Buxoro davlat pedagogika instituti
Download 64.97 Kb.
|
Ish yuritish tili va uslubi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUSHUNTIRISH XATI
TILXATMa’lum bir shaxsdan yoki muassasadan pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. Tilxat birgina nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi. Tilxatning asosiy zaruriy qismlari: Hujjatning nomi (Tilxat). Matn: tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasi- ning ismi; pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxs- ning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi (zaruriyat bo‘lganda muassasa nomi); d) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ular- ning miqdori (zaruriyat bo‘lganda bahosi); f) olinayotgan buyumning texnikaviy holati (agar u mashina, apparatlar va h.k. bo‘lsa). Tilxat berilgan sana. Tilxat muallifining imzosi. Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart. Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin. TILXAT Men, Toshkent davlat madaniyat institutining xo‘jalik ishlari bo‘limining mudiri Bahodir Olimov Toshkent musiqa asboblari kor xonasining tayyor buyumlar ombori mudiri Erkin Karimovdan institut buyurtmasi asosida tayyorlangan, umumiy bahosi 1800 (bir ming sakkiz yuz) so‘m bo‘lgan 100 (yuz) dona rubobni qabul qilib oldim. 2010.12.08. (imzo) B. N. Olimov Ba’zan tilxatda guvohlar ham ko‘rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kerak. TUSHUNTIRISH XATIXizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa I (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir. Tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlardan iborat bo‘ladi: Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to‘liq nomi. Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning to‘liq nomi. Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati). Hujjat matni (mazmuni). Imzo va sana (hujjat yozilgan vaqt) «Malika» ishlab chiqarish birlashmasi kasaba uyushmasi tashkilotining raisi S. Abdullayevga birlashmaning 3-bo‘lim tikuvchisi Dilorom Boboyevaning TUSHUNTIRISH XATI Qizimni bolalar shifoxonasining mavsumiy ko‘rigidan o‘tkazish uchun olib borganim sababli ishga yarim soat kechikib keldim. Ilova: Bolalar shifoxonasidan berilgan ma’lumotnoma. (imzo) D. Boboyeva 2012-yil 30-iyun ToshDU huquqshunoslik fakultetining sirtqi bo‘limi bo‘yicha dekan o‘rinbosari M. Botirovga I kurs talabasi Ahmadjon Dadaxo‘jayevning TUSHUNTIRISH XATI Surxondaryo viloyatida bir necha kun samolyotlar uchishi uchun qulay ob-havo bo‘lmagani tufayli 2012-yil 28–29-oktabr kunlariga belgilangan mashg‘ulotlarga yetib kela olmadim. (imzo) A. Dadaxo‘jayev 2012-yil 31-oktabr Download 64.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling