Buxoro davlat tibbiyot instituti tibbiy kimyo. Biologik kimyo kafedrasi
Oksidlanish-qaytarilish potensiali
Download 0.72 Mb.
|
Потенциометрия лотин
Oksidlanish-qaytarilish potensiali
Ko‘pincha eritmalarda bir vaqtning o`zida bitta moddaning ham oksidlangan, ham qaytarilgan shaklllarining aralashmasi masalan, Fe3+ bilan Fe2+, Cu2+ bilan Cu+ va hokazolar bo‘ladi. Ikkala shakl biridan ikkinchisiga o‘tishi mumkin: Moddaning bir vaqtning o‘zida oksidlangan va qaytarilgan shakllarini tutadigan eritma oksidlanish-qaytarilish sistema (redoks sistema) sini hosil qiladi. Har qanday redoks sistemaga indifferent elektrod — platina yoki oltin plastinka tushirilsa elektrod yuzasida oksidlanish-qaytarilish potensiali vujudga keladi. Potensial paydo bo‘lishining sababi shundaki, tenglamasiga binoan bu sistemaga elektron qo‘shilsa muvozanat o`ng tomonga, elektron olinsa chap tomonga siljiydi. Metall elektrod redoks sistemaga o‘zining erkin elektronlarini berishi yoki, aksincha, undan elektron qabul qilishi mumkin. Agar oksidlangan shakl, masalan, Fe3+ ko‘p bo‘lsa, u temir Fe2+ gacha qaytariladi, elektrod esa elektron yo‘qotib, musbat zarYadga ega bo‘ladi. Aksincha qaytarilgan shakl (Fe2+) ko‘p bo‘lsa, uning oksidlanishi yuz berib, elektrod manfiy zarYadlanadi. Bu jarayon muvozanat qaror topguncha davom etadi. Ayni vaqtda elektrod redoks potensialga ega bo‘ladi. Uning qiymati quyidagi Nernst tenglamasi bilan aniqlanadi: bu erda E0 – standart redoks potensial (298 K da); R – universal gaz doimiysi; n-qaytarilgan shaklning bir molekulasi yoki ioni oksidlangan shaklga o‘tishida yo‘qotgan elektronlar soni; F - Faradey soni (96500 kl); [oksid] va [qayt] — eritmadagi tegishli shakllarning konsentratsiYasi. Fe3+/Fe2+ sistemasi uchun bu tenglama Peters tenglamasi deb ataladi. Berilgan qiymatlar hisobga olinib, natural logarifm o`nli logarifmga o`tkazilganda formula quyidagi ko`rinishga kiradi: Redoks sistemadagi potensial eritmadagi moddaning ikki shakli o‘rtasida yuz beradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiYasi natijasida paydo bo‘ladi. Redoks sistemaga tushirilgan indifferent elektrodlar reaksiYada qatnashmasdan, elektron tashuvchisi vazifasini o‘taydi, xolos. Turli xil redoks sistemalarni solishtirish uchun standart redoks potensial E0 tushunchasi kiritilgan. Bu potensial moddaning oksidlangan va qaytarilgan shakllarini teng konsentratsiYada tutadigan sistemaga joylashtirilgan elektrodda paydo bo‘ladi (6.1-jadval). Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling