Buxoro davlat universiteti 9-2 btu s-19 guruh talabasi Hakimova Yulduzxonning Boshlang'ich matematika kursi nazariyasi fanidan yozgan Mustaqil ishi Mavzu: Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish Reja
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazishning shakl va metodlari
Download 256.35 Kb.
|
referat.Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish.
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va uni o’tkazishning shakl va metodlari.
Hozirgi davr talabi maktabdagi o’quv-tarbiya ishlarini amalga oshirayotgan pedagogik jamoa oldiga juda katta vazifalar qo‘ymoqda. Maktab yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirishi, g‘oyaviy, siyosiy jihatdan chiniqtirishi, yuksak axloqiy fazilatlarga ega qilishi, mehnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlashi lozim. Bu vazifalarni hal qilishda sinf rahbari muhim rol o‘ynaydi. Chunki u bir sinf sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi.Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. O’ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u yolg‘iz o‘zi emas, balki shu sinfda dars berayotgan turli fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda o‘quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O’quvchilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi. 2. O’quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqish va qobilyatini o‘stirish, har bir o’quvchining individual-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo’naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o‘quvchining sog’lig’ini mustahkamlashga ham alohida e’tibor beradi. 3. Sinf rahbarining diqqat markazida o‘quvchilarning darsni yuqori o’zlashtirishlarini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o‘quvchining kundalik o‘zlashtirishidan voqif bo‘lib turadi. Orqada qolayotganlarga o‘z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi. 4. Sinfdagi o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish ishlarini yo‘naltirib turadi. Ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini hamda maktab miqiyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o‘z sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi. 5. Sinf o‘quvchilarining ota-onalari, kuni uzaytirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa o‘rnatadi. 6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quvchilarga nisbatan yagona talablar o‘rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi. 7. Sinf rahbari o‘z sinfidagi turli hujjatlarini: sinf jurnali, o‘quvchilarning kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi. Ko’rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir. Sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga qo‘yiladigan talablar o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablardan farq qilmaydi. Lekin, sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatdan andoza oladigan shaxs bo‘lganligi uchun ham, bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida rol o‘ynaydi. Bolaning individual xususiyati uning xulqiga, o‘zlashtirishiga, munosabatlariga, jamoadagi o‘rniga ta’sir etadi. Shu boisdan ham jamoadagi individlar tarbiyalanayotganda alohida o‘quvchini unitish yaramaydi. Chunki sinf rahbari ko‘pgina tashkiliy ishlarni uyushtirishda kimga suyanish, kimga qanday vazifa yuklash, kimga mustaqillik berish va kimga muntazam yordam berish kerakligini faqat ularning individual xususiyatlarini yaxshi bilish tufayligina bexato aniqlaydi. Demak, individual munosabat bolaga tarbiyaviy ta’sir etishning eng samarali yo‘lini topish imkoniyatini beradi. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari butun sinf jamoasini ham o’rganishi kerak. Sinf rahbari o’ziga berilgan sinfni qabul qilib olishi bilan bolalar haqida ko‘pgina ma’lumotlarni aniqlaydi. Bu ma’lumotlar bolaning oilasidan, o’qituvchilaridan, o‘rtoqlaridan olinadi va tarbiyaga yagona ta’sir birligi ham shu asosda vujudga keladi. Mana shu o’rinda bolalar, ota-onalar va o’qituvchilar o’rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalasiga alohida e’tibor berish lozim. Bu uchlik markazida bola, ya’ni o‘quvchi turadi, maktab va oila esa unga ikki tomondan ta’sir etadi. Ayni vaqtda bola maktab bilan oilasidagi aloqani ta’minlovchi vosita rolini ham bajaradi. Lekin uning maktab haqidagi oilaga yetkazadigan ma’lumotlari hamisha ham haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydi va u hatto kundalik orqali beriladigan axborotlarni ham o‘zicha talqin etib beradi. Ko’pincha oila bilan maktab o’rtasida vujudga keladigan anglashilmovchilik ham mana shu tufayli ro‘y beradi. O’quvchi kattalarning o‘zi bilan muomola qilayotgan vaqtdagi pozitsiyasini solishtirib ko‘rish orqali ma’lum xulosaga keladi va o‘ziga hukm chiqaradi. Xuddi shu hol uning xulqida o‘z aksini topadi va u bir gal o‘qituvchining, boshqa vaqt ota-onasining tarbiyasini oladi. Hatto eng vijdonli bolada ham bu holning ro‘y berishi tabiiydir. Ana shu holatning vujudga kelmasligi uchun ota-onaga yordam berish, o‘qituvchi bilan ota-ona o‘rtasidagi hamkorlikning to‘g‘ri bo‘lishida oila tarbiyasiga rahbarlik qilish zarur. Buning uchun u har bir oilani har tomonlama o‘rganishi kerak. Sinf rahbari har bir o‘quvchisi oilasiga individual munosabatda bo‘lishi uchun quyidagilarni o‘z ichiga olgan dasturga ega bo‘lishi kerak: 1. Oila haqida umumiy ma’lumot 2. Oilaning madaniy darajasi. 3. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari 4. Bolaga oiladan tashqarida ko‘rsatilayotgan ta’sirlar va ota-onalarning ularda munosabati, o‘rtoqlari, hovli, ko‘cha, qo‘shnilar, ota-onaning tanishlari, qarindoshlar va boshqalar. Sinf rahbari tarbiyaviy ishining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning bolalar ichki dunyosiga chuqur singib kirishiga, ularning kechinmalari hamda xulq-atvorini tushunishiga bog‘liqdir. O‘quvchining nima bilan yashayotganligini, uning qiziqishi va mayillari qandayligi, irodasining o‘ziga xosligi hamda xarakteri xususiyatlarini o‘rganish uning qalbiga mumkin qadar ishonchli yo‘l topish, unga tarbiyaviy ta’sir etishning maqbul metodlaridan foydalanish demakdir. Tarbiyachi o‘quvchining individual xususiyatlarini yaxshi o‘rgangan va tushungan taqdirdagina, bu o‘quvchi shaxsini muvaffaqiyatli tarbiyalab yetishtira oladi. O’quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning xulqlari va mayllarini, ular olgan tarbiya darajasini bilgan holda, ma’lum maqsadga qaratilgan va ta’sirchan reja tuzish oson bo‘ladi. O’quvchilarni o‘rganish ko‘p vaqt va kuch talab etadi. Ammo keyinchalik bular hammasi katta natijalar beradi. Sinf rahbari o‘quvchilarni, ularning xususiyatlarini bilgan holda, ular kamoloti jarayonini muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga solib ketishi mumkin bo‘ladi. O‘quvchilarni o‘rganishga boshqa o‘quvchilar, yetakchilar va ota-onalar jalb etiladi. Tarbiyachi o‘quvchilar jamoasini tarbiyalar ekan, hech qaysi o‘quvchini nazardan chetda qoldirmasligi darkor. O‘quvchilarning xulq-atvori, tartib-intizomi, o‘zlashtirishi ko‘p jihatdan ularning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Ba’zi bir o‘quvchi o‘zining o‘qishga bardoshsizligi tufayli darslarga ulgurmasligi, ikkinchi birining darsda yaxshi javob berishga jur’atsizligi, tortinchoqligi halaqit berishi, yana birining yaxshi o‘qishiga vaqtida o‘zlashtirmaganligi sabablarini bilgan taqdirdagina, uning oldini olish borasida real va ta’sirchan tadbirlar qo’llash mumkin bo’ladi. Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg`or tajribalarga suyanib o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik-do’stlik, o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, o’z-o’zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat. Ular: - sinfning boshlang`ich jamoasini tarbiyalash va ularda o’zaro munosabat aloqalarini yaratish. - o’quvchilar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarida jamoaga jipslashtirish. - shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishga o’rgatish. - jamoada bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va sahiylik, do’stona hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi. Kichik yoshdagi maktab o’quvchilar jamoalari tashkil qilishda o’qituvchidai turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi: 1.O’qituvchi jamoa a`zolarini yangi sharoitga (maktabning I sinfidan boshlab) moslashuv davrida ularga ishonch, xurmat, xushmuomalalik, talablarni to’g`ri qo’ya bilish shu bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bulish talab etiladi;
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta`siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bog`liqdir. Boshlang`ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egadir: Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o’rganish. O’quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini qanday his etishi. Kundalik o’zgarishlarga o’quvchilarshshg munosabati. O’quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an`analar haqidagi bilim darajasi. Qomusiy ma`rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari. Mazkur qoidalar bog`chada sodda holda qo’llaniladi. Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o’rinlidir. Shundagina har bir o’qituvchi-tarbiyachilarning betakror, bir-biriga o’xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta`sirga ega bo’lib maqsadga erishtira oladi. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari: Vatanga muhabbat va insonparvarlik. Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish. Ma`naviy tarbiya (axloq va odob). Iqtisodiy tarbiya. Ekologik tarbiya. Go’zallik tarbiyasi. Jismoniy barkamollik (sog`lom avlod uchun). Ota-onalar bilan ishlash. Download 256.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling