Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti
Yordamchi so„zning «oraliq uchinchi» tabiatiga egaligi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tilida soz turkumlari tasnifi masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- tortib
- Yordamchi so„zning shakliy xususiyatiga ko„ra turlari
- Vaqtida
- II.Ilmiy adabiyotlar
- 1 §. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari xususida ilk qarashlar………………………………………………………….. 2 §. Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha…………
- 2- bob. O`zbek tilida so`z turkumlarining lizoniy tabiati……. 1§. Mustaqil so`z turkumlariga xos bo‟lgan grammatik belgilar…..
- Foydalanilgan adabiyotlar. …………………………………………..
Yordamchi so„zning «oraliq uchinchi» tabiatiga egaligi. Tilshunoslikda yordamchi so‗zning leksema va qo‗shimcha orasida «oraliq uchinchi» bo‗lib, ham leksema, ham grammatik morfema xususiyatini o‗zida mujassamlashtirishi aniqlangan [14]. Ular shaklan leksema, mazmunan qo‗shimcha (qiyos: Кitobni akamga/akam uchun oldim.) Shu tufayli bo‗lsa kerak, til tizimida yordamchi so‗zning o‗rni turlicha baholanadi ayrim olimlar ularni qo‗shimchaga, ayrimi nutq bo‗lakchasiga, ba‘zisi yordamchi so‗zga nisbat beradi. Yordamchi so‗zning so‗zmi, qo‗shimchami yoki mustaqil so‗zning yordamchi so‗z bilan bog‗lanishi so‗z birikmasimi ekanligi hanuzgacha munozara mavzui bo‗lib qolmoqda. Chunki yordamchi so‗z guruhi ichida shunday birliklar borki, ular ham «ma‘noviy 48
mustaqillik», ham «ma‘noviy nomustaqillik» xususiyatiga ega (ot-ko‗makchilar, yordamchi va ko‗makchi fe‘l). Chunonchi, [tortib] mustaqil so‗z sifatida ravishdosh kabi qo‗llaniladi: Baliq qarmoqni bir tortib, qochib ketdi. Shu so‗z
vazifasida kelgan. [Tortib] mustaqil va yordamchi ma‘noga ega bo‗lishiga qaramay, mustaqil leksema tipiga kiradi. [Uchun], [sayin], [uzra], [kabi], [va] ga o‗xshagan yordamchi so‗z aniq bir tushunchani ifodalay olmaydi, ammo turli munosabatni yuzaga chiqarib, yordamchi so‗z guruhidan joy oladi. Yuqoridagilardan anglashiladiki, «alohida qo‗llanila olish yordamchi leksemani mustaqil leksema bilan yaqinlashtirsa, turli-tuman munosabatni ifodalash kabi umumlashgan ma‘no uni morfemaga, qo‗shimchaga yaqinlashtiradi, leksema va morfema ziddiyatida «oraliq uchinchi» vazifasida keladi. Yordamchi so‗zni mustaqil so‗zga quyidagilar yaqinlashtiradi: a) shaklan alohida ajralib turish; b) lug‗aviy ma‘noning mavjudligi (ot-ko‗makchi, fe‘l-ko‗makchida); d) ko‗pincha ularning mustaqil so‗zlarga yaqinlashishi, ulardan kelib chiqishi. Yordamchi so‗zning grammatik morfemaga o‗xshash tomoni ularning morfema kabi mustaqil nominativ funksiya bajarmasligi ([ammo], [va], [sayin], [kabi]), qo‗shimchasimon shaklda bo‗lishi ([-u], [-yu], [-da]; [-ki/-kim]; [-dek/-day], [-cha]) va boshqalar. Biroq yordamchi so‗zning grammatik morfemadan farqli tomoni shundaki: 1) ular ajralgan holda gap bo‗lagi, so‗z birikmasi va gapda sintaktik xarakterdagi vazifa bajaradi. Bu xususiyat, ayniqsa, ko‗makchi uchun xos. 2) gap bo‗lagi yoki gapni o‗zaro bog‗laydi. Bunday funksiyada, asosan, bog‗lovchi va yuklama keladi. 3) so‗roq, inkor kabi gap ma‘nosini ifodalashga xizmat qiladi (yuklama). Yordamchi so‗z mustaqil so‗z va so‗z-gap oralig‗ida «oraliq uchinchi» maqomini oladi. O‗z navbatida, yordamchi so‗z ham o‗z ichida umumiy belgisiga ko‗ra oraliq uchinchini ajratib chiqaradi. Ya‘ni bog‗lovchida bog‗lash, yuklamada 49
gap mundarijasiga ta‘sir qilish mohiyatni belgilash darajasida bo‗lsa, ko‗makchida sanalgan har ikki belgi mushtarak. Bu uning «oraliq uchinchi»lik mavqeyini ko‗rsatadi.
shakliy xususiyatiga ko‗ra: a) qo‗shimchasimon; b) sof yordamchi so‗z; d) nisbiy yordamchi so‗z ko‗rinishiga ega. Qo‗shimchasimon yordamchi so‗z har uchala yordamchi so‗z tarkibida uchraydi. Кo‗makchi orasida [-dek/-day],[-cha], bog‗lovchi orasida [-ki/-kim]; [-u], [-yu],[-da] affikssimon yuklama – bog‗lovchi, yuklama orasida [-mi], [-chi], [-a], [- ya], [-ku],[-oq/yoq], [-da], [-gina] kabi qo‗shimchaga o‗xshash yordamchi so‗zni uchratish mumkin. Qo‗shimchasimon yordamchi so‗z shaklan qo‗shimchaga o‗xshaydi, ammo yordamchi so‗z vazifasini bajaradi. Chunonchi, 1. Po‘latdek (kabi) dadil bir yigit bu ishdan hayiqsa, uyat bo‘ladi. (O.Mux.). 2. Shu payt o‘g‘ilchasi eshikdan yugurib keldi-da (va), dadasining quchog‘iga otildi. (Oyb.). 3. Bazmga Gulnoragina (faqat) kelmadi. (S.Ahm). Sof ko‗makchi sirasiga [uchun], [bilan], [sari], [qadar], [kabi], [singari], [sayin], [orqali] so‗zlari; sof bog‗lovchi sirasiga [va], [hamda], [ammo], [lekin], [biroq], [balki], [yo], [yoxud], [go‘yo], [agar], [basharti], sof yuklama qatoriga [xuddi], [faqat], [axir], [hatto], [naq], [atigi] so‗zi kiradi. Nisbiy yordamchi so‘z atamasi ostida boshqa turkumga mansub bo‗lgan so‗zning yordamchi vazifasida qo‗llanilishi ([old], [orqa], [avval], [bo‘ylab], [boshlab]) yoki tabiatida «shakldoshlik» mavjud bo‗lgan birlik tushuniladi. Masalan, (yolg‘iz) sifat turkumiga oid so‗z-yuklama o‗rnida (Yolg‘iz senga suyanaman) ishlatiladi. Yoki Vaqtida yomg‘ir yog‘adi, vaqtida qor gapida (vaqtida) so‗zining vazifasi bog‗lovchiga yaqin. Bunga o‗xshash misol nutqimizda ko‗p. Yordamchi so‗z mustaqil so‗z hisobidan ortib boradi. Yordamchi so‗zning boyishida yana bir yo‗l – ularning ichki tomondan bir turdan ikkinchi turga o‗tishi, 50
aniqrog‗i, «oraliq hodisa» xususiyatiga ega bo‗lgan ko‗makchi-bog‗lovchi, bog‗lovchi-yuklamaning mavjudligi. Masalan, [bilan], [deb], [deya] kabilar – ko‗makchi-bog‗lovchi. Ushbu ko‗makchining bog‗lovchi vazifasida kelishi ancha keng tarqalgan hodisa. Ammo lekin bu ishni paysalga solish yaramaydi gapida bog‗lovchi-yuklama qo‗llanilgan, ya‘ni [ammo] bog‗lovchisi kuchaytiruv yuklamasi vazifasida kelgan. Bugungi kunda yordamchi so‗zni har tomonlama o‗rganish, uni lisoniy tahlil qilish ishlari tilshunosligimizda davom etmoqda.
51
Umumiy xulosalar
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, jamiyat doimo taraqqiyotda ekan, til ham taraqqiy qilib boraveradi. Jamiyatda bo`lgan o`zgarishlar tilga ta`sir etmay qo`ymaydi. Mustabid tuzum (sho`ro)davri madaniyatimizga keskin ta`sir o`tkazgan edi.O`zbek tili mavqeyi pasaygan(rus tiliga e`tibor kuchaygan davr) bir bosqichda grammatikadagi milliy xoslikka ahamiyat berilmadi. Yaratilgan darslik, o`quv qo`llanmalarda ilmiy qarashlar rus tili grammatik talqinlari asosida berilar edi. Jumladan, so`zlarni turkumlarga ajratishda ham an`ana bo`lgan tamoyillar, miqdor(6ta mustaqil so`z turkumi...) kabilarga tayanildi. Zero har bir tildagi so`zlar o`zining grammatik belgisi va semantik xususiyatiga qarab turli guruhlarga bo`linadi. Grammatik qurilishi jihatidan har xil bo`lgan tillardagi so`zlarning semantik-grammatik xususiyatlari, qo`llanish doirasi, o`zaro birikishi, boshqa belgilari doimo bir xil bo`lmaydi. Qolaversa, so`zlarni turkumlarga ajratishda hamma tillar uchun umumiy bo`lgan yagona bir tamoyil bo`lishi mumkin emas. Muayyan bir tilda so`zlarni turkumlash shu tilda so`zning o`ziga xos ma`nosi, grammatik xususiyati, so`z yasalish tizimi va so`zlarning o`zaro birikish qobiliyati asosida ishlab chiqilishi lozim. Zeroki, hatto qardosh tillar orasida ham so`z turkumlari va ularning ichki guruhlarini ajratishda ham jiddiy farq bo`lishi mumkin. O`zbek tilshunosligida bugungi kunda so`z turkumlarini ajratishning mantiqiy, lisoniy mezonlarini aniqlash bo`yicha ma`lum yutuqlarga erishildi, deb aytish mumkin. Har bir turkumning turkona lisoniy talqini, boshqa lug‘aviy hamda grammatik kategoriya bilan semantik-funksional o`xshashligi va farqi bo`yicha ancha ma`lumotlar qo`lga kiritildi . So`z turkumlari ichida ravish, taqlidlarning o`rni alohida tadqiqot ishlarida o`rganildi. Ravishlarning o`zgarmaslik tabiati, lug‘aviy ma`no guruhiga kiritilgan so`zlar qatlami qayta yangi tamoyillar asosida o`rganilib chiqildi. Olmoshning, sifatning grammatik vazifa bajarish imkoniyatlari kengaytirildi. Taqlidlarning MSTlari tizimidagi o`rni, uning lug‘aviy-morfologik-sintaktik tabiati ochib berildi.
52
Alohida xususiyatga ega modal, undovlar so`z-gap doirasida zamonaviy talqinlarda tadqiq qilindi. Yordamchi so`z turkumlari tizimi va ularning funksional jihati, lisoniy xususiyatlari yana bir karra o`rganildi. Mustaqil so`z turkumlarining umumiy grammatik ma`nolari formal-funksional ilmiy yondashuv asosidà muayyanlashtirildi. Ko`pincha ot so`z turkumiga nisbat berilgan kelishik, egalik; fe`l so`z turkumiga nisbat berilgan zamon, tasdiq-inkor, shaxs-son kabi shakllarning turkona xususiyati tadqiq qilindi. Mazkur shakllar tasniflovchi kategoriyalar atamasi ostida o`rganila boshlandi. Qisqasi, tilning morfologiya sathiga qorishtirilgan sintaktik hodisalar aniqlanib, alohida o`rganildi. So`z turkumlari o`zbekona grammatik talqinlar bilan keng yoritildi.
53
SHARTLI QISQARTMALAR MST - mustaqil so`z turkumi YST - yordamchi so`z turkumi LMG – lug‟aviy ma`no guruhi LMT – lug‟aviy ma`no to`dalari UGM - umumiy grammatik ma`no ULM - umumlisoniy ma`no
54
Foydalangan adabiyotlar I.Ijtimoiy-metodologik adabiyotlar: 1. Каримов И.А. Ўзбекистон: Буюк келажак сари. -Т.: Ўзбекистон, 1999. - 486 б. 2. Каримов И.А. Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиѐтининг пойдевори. - Т.: Ўзбекистон, 1997. -Б.42. 3. Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч. -Т.: Маънавият, 2008.-176 б.
4.Акрамов Ш., Акрамова Н. Сўзларнинг валентлиги ҳақида//―Тил ва адабиѐт таълими‖, 2009.№6.–Б.71-74.
5.Асқарова М. Олмошлар ҳақида баъзи мулоҳазала// ЎТА, 1969. 4-сон. 6.Боровков А., Маърупов З., Шермуҳаммадов Т. Ўзбек тили грамматикаси. I қисм. Т., 1953.189 б. 7.Жўраева М. Феъл майллари классификациясига доир// ЎТА, 1965. 2-сон. 8.Зикриллаев Ғ. Феълнинг шахс, сон ва ҳурмат категориялари системаси.Т., 1990. 9.Кононов А.Н. Грамматика современного турецкого литературного языка. – М. –Л.: АН СССР, 1956. – 569 с. 10.Мадраҳимов И. Сўзнинг серқирралиги ва уни таснифлаш асослари. НДА, Тошкент, 1994. 11.Маҳмудов Н. Маърифат манзиллари. –Т.: Маънавият, 1999.-64 б. 12.Маҳмудов Н. Мустақил давлатнинг муқаддас тимсоли //―Ўзбек тили ва адабиѐти ‖, 2009.№5.–Б.3-9.
13. Маҳмудов Н., Нурмонов А., Собиров А., Набиева Д. Она тили. 6-синф учун дарслик. Т.: «Тасвир», 2005. 14. Менглиев Б., Абузалова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Қарши, 2005. 55
15.Нарзиева М. Ўзбек тилида шахсни ѐш жиҳатдан тавсифловчи отларнинг маъно таркиби. Номз.дисс. Т., 1992. 16.Неъматов Ҳ. Феъл, унинг форма ва категориялари// ЎТА, 1972. 2-сон. 17.Неъматов Ҳ. Чегара келишиги // ЎТА, 1974. №4. 38-39-б. 18.Неъматов Ҳ. Тажалли тасаввуф билиш назарияси ва тилшуносликда синтаксисни ўрганиш масалалари // ―Ўзбек тили ва адабиѐти‖, 1993.№2. –Б. 27-30
79-80-бетлар. 20. Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. Т.: Ўзбекистон, 2002. 21.Нурмонов А., Саримсоқов Б. Тил системасида сўзларнинг ўрни ва сўзларни туркумларга ажратиш муаммолари// ЎТА, 1999. 22.Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги адабий ўзбек тили (дарслик) Т.: Университет, 2006.
23.Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o`zbek tili. Toshkent, 2006. 24.Сайфуллаева Р. ва б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Тошкент, 2009. 25.Содиқова М. Ҳозирги ўзбек тилида сифат. Т.: Фан, 1974. 26.Содиқова М. Ясама сифатларнинг баъзи хусусиятлари// ЎТА, 1969. 6-сон. 27.Степанов Ю.С. Основы общего языкознания. –М., Просвещение, 1975, 21- стр.
28.Тожиев Б. Тилшуносликдаги баъзи муаммолар ҳақида// ЎТА, 2004. 29.Турсунов У. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Т., 1992. 30.Усмонов С. Умумий тилшунослик. –Т.: Ўқитувчи, 1972, 32-б. 31. Фозилов Э. Ўзбек тилининг тарихий морфологияси. Т., 1965. 32.Фузаилов С. Ўзбек тилида равишлар. Т.: Ўзбекистон СССР Фанлар Академияси нашриѐти, 1953. 33.Фитрат. Ўзбек тили қоидалари тўғрисида бир тажриба. Самарқанд – Тошкент: Ўздавнашр. 1940. К.1. Сарф. 1930. К.2. Наҳв. 1930. 34.Шоабдураҳмонов Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Т.: Фан, 1980. 35.Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек тилида ѐрдамчи сўзлар. Т., 1953. 56
36.Ўзбек тили грамматикаси. II том. Тошкент, 1975. 37.Қурбонова М. Шакл-вазифавий талқинда субстациаллик омили// ЎТА, 1999. 38.Ҳозирги замон ўзбек тили (Фахри Камол таҳрири остида чиққан). Т, 1957. 39. Ҳожиев А. Феълнинг майл турлари ҳақида// ЎТА, 1969. 40.Ҳожиев А. Феъл. Т., 1963. 41.Ҳожиев А., Э.Бегматов. Ҳозирги ўзбек адабий тили ва уни ўрганишнинг актуал масалалари// ЎТА, 1982, 5-сон, 11-17-бетлар.
57
MUNDARIJA Ishning umumiy tavsifi…………………………………………. Kirish……………………………………………………………… 1- bob. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari…………….. 1 §. So`zlarni turkumlarga ajratish mezonlari xususida ilk qarashlar………………………………………………………….. 2 §. Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha………… 3§. So'z turkumlari va ularni tasniflash tamoyillari…………. Bob bo`yicha xulosa………………………………………………. 2- bob. O`zbek tilida so`z turkumlarining lizoniy tabiati……. 1§. Mustaqil so`z turkumlariga xos bo‟lgan grammatik belgilar….. 2§. Yordamchi so`zlarning grammatik tabiati…………………….. Bob bo`yicha xulosa…………………………………………………. Umumiy xulosalar…………………………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar. …………………………………………..
58
59
60
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling