Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti


Sonning LMT va LMGlari hamda ularga xos lug„aviy shakl hosil qiluvchi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana07.09.2020
Hajmi0.74 Mb.
#128755
1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbek tilida soz turkumlari tasnifi masalalari


Sonning LMT va LMGlari hamda ularga xos lug„aviy shakl hosil qiluvchi 

vositalar.  Son  ma‘no  va  grammatik  xususiyatiga  ko‗ra  dastlab  ikki  LMTga 

bo‗linadi:  «miqdor  son»  LMTsi  va  «tartib  son»  LMTsi.  «Miqdor  son»  LMTsi 

predmetning miqdorini, «tartib son» LMTsi esa tartibi, sirasiga ko‗ra xususiyatini 

bildiradi. 

Bu LMTlar o‗zaro quyidagi munosabatga ega: 

–  miqdor son ichki LMGlarga ega. Tartib son LMTsi bir vaqtning o‗zida LMG 

ham; 

–  miqdor  sonlar  hisob  so‗zi  bilan  qo‗llana  oladi,  tartib  son  esa  bunday 



xususiyatga ega emas

–  miqdor sonlar juftlasha oladi, tartib sonda esa bunday xususiyat yo‗q; 

–  miqdor  sonlarga  (beshdan  bir),  (uchga  bir)  kabi  birikmali  qo‗llanish  xos, 

tartib songa esa xos emas

–  miqdor sonlar ko‗plik shaklini olganda taxminiy miqdor bildiradi (uchlarda 

keldi),  tartib son esa bunday holda otlashib ketadi: birinchilar – birinchi odamlar.  

«Tartib son» LMGsi. Tartib son predmetning aniq tartibini, ketma-ketlikdagi 

o‗rnini bildirish, shuningdek, boshqasidan farqini ko‗rsatish uchun ishlatiladi. 

Tartib son sanoq songa [-(i)nchi] affiksining qo‗shilishidan hosil bo‗ladi.  

[-(i)nchi]  affiksi  o‗rnida  ba‘zan  [-lamchi]  shakli  ham  ishlatiladi.  Masalan: 



Birlamchi, g‘alamis odamlarning gapiga quloq solmanglar, ikkilamchi, o‘zlaring 

bilasizlar, 

mardikorlikka 

ketganlar 

ko‘pi 

bilan 

olti-yetti 

oylarda 

qaytishadi...(A.Qah.). 

Tartib son fe‘l bilan bog‗langanda miqdorni ham anglatadi:  Bu gapni birinchi 



eshitishim. (S.Ahm.). 

 

40 


Tartib  sonlar  oy  kunining  tartibini  bildirganda  vaqt  ifodalovchi  otlardan  oldin 

keladi:  ikkinchi  aprel,  yigirma  uchinchi  aprel,  o‘n  sakkizinchi  mart,  yigirmanchi 



noyabr kabi. Bu rus tilining ta‘siri, albatta. Sof o‗zbekcha oy kuni hisobi aprelning 

ikkinchi kuni, noyabrning yigirmanchi kuni tarzida bo‗ladi. 

Tartib sonning otlashgan va otlashmagan holatini farqlash lozim. Odamlarning 



birinchisi, o‘quvchilarning beshinchisi birikuvida sondagi egalik qo‗shimchasidan 

oldin  tushirilgan  otni  qo‗yib  bo‗lmaydi.  Demak,  bu  son  otlashmagan.  Birinchi 



kitobni sen olasan, ikkinchisini men gapida ikkinchi tartib soni otlashgan.   

Sanoq son ot bilan sintaktik munosabatga kirishganda mustaqil va nomustaqil 

sintaktik mavqeda bo‗la oladi. Mustaqil mavqeda aniqlanmishdan ayricha so‗roqqa 

javob  bo‗lib,  alohida  bo‗lak  maqomiga  ega  bo‗ladi:  Besh  (aniql.)  kishi  (ega) 

so‘zladi (kesim). Nomustaqil mavqeda tarkibiy qism sifatida yuzaga chiqadi: Besh 

kishi (ega) kelishdi (kesim). 

Sanoq  son  qo‗shma  sifat  hosil  qilishi  mumkin:  besh  yashar  bola,  uch 



chaqirimli yo‘l

Sanoq  son  sirasida  bir  so‗zi  qo‗llanish  va  vazifasi  jihatidan  qator  o‗ziga 

xoslikka ega. 

1. «Miqdor» ma‘nosi: Yana bir gapni ayting. (S.Nur.).  

2.  «Noaniqlik» ma‘nosi: Bir o‘zbek yigiti so‘zlay boshladi. (Oyb.). 

3. «Harakat belgisi» ma‘nosi: Mashina bir lapanglab, ilgariladi. (S.Ahm.).  

4. «Mo‗ljal» ma‘nosi: Ertaga bir dam oling.  

5. «Bir xil» ma‘nosi: Tiling bilan ko‘nglingni bir tut

6. «Кuchaytirish» ma‘nosi: Yomg‘ir bir yog‘di

7. «Navbatma-navbat» ma‘nosi: Bola bir bizga qaraydi, bir otasiga qaraydi.  

8. «O‗xshashlik» ma‘nosi: U mening birim. 

9. JК da «birgalik» ma‘noli ravishga o‗tadi: birga ishlamoq

10. 

ChК da «to‗satdan» ma‘noli ravishga o‗tadi: birdan qichqirib yubordi



11. 

[-day] shakli bilan ravish bo‗lib keladi: birday

12. 

[-ov] affiksini olib «gumon» ma‘noli olmosh: Birov keldi



13. 

[-or/-on] affiksini olib keladi: birorta, bironta. 



 

41 


14. 

[-gina] yuklamasi bilan «chegaralash» ma‘nosi: birgina

15. 

Fonetik  o‗zgargan  [ham]  yuklamasi  bilan  «kuchaytirish»  ma‘nosi: 



biram

16. 


[-oq] elementi bilan bog‗lovchi vazifasida: biroq

Shuningdek,  [bir]  so‗zi  [rov],  [pas],  [nafas],  [zum],  [payt],  [yil],  [vaqt],  [oy]

[kun]  ([birrov],  [bir  pas],  [bir  nafas]),  [necha],  [muncha],  [sidirg‘a],  [oz]

[muncha],  [qadar]  ([bir  necha],  [bir  oz],  [bir  muncha]),  [nima],    [narsa]  ((bir 



nima)(bir narsa)), [qator][talay] ((bir qator)(bir talay)), [xil] (bir xil), [ba’zi]

[har]((ba’zi bir)(har bir)) so‗zi bilan birga kela oladi. 



Bir so‗zi takrorlanib kela oladi: (bir-bir) («tartib bilan» ma‘nosida)[birma-bir] 

(«batafsil» ma‘nosida)[birdan-bir] («yagona» ma‘nosida)(bir-biridan) («o‗zaro» 

ma‘nosida)(bir-biriga) («biri ikkinchisiga» ma‘nosida). 

O‗zbek  tilida  [bir]  so‗zi  [ilk],  [yakka],  [yolg‘iz],  [yagona]  so‗zi  bilan 

ma‘nodoshlik kasb etadi [       ]. 

Sanoq  son  o‗lchov  birligini  ifodalovchi  so‗z  bilan  birga  qo‗llanilishi  ham 

mumkin:  [gektar],  [tanob],  [tosh],  [bosh],  [tup]  kabi.  Bunday  so‗z  hisob  so‘zi 

(numerativ) deyiladi. Hisob so‗zi, odatda, ot turkumidan bo‗ladi va alohida LMGni 

tashkil etadi. Hisob so‗zi tizimi ochiq sistema.  

Hisob so‗zi LMG si quyidagi mikrosistemalardan tashkil topadi: 

1. Predmetni  yakkalab  hisoblash  uchun  ishlatiladigan  hisob  so‗zi:  [bosh]

[nafar][dona][nusxa][tup][jon]. 

2. Predmetni butun yoki to‗daning qismi sifatida hisoblash uchun ishlatiladigan 

hisob  so‗zi:  [burda],  [varaq],  [luqma],  [parcha],  [poy],  [siqim],  [tilim],  [tomchi]

[to‘g‘ram][chaqmoq][chimdim][shingil][qultum]. 

3. Predmetni  to‗dalab,  guruhlab  hisoblash  uchun  ishlatiladigan  hisob  so‗zi: 

[bog‘] [gala][guruh][dasta][to‘da][to‘p][shoda][quchoq][hovuch]. 

4. Predmetni juftlab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: [juft], (par).  

5. Predmetning  og‗irlik  o‗lchovini  hisoblash  uchun  ishlatiladigan  hisob  so‗zi: 

[gramm],  [kilogramm],  [litr],  [pud],  [tonna],  [sentner],  [misqol],  [qadoq]

[botmon],  [kosa][piyola][qop][qoshiq][quti]. 


 

42 


6. Predmetning  uzunlik  va  masofa  o‗lchovini  hisoblash  uchun  ishlatiladigan 

hisob so‗zi: [qadam][qarich][quloch][metr][tosh][chaqirim][kilometr].  

7. Yosh  hisobini  bildirish  uchun  ishlatiladigan  hisob  so‗zi:  [yashar]

[yoshdagi][yoshli]. 

8. Vaqt o‗lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: [asr][yil][kun]

[kecha-kunduz][oy][hafta][daqiqa][soniya] 

9. Qiymat o‗lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: [so‘m][tiyin]

[miri][paqir][dinor][dollar][evro][rubl]

10. 

 Harakat  miqdorini  hisoblash  uchun  ishlatiladigan  hisob  so‗zi:  [marta]



[karra][qatla][daf’a][sidra].  

      Son  turkumida  sintaktik  kategoriya(EK,  KK…)  keng  bo‗lmagan 

voqelanishga ega.  



Ravish  va  uning  UGMsi.    Ravish  hamisha  tilshunoslikning  muammoli 

masalalaridan  biri  bo‗lib  kelgan.  Uni  o‗rgangan  olim  V.V.Vinogradov  «mustaqil 

so‗zning hech  bir  guruhiga  sig‗may  qolgan  so‗z  ravish  turkumiga  yig‗ilgan»  deb 

haqqoniy baho bergan edi. Uning ma‘no va vazifasi ot, sifat, son, olmoshga yaqin 

turishi arab va Yevropa tilshunosligida qayd etilgan. Sharq va g‗arb tilshunosligi 

ravishni ma‘no va vazifasi jihatidan emas, balki boshqa birortasiga xos bo‗lmagan 

belgi  –  o‗zgarmaslik  belgisi  bilan  ismdan  farqlaydi.  Biroq  o‗zbek  tili  grammatik 

qurilishining  tavsifiga  bag‗ishlab  yozilgan  ko‗plab  ilmiy  adabiyot  va  darslikda 

ravishning  o‗zgarmaslik  tabiati  inobatga  olinmagan.  Tilshunoslar  o‗zbekcha 

ravishni  rus  tilidagi  «наречие»ning  muqobili  sifatida  talqin  qilishgan,  natijada, 

[kecha],  [kunduz],  [tong],  [oqshom]    kabi  payt  oti,  [atrof],  [o‘rta],  [u  yerda],  [bu 

yerda][old][orqa] kabi o‗rin oti, [oz][mo‘l][butun][to‘la] kabi miqdor sifati, 

[keyin],  [past],  [baland],  [yuqori]  kabi  o‗rin  sifati  ravish  turkumi  doirasida 

o‗rganilgan. 

«Asosan  harakatning,  qisman  predmetning  belgi,  miqdor  yoki  holatini 

bildiruvchi o‗zgarmas so‗z» – ravishning so‗z turkumi sifatidagi UGMsi. 

 Ravish – mustaqil ma‘noli o‗zgarmas so‗z. U belgi, miqdor yoki holatni, o‗rin, 

payt  ma‘nosini  ifodalaydi  va  bu  jihatidan  ot,  sifat,  songa  yaqin  turadi.  Ulardan 


 

43 


farqli jihati shundaki, so‗z o‗zgartiruvchi, shakl yasovchi qo‗shimcha bilan birika 

olmaydi. Masalan, ot ko‗plik, sifat daraja shaklini qabul qiladi. Masalan, [tongda]

[oqshomda][kunduzlari][ko‘proq][ozroq][balandroq] kabi. Ayrim til birligida 

uchraydigan  EК,  КК  shakli  ravishning  o‗zak  qismida  soddalashgan,  ya‘ni  o‗zak 

bilan yaxlit holga kelib qolgan: [birdan][zimdan][to‘satdan][kechasi][birga]. 

Bundan tashqari qadimgi davrda keng iste‘molda bo‗lgan [-ra] (jo‗nalish kelishigi) 

([so‘ngra],  [uzra]),  [-a],  ([qayta],  [ko‘tara]),  [-in  (-un)]  ([birin-ketin],  [ostin-

ustun]) qo‗shimchasi ham ravish tarkibida qotib qolgan. 

Ravish  turkumini  talqin  qilishda  o‗zgarmaslik  xususiyatini  e‘tiborga  olish 

uning  so‗z  turkumi  sifatidagi  xususiyatini  belgilashda  qator  qarama-qarshilikka 

nuqta qo‗yadi. 

Ilmiy  manba,  darslik  va  qo‗llanmalarda  [eng],  [juda],  [nihoyat],  [g‘oyat]

[lang],  [g‘irt]  kabi  so‗z  kuchaytiruv  ravishi  deb  qaraladi.  Holbuki,  bu  shakllar 

ravish oldidan kelib belgi ma‘nosini kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun 

keyingi  yillarda  ayrim  tadqiqotchilar  bu  unsurlarning  ravish  emasligini,  chunki 

ravish  kabi  mustaqil  lug‗aviy  ma‘nodan  xoliligini  ta‘kidlashib,  kuchaytiruv 

yuklamasi sirasida o‗rganish lozimligini 

uqtiradi [ 19 ].

  

Ravish  LMGlari.  Ravish  holat,  miqdor-daraja,  o‗rin,  payt,  maqsad,  sabab 

LMGlariga bo‗linadi. 

Payt  ravishi.  Payt  ravishi  harakatning  vaqti,  payti,  muddatini  bildiradi:  [endi]

[saharlab],  [hali],  [doim],  [indin]  kabi.  Bugun  erta  turib  tongni  ko‘rdim.  (Uyg‗.) 

Bugunning hakami ertadir. (A.Xud.).  

O‗rin  ravishi.  O‗rin  ravishi  harakatning  yuz  berish  o‗rnini  bildiradi:  [olg‘a]

[ilgariga][oldinga].    

 O‗rin  ravishini  o‗rin  otidan  farqlamoq  kerak.  Bunga  o‗rin  otlarining 

morfologik  o‗zgarishi  asos  qilib  olinadi:  (atrofimiz),  (o‘rtada),  (o‘rtadan)

(ichkarida)(o‘ngdan)(chapda)(oldida)(u yerdan) kabi. 

Holat  ravishi.  Holat  ravishi  harakatning  bajarilish  usuli,  tarzini  bildiradi.  Shu 

boisdan ular tarz-tus ravishi deb ham yuritiladi: [bexosdan][astoydil][majburan]

[qavatma-qavat][mardlarcha][yigitlarcha]. 


 

44 


Miqdor-daraja  ravishi.  Miqdor-daraja  ravishi  miqdoriy  sifat  va  darajani 

ifodalaydi: [ko‘plab][sal][qarich-qarich][arang][xiyol][yana] kabi. Miqdor-

daraja  ravishi  songa  yaqinlashadi.  Biroq  son  bilan  «noaniq  miqdor»  belgisi 

ostidagi noto‗liq ziddiyatda belgili a‘zo sifatida yuzaga chiqadi.  

Maqsad ravishi. Fe‘ldan anglashilgan harakatning maqsadini ifodalaydi: [atay]

[atayin][ataylab][azza-bazza][jo‘rttaga][qasddan]. 

Sabab  ravishi  fe‘ldan  anglashilgan  harakatning  sababini  ifodalaydi:  [noiloj]

[noilojlikdan][bekordan-bekorga][chor-nochor]. 

Boshqa turkumda bo‗lgani kabi ravishning ham ko‗p ma‘noliligi ularni LMGga 

ajratishda  qiyinchilik  tug‗diradi.    Masalan,  [nari-beri]  ravishi  o‗rinni  ham 

(Stollarni nari-beri surdik),  holatni ham (U nari-beri nonushta qildi) ifodalaydi.  

 Tilshunosligimizda  ravish  yasalishi  munozarali.  Chunki  ravishning  asosiy 

qismi  –  asli  boshqa  turkumga  mansub  soddalashgan,  yaxlitlashgan  leksema.  Shu 

boisdan  aksariyat  tilshunoslar  ravish  yasalishini  inkor  etishib,  ravishlashish 

(boshqa turkum so‗zining ravishga o‗tishi) mavjudligini tan olishadi. 

Yuqorida  sanab  o‗tilgan  ravishlar  tarkibiga  diqqat  qilinsa,  ularda  turli  so‗z 

yasash  qolipi  mavjudligi  ma‘lum  bo‗ladi:  [arabcha  ot+an],  [ot+chasiga], 

[ot+ona], [ot+larcha] [ot+lab] kabi. 

Qo‗shma  ravish  esa  [olmosh+ot]  (har  gal,  har  zamon),  [ravish+ot]  (hali 

zamon, hali beri),  [son+ot] (bir yo‘la, bir dam) qolipi mahsuli. 

Boshqa  turkumdagi  takroriy  so‗z  ravish  bo‗lishi  mumkin:  yuzma-yuz, 



quruqdan-quruq kabi. 

   

Tilshunoslar  ravish  turkumining  yasalish  sistemasiga  ega  emasligini  [-an],  [-

ona] qo‗shimchasining arabcha va tojikcha so‗z tarkibida uchrashini, [-larcha][-

chasiga],  [-lab]  kabining  grammatik  ma‘no  ifodalashi  bilan  va    [-iga/-siga],    [-

chasiga]  kabi so‗zning sanoqli darajada ekanligi bilan izohlaydi. 

 

 



 

 

 

45 


 

Taqlid  va  uning  UGMsi.  Taqlid  o‗zbek  tilida  bir  guruhni  tashkil  etadi  va 

mustaqil so‗z sirasidan o‗rin olgan. Buning bir nechta ilmiy asosi bor. 



Birinchidan,  turkiy  tillarda  taqlid  miqdoran  ko‗p  va  ma‘no  jihatdan  rang-

barang. 


Ikkinchidan,  ulardagi  tovushlar  tizmasi  ma‘lum  obyektiv  voqelikdan  xabar 

berib turadi. 



Uchinchidan, taqlid gap tarkibida ma‘lum bir sintaktik pozitsiya egallaydi. 

Taqlid – o‗zbek tilining muhim ifoda vositasi. Ularning ifoda tomoni mazmun 

tomoni bilan tabiiy bog‗lanishga ega.  

Taqlid  jamiyatning  har  bir  a‘zosi  tushunadigan  turli  ma‘noga  ega.  Masalan, 



taq-tiq/tuq-tuq/to‘q-to‘q/taq-taq  taqlidi  orqasida  nimadir  yotgani  va  ma‘lum  bir 

borliq  hodisasini  ifodalayotgani  shu  til  jamiyatining  barcha  a‘zolari  uchun 

tushunarli. 

Taqliddagi  ma‘noviy  g‗ayrioddiylik  uni  boshqa  mustaqil  so‗z  turkumidan 

ajratib  turadi.  Biroq  ma‘noviy  g‗ayrioddiylik  faqat  taqlidgagina  xos  emas.  Buni 

olmoshda  ham  kuzatish  mumkin.  Chunki  ularning  ma‘nosi  faqat  matn 

tarkibidagina  anglashilib,  shu  boisdan  «ichi  bo‗sh»  so‗z  sifatida  baholanadi. 

Ammo,  «ma‘noviy  bo‗shlik»  olmoshni  mustaqil  so‗z  sifatida  qarashga  monelik 

qila olmagan. Demak, bu nomustaqil so‗z sifatida qarab kelingan taqlidning ham 

«mustaqillashuvi»ga to‗siq bo‗la olmasligi kerak

.

 

Taqlid  morfologik  jihatdan  o‗zgaruvchan,  bu  bilan  to‗la  ma‘nodagi  mustaqil 



so‗z  bo‗lgan  ravishdan  ham  ustun  turadi:  odamlarning  g‘ovur-g‘uvuri,  eshikning 

taqir-tuquridan kabi. 

Demak, taqlid «borliq hodisalariga taqlidning lisoniy ifodasi» UGMsiga ega.  

Кo‗rinadiki,  o‗zbek  tilidagi  taqlid  semantik-morfologik-sintaktik  jihatdan 

mustaqil so‗z maqomiga ega. 

Taqlidning  LMTlari.  Taqlidning  ayrimi  tovushga  taqlidni  ifodalasa,  ikkinchi 

bir  xili  ko‗rinish-holatga  taqlidni  ifodalaydi.  Shu  boisdan  «tovushga  taqlid»  va 

«ko‗rinishga taqlid» LMTlari farqlanadi. 


 

46 


 

Ma‘lumki, so‗zlar ma‘noviy belgisiga ko‗ra uch turga bo‗linadi:  

a) mustaqil ma‘noli so‗z (fe‘l, ot, sifat, son, ravish, taqlid); 

b) bo‗sh – ishora ma‘noli so‗z (olmosh); 

d)  yordamchi  ma‘noli  so‗z  (ko‗makchi,  bog‗lovchi,  yuklama,  ko‗makchi 

fe‘llar).  

«Ishoraviylik»  ramzi  bilan  ataluvchi  olmosh  boshqa  leksemalardan  ajralib 

turadi.  O‗zbek  tilshunosligida  olmoshning  doirasi  va  vazifasi  zo‗rma-zo‗rakilik 

bilan ancha chegaralanib «ot, sifat, son o‗rnida  qo‗llanuvchi so‗z» sifatida o‗ta tor 

tushunilgan.  Vaholanki,  bu  bilan  olmoshning  nafaqat  ot,  sifat,  son,  balki  fe‘l, 

ravish,  taqlid,  undov,  gap  va,  hatto,  matnni  almashtira  olish,  ularga  ishora  etish 

xususiyati  hisobga  olinmagan.  Olmosh  guruhiga  [men],  [sen],  [u],  [biz],  [siz]

[ular] kabi shaxsga;  [kim][nima][bu][ana][mana][mana bu] kabi predmetga;  

[qanday],  [bunday],  [shunday]  kabi  belgiga;  [buncha],  [shuncha],    [qancha]  kabi 

miqdorga;    [qachon]  kabi  paytga;    [qayer]  kabi  o‗ringa;  [shunday  bo‘lmoq],  

[qanday  qilmoq] kabi harakat-holatga ishora qiluvchi leksema kiradi.   

Olmoshlar  shaxs,  predmet,  belgi  yoki  miqdorga  xos  bo‗lgan  umumiy 

(mavhum)  ma‘noni  anglatadi.  Olmosh  bildiruvchi  ma‘no  nutq  jarayonida  aniq 

yuzaga  chiqadi.  Ular  o‗zlari  almashtiruvchi  so‗z  kabi  morfologik  jihatdan 

o‗zgaradi.  

Olmosh    qaysi  so‗z  turkumi  o‗rnida    qo‗llansa,  shu  turkumga  xos  sintaktik 

vazifani  bajaradi:  Oqituvchi  darsga  kirdi.  U  o‘quvchilar  bilan  salomlashdi. 

Olmosh  o‗zidan  oldin  aniqlovchi  talab    qilmaydi:  Hamma  xursand  va  shod.  

kitobni o‘qidi. Olmosh ifoda etadigan ishoraviy ma‘nosiga ko‗ra  ma‟no guruhlari 

(kishilik, ko‗rsatish…) o‘zbek tilshunosligida keng o‘rganilgan. 

 

 

 



 

 

 

47 


2§. Yordamchi so`zlarning grammatik tabiati 

 

Leksemalar  tasnifidagi  «ma‟noviy  nomustaqillik»  tushunchasi.  Ma‘lumki, 

leksik sath birliklari ikki katta guruhga bo‗linadi: mustaqil so‗z va yordamchi so‗z. 

Ular orasidagi zidlanishni «ma‘noviy va vazifaviy nomustaqillik» tashkil etadi. Bu 

ziddiyat  belgisiga  ko‗ra  yordamchi  so‗z  belgili,  mustaqil  so‗z  esa  belgisiz  a‘zo 

mavqeini egallaydi. Yordamchi so‗z hech  qachon mustaqil  qo‗llanmaydi, bog‗liq  

qurshovdagina    kela  oladi.  Mustaqil  so‗z  esa  mustaqil    qo‗llanilish  va  ma‘no 

ifodalash  qobiliyatiga ega. 

Leksemalarning ma‘noviy tasnifida ilk bosqich belgisi «ma‘noviy mustaqillik» 

emas,  «ma‘noviy  nomustaqillik»  bo‗lishining  sababi  –  mustaqil  leksemaning  bu 

belgiga  nisbatan  betarafligi.  Chunonchi,  katta  guruhni  tashkil  etuvchi    atoqli  ot 

(Tesha,  Anora,  Yoqut)  guruhida,  mavhum  otda  mustaqil  ma‘noning  mavjudligi 

kishini  shubhaga  soladi.  Mustaqil  so‗zda  «ma‘noviy  mustaqillik»  belgisi  shartli. 

Shuning  uchun  leksemaning  ma‘noviy  tasnifida  ilk  bosqichning  belgisi  – 

«ma‘noviy  mustaqillik»  emas,  balki  «ma‘noviy  nomustaqillik».  Ushbu  belgi 

asosidagi  noto‘liq  ziddiyatda  ko‗makchi,  bog‗lovchi,  yuklama  kuchli  (belgili) 

a‘zoni  tashkil  etadi.  Sof  ko‗makchi,  sof  bog‗lovchi,  sof  yuklama  hech    qachon 

mustaqil  ma‘noli  so‗z  xususiyatiga  ega  bo‗la  olmaganligi  tufayli  uning  guruhiga 

o‗ta olmaydi.  



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling