bir so'zboshi yozdim va shuning bilan go'yo, tanqidning
unga emas, ma`murlariga oid bo'lg'onini ko'rsatdim”.
Fitrat 1921 yilda Buxoroga kelib davlat ishlarida faol
ishtirok edi. Bir qancha mas`ul vazifalarda ishlab,
Buxoroning rivoji uchun qo'lidan kelgan yordamini
berdi. Ammo F.Xo'jaev boshchiligidagi Buxoro hukumati
rahbarlarining millatning taraqqiyoti uchun olib
borayotgan keng ko'lamdagi yaxshi ishlari Maskovga
yoqmadi. Maskov Buxoro hukumati tarkibi boy,
savdogarlardan iborat bo'lib qolgan, degan aybni
qo'yib, hukumat a`zoligidan besh kishini, jumladan
Fitratni ham chiqaradi (1923 yil 12 iyun Plenumi). Fitrat
Maskovga ketishga majbur bo'ladi. U erda Sharq tillari
institutida ilmiy xodim bo'lib ishlaydi (1923–1924). Shu
yillar unga professorlik unvoni berildi.
Abdurauf Fitrat she’riyati haqida so‘z ketganda shuni
aytish kerakki shoir ilk she’ridan boshlab Turk Dunyosini,
Turkiston birligi, istiqlol g‘oyasini ilgari surdi, u turk
dunyosiga millatparvar va yoniq shoir sifatida tanilgan
edi. Bu haqda unga zamondosh tanqidchilardan
Abdurahmon Sa’diy shunday yozadi: “Fitrat – hozirgi
o‘zbek she’riyatida arab, fors so‘zlariga yo‘lni berkitdi.
O‘zbek she’r tuzilishining rivojlanish yo‘llarini belgilay
borib, ko‘pgina yosh shoirlarni o‘zining uslubi va tili bilan
ergashtira oldi, atrofiga yosh shoirlarni to‘plab ularga til
va uslubdan yo‘l ko‘rsatmakdadir.”
Do'stlaringiz bilan baham: |