Temir qotishmalari. Cho‘yan ishlab chiqarish va cho‘yandan po‘lat hosil qilishda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar. Qora metallurgiya sanoati. Cho‘yan ishlab chiqarish va cho‘yandan po‘lat hosil qilishda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar. Qora metallurgiya sanoati.


20-mavzu. VIII guruh elementlari.
Kobalt, nikel (II, III) birikmalari: oksidlari, gidroksidlari, tuzlarning olinishi va xossalari. Kobalt, nikelning kompleks birikmalari. Kobalt, nikel, ularning qotishmalari va birikmalarining ishlatilishi.
Palladiy va platinaning tabiatda uchrashi. Platina oilasi metallarining fizikaviy va kimyoviy xossalarining o‘ziga xosligi. Bu elementlarning muhim birikmalari va kompleks birikmalari, ishlatilishi.
Davriy sistemada yangi kashf qilingan (107-118) elementlarning elektron tuzilishi, ularning kashf qilinishi, olinishi fizik va kimyoviy xossalari hamda ularning birikmalari ishlatilishi, biologik ahamiyatlari.


III. Laboratoriya ishlariga tavsiya etiladigan mavzular:
Laboratoriya mashg‘ulotlarda talabalar kimyoviy jarayonlarning turli ko‘rsatkichlarini, kimyoviy jarayonlarning ketish shart sharoitlariga doir tajribalar bajarishni, hisoblash va jadval hamda grafiklar chizish usullari bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malaka hosil qiladilar. Tavsiya etiladigan mavzulardan imkoniyatdan kelib chiqqan holda, sharoitga mos holda tanlab olinadi.



  1. Kimyo laboratoriyasiga qo‘yiladigan talablar, laboratoriya ishlarini bajarishning umumiy qoidalari. Yong‘inga qarshi vositalar. Kimyoviy reaktivlar va ularni joylashtirish, kimyoviy reaktivlarni turlari va belgilari. Reaktivlarni saqlash xavfsizligi talablari. Kimyo laboratoriyasi uchun standartli uskunalar to‘plami va ularni joylashtirish. Kimyo xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari. Kimyo laboratoriya xonasida baxtsiz hodisalar ro‘y berganda ko‘rsatiladigan dastlabki yordam.





  1. Download 69.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling