Buxoro Davlat Universitet, Xorijiy tillar fakulteti, 70230101 Lingvistika: Ingliz tili mutaxassisligi bo’yicha II bosqich magistranti Qosimova Shaxnozaning magistr
Download 16.44 Kb.
|
Buxoro Davlat Universitet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar: f.f.f.d. (PhD), dotsent D.I.Xodjayeva
Buxoro Davlat Universitet, Xorijiy tillar fakulteti, 70230101 Lingvistika:Ingliz tili mutaxassisligi bo’yicha II bosqich magistranti Qosimova Shaxnozaning magistr akademik darajasini olish uchun “Ingliz va o’zbek tillarida transpozitsiya hodisasining qiyosiy tahlili” mavzusidagi dissertatsiyasiga ilmiy rahbar XULOSASI Ushbu magistrlik dissertatsiyasida ingliz va o’zbek tillarida transpozitsiya hodisasining o’xshash va farqli xususiyatlari bilan alohida qiziqish uyg’ota oladi. Ishdagi tasnif va xulosalar keng materiallar, oldingi ilmiy ishlarga tayanib qilinganligi tufayli yanada ishonchli va e’tiborga egadir. Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, muammoning o’rganilganlik darajasi, asosiy maqsadi va vazifalari, tadqiqod obyekti va predmeti, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati va tadbiqi singari komponentlardan tashkil topgan. Mazkur ishda ko’rsatilganidek, xorij ya’ni ingliz va o’zbek transpozitsiya hodisasiga doir ishlar butun dunyo hamjamiyatida va shu bilan birga bizning yurtimizda ham qator tadqiqotlar olib borishga sabab bo’lgan. Ushbu haqida ishning kirish qismida yetarlicha ma’lumot berib o’tilgan. Shuningdek, tadqiqot metodlari ham kompleks xarakterga ega. Dissertatsiya g’oya va tarkibiy jihatdan bir butunlik - yaxlitlikka ega. U tuzilishiga ko’ra kirish, uchta asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Boblar o’z o’rnida fasllarga bo’lingan. Tadqiqodning I bobi “Zamonaviy tilshunoslik nazariyasida transpozitsiya hodisasi” deb nomlanib, uch fasldan iborat. Bob fasllarida ushbu lingvistik tushunchaning tabiati, uning tilshunoslikda o’rganilishi hamda transpozitsiyalar tadqiqiga bag’ishlangan jahon, rus va o’zbek tilshunoslarining ilmiy ishlari o’rganilib, ularga nazariy manba sifatida tayanilgani haqida fikrlar bayon etilgan. Dissertatsiyaning II bobi “Transpozitsiya hodisasining leksik-grammatik xususiyatlari tahlili” deb nomlanib, ikki fasldan iborat. Bobning birinchi faslida ingliz tilida transpozitsiya hodisasining leksik-grammatik xususiyatlari ochib berilgan. Ikkinchi faslda o’zbek tilida transpozitsiya hodisasining ijtimoiy o’ziga xosligi, leksik-grammatik xususiyatlari keng yoritilgan. Tadqiqodning III bobi esa “Transpozitsiya hodisasining funksional xususiyatlari tahlili” deb nomlanib, ikki fasldan iborat. Bobning birinchi faslida ingliz tilida transpozitsiya hodisasining funksional xususiyatlari ochib berilgan hamda O.Henry ning hikoyalaridagi transpozitsiya hodisalarining tahlili keltirilgan. Ikkinchi faslda o’zbek tilida transpozitsiya hodisasining funksional xususiyatlari yoritilgan bo’lib, Abdulla Qodiriyning “Uloqda” hikoyasida uchraydigan transpozitsiya hodisalari tahlil qilingan. Dissertatsiya ishida yutuqlar qatorida ayrim kamchiliklar ham kuzatildi. Ushbu kamchiliklar garchi tadqiqotning umumiy saviyasiga putur yetkazmasa-da, tuzatishni va e’tibordan chetda qoldirmaslikni talab qiladi. Ishning ayrim sahifalarida ishoraviy, imloviy va uslubiy xatolar kuzatilganligi; bir nechta ma’lumotlar aynan qaysi manba asosida berilganligi yoritilmagan. Ishning amaliy qismi misollar bilan boyitilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Yuqorida keltirilgan kamchiliklarga qaramasdan, mazkur dissertatsiya ishi o’ziga xos qator ijobiy jihatlarga ega. Dissertant mavzuni yoritishda ancha mehnat qilganligi yaqqol namoyon bo’lgan. U mavzuga aloqador qator ilmiy manbalarni yaxshilab o’rganib, o’zigacha bildirilgan fikr va mulohazalarni umumlashtirishga harakat qilgan. Boblar bo’yicha xulosalar berib, ishning oxirida keltirilgan barcha lingvistik adabiyotlarga tayanib, xulosalar yasagan. Xulosalar nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ishni o’qib chiqib, dissertant haqiqatan ish ustida ishlagan degan xulosaga kelindi. Ish mustaqil bajarilgan bo’lib, himoyaga tavsiya etaman. Ilmiy rahbar: f.f.f.d. (PhD), dotsent D.I.Xodjayeva Download 16.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling