Birinchi davr: 1991-1994- yillar.O`tish davri parlamenti deb atash mumkin bo`lgan oxirgi chaqiriq Oliy Kengash davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishining, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan “O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi “ O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to`g`risida”gi “O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida” “O`zbekiston Respublikasining davlat tili haqida” “ O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida”gi qarorlarni qabul qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |